Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?
Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak? Bolani yo‘rgaklash o‘tmishda qoldi, hozir yo‘rgaklamasa ham bo‘ladi, deb o‘ylaydiganlar yanglishadi. Chaqaloqni yo‘rgaklash siz uchun ham, bola uchun ham juda muhim. Chunki… Chaqaloq ishonchli himoyalanadi Yo‘rgaklash tartibi 2-qadam 3-qadam 4-qadam So‘ng yo‘rgakning qolgan uchi chap tomonga o‘tkazilib, bolaning usti yana bir bor gir aylantiriladi. Yo‘rgaklayman deb, bolani juda siqib o‘rab qo‘ymang. Bola va yo‘rgak orasida 2-3 barmoq sig‘adigan joy qolishi kerak. ❗️Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarBolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?
DO`STLARGA ULASHING:
Bola ona qornida tor va issiq yerda yotib o‘rgangani sabab, yo‘rgak ichida ham o‘zini qulay his qiladi. Issiq yo‘rgakka o‘rash bolaga ona qornini eslatadi va uni tinchlantirib, uxlashiga yordam beradi.
Shuningdek, bola tug‘ilganidan bir hafta o‘tib, tez-tez uyg‘onib ketadi. Tashqaridagi har qanday tovush yoki harakat oqibatida tez cho‘chiydi va buning ta’sirida uyg‘onib ketadi. Agar bola yo‘rgaklansa, bu holat ro‘y bermaydi.
👇
1-qadam
Eni va bo‘yi 1 metrli yo‘rgak olinadi. U romb shaklida tekis yoziladi. Rombning uchi suratda ko‘ringani kabi qayriladi. Chaqaloq chalqancha yotqiziladi, boshi burmadan tepada turishi kerak.
Yo‘rgakning chap burchagi chaqaloqning o‘ng tomoniga o‘tkazilib, o‘raladi.
Keyin yo‘rgakning pastki qismi yuqoriga ko‘tarilib, bolaning oyoqlari o‘raladi.
🙅🏻♀• Yo‘rgakni qattiq siqib o‘rab bo‘lmaydi. Yo‘rgak ichida bola oyoqlarini buka olishi, harakatlantirishi lozim.
🙅🏻♀• Yo‘rgak uchun havo o‘tkazmaydigan matolarni tanlamang. Paxta gazlamasidan tayyorlangan yo‘rgak ayni muddao.
🙅🏻♀• Yo‘rgaklash vaqtida bolaning yuzini berkitib qo‘ymaslik kerak. U uyqu vaqtida bemalol nafas olishi zarur.
🙅🏻♀• Bolani yon tomoni yoki qorni bilan yotqizgancha yo‘rgaklash ham tavsiya etilmaydi. Bu holatda bolaning nafasi qisilib qolishi mumkin. Shu sabab yo‘rgaklashni bolani chalqancha yotqizgancha amalga oshiring.
© BABY MASSAGE
Bolani qanday qilib to‘g‘ri yo‘rgaklash kerak?