Bolani IQ sini qanday oshirish mumkin?
Bolani IQ sini qanday oshirish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Bolani IQ sini qanday oshirish mumkin?
1 ta farzandim bor. Bolajonim aqlli, zukko bo‘lishini istayman. Farzandimda intellektni o‘stirish (aqlni ko‘paytirish) mumkinmi?
Bu savol amaliyotimda judayam ko‘p beriladigan savollar sirasiga kiradi, desam adashmayman.
Intellekt qanday paydo bo‘ladi:
— 35% i ota-onadan genlar orqali
— 20% i ona homiladorlik davrida
— 45% i esa bola tug‘ilgandan so‘ng o‘sish muhitiga ko‘ra shakllanishini olimlar aniqlashgan.Shu ma’lumotlarga tayangan xolda, aqlli qiz yoki o‘g‘il istasangiz, ishni avvalo umr yo‘ldosh tanlashdan boshlash kerak. Buning uchun aqlli o‘g‘il dunyoga kelishini istasangiz, oqila ayolga, zehnli qiz tug‘ilishini xoxlasangiz dono erkak tanlashga xarakat qilish kerak.
1-qadam qo‘yildi, ya’ni to‘g‘ri turmush o‘rtoq tanlay oldingiz. Keyingi ish, perinatal pedagogikaga (ona qornidagi tarbiya) ahamiyat berish bilan davom ettiriladi.
Xomiladorlik paytida avvalo sog‘lom ovqatlanish (musulmonlar uchun sunnatga rioya etgan holda ovqatlanish), tarkibida miyaning rivojlanishi uchun Mg, Mn, B va D gurux vitaminlariga to‘yingan mahsulotlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Onaning o‘zi ko‘p kitob o‘qishi (ba’zida ovoz chiqarib), Qur’on eshitish va o‘qish (muslimalar uchun), turli mantiqiy masalalarni yechishi, tana va miya uchun tinchlantiruvchi oxanglarni (xomila volidasi tinglagan musiqadan ta’sirlanishi ilmiy isbotlangan) tinglashi, ko‘proq tabiat qo‘ynida bo‘lishi, foydali ilm bilan shug‘ullanishi, ruhiyatini uyg‘unlikda ushlashi ham bolani zehniga ijobiy ta’sir qiladigan omillardandir.
Bola aqlli bo‘lishi uchun 25 % va 35% dan to‘laligicha foydalana olgan bo‘lsangiz, ishning eng qiyin joyi keldi. Bu 45% ni tashkil etgan intellektual muhitni yaratishdir. Bola tug‘ilgach, uning intellektini oshirish, ko‘p jihatdan ota-onaga, ular farzandi uchun yaratgan shart-sharoiti, mehr-muhabbati, farzandlariga ajratadigan vaqtiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
Olimlar bolaning xissiy va shaxs sifatida rivojlanishida ota-ona xatti-xarakatlari ta’sirining nihoyatda yuqori ekanini ta’kidlashmoqda.
Kaliforniya universitetida ikki olim tomonidan shunday tajriba o‘tkazildi. Yangi tug‘ilgan 12 ta egizak (genetik jihatdan bir hil bo‘lgan) sichqon 2 guruhga ga ajratildi. Ammo tajriba so‘ngida ularning xatti-harakatlarida farq ko‘zga tashlandi. Ya’ni, 1-guruhdagi sichqonchalarga qafasdan chiqib, atrof bilan tanishishga imkon berilmadi. Ularga qaraydiganlar xam faqat ovqat mahali ular bilan mashg‘ul bo‘lishdi. 2-guruh esa yorug‘, sershovqin labaratoriyadagi qafasga joylashitirildi. Qafaslar ichiga narvonchalar, sichqonlar uchun turli o‘yinlar qo‘yildi. Har kuni yarim soatdan sichqonlarning qafasdan chiqib o‘ynashlariga ruhsat berildi. Sichqonlar har bir o‘rgangan harakatidan so‘ng, 1 tadan qand bilan mukofotlandi. Bu tajriba 80 kun davom etdi.
Nima deb o‘ylaysiz qaysi guruhdagi sichqonchalar to‘g‘ri «tarbiyalandi»?
Xa, xa, 2-guruhdagilar albatta! Ikkala guruh sichqonchalari bir joyga qo‘yilganda, 2-guruhdagilar 1-dagilarga nisbatan zehnli (miya xajmi katttaroq, miya izlari ko‘proq, og‘irroq va miya xujayralari ko‘proq) ekanligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tajribalar bosimdan xoli sharoitda boqilgan oq sichqonlarning bir qancha muammolarini hal eta olish qobiliyatlari shakllanishini hamda miyalaridagi kimyoviy xususiyatlar bilan anatomiyasida o‘zgarish bo‘lishini ko‘rsatdi.
Ota-ona ham o‘z bolasiga bosim o‘tkazmasdan, uning qiynalmasdan ulg‘ayishi uchun muayyan shart-sharoitlar yaratsa, biror yangilik, ixtiro qilishi uchun uni qo‘llab-quvvatlasa, farzandining yanada intellekti baland bo‘lishiga erishishi mumkin!Siz-chi, siz qanchalik buni uddalay oldingiz?
©Psixoterapevtuz
Bolani IQ sini qanday oshirish mumkin?