Bolangizda bit paydo bo‘ldi. Nima qilish kerak?
Bolangizda bit paydo bo‘ldi. Nima qilish kerak?
DO`STLARGA ULASHING:
Pedikulez (lotincha pediculus, «bit») – odamning bit bilan zararlanishi bo‘lib, ayniqsa yosh bolalarda ko‘p uchraydi. Bolalarda bit bilan zararlanish yoz oyining oxiri, kuz oyining boshlarida ko‘p uchrab, yozgi ta’til paytida bolalarning lagerdan qaytgan paytiga to‘g‘ri keladi. Bit bilan zararlanishdan to kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lguncha bir necha xafta ketadi.
Bit nima?
Bit – bu uzunligi 4 mm gacha bo‘lgan inson tanasida parazitlik qiluvchi qon so‘ruvchi xasharot xisoblanadi. Bitlar boshning issiqroq qismida: ensa soxasida, quloq ortida, va chakka qismida ko‘proq joylashadi. Aynan shu joylarda bitning chaqqan va qashlangan joylarini ko‘rish mumkin. Ammo bitni o‘zini ko‘rish qiyin, ular serxarakat bo‘ladi. Bitlar odatda kul rangida bo‘ladi, inson qonini so‘rgach esa to‘q qizil rangiga kirishi mumkin. Urg‘ochi bit bir oy atrofida yashaydi va sutkasiga beshtagacha tuxum qo‘yadi.Bit ko‘rinishi
Bitning tuxumini – sirkani soch orasida oson topish mumkin. Sirkalar shaffof «munchoq» singari bo‘lib, asosan sochning ildizga yaqin qismida joylashadi. Sirkalar 7-10 kun davomida yetilib, ichidan yosh bit chiqadi. Ularning tuxumga kirgunicha 6-10 kun vaqt o‘tadi.
Bit tuxumi (sirka)
SIRKALARNI QAYZG‘OQ BILAN OSON CHALKASHTIRISH MUMKIN. AMMO ULARNI BOSHDAN QOQIB TASHLAB BO‘LMAYDI.
Bitlar inson qoni bilan oziqlanib, bosh terisini maxsus so‘rg‘ich (xartumchalari) bilan teshadi. Chaqqan joyida ko‘kish kulrang iz qolib, bitning so‘lagi tarkibidagi ferment ta’sirida qichishish paydo bo‘ladi. Bu ferment bitga qonni qo‘yilib qolmasligi uchun kerak bo‘ladi. Jaroxat kuchli qashilgan bo‘lsa bakterial infeksiya qo‘shilishi va yiringlashi mumkin. Shu sababli bolalarda pedikulyozni o‘z vaqtida aniqlash lozim xisoblanadi.
Bit mikroskop ostida.
Bitlar juda ochofat bo‘ladi, ammo energiyani yog‘lar ko‘rinishida to‘play olmaydi. Shuning uchun ular tez-tez oziqlanadi. 2-3 soatda o‘rtacha bir marta. Xarorat qanchalik yuqori bo‘lsa shunchalik tez-tez oziqlanadi. Bitlar uchun 15-35°C li xarorat komfort xisoblanadi. 12°C dan past xaroratda ular tuxum tug‘may qo‘yadi va lichinkalari o‘sishdan to‘xtaydi.
Bitlarning organizm uchun eng zararli tomoni, ularning epidemik qaytalangan terlama (tif) ni tarqatish xususiyati xisoblanadi. Insonning tifni yuqtirishi tasodifan kechib, tif bilan zararlangan bit chaqqanda qashigan paytda uning qonini odam qoniga o‘tishi bilan xarakterlanadi.
Bitni qanday yuqtirish mumkin.
Bitlar qanotsiz xasharot bo‘lib, uchishni, sakrashni bilmaydi, ammo tez yuguradi. Shu sababli bit bilan zararlanish bevosita kontakt orqali ro‘y berishi mumkin. Ko‘p xolatlarda bolalar pedikulyoz bilan birga o‘ynagan paytida, bosh kiyimlarini almashtirib kiyishganda, bir yostiqda yotishganda zararlanishi mumkin.
Katta yoshdagi odamlar bitni sartaroshxonalarda, mexmonxonalarda, birovlarning sochig‘ini ishlatganda yuqtirishi mumkin. Bitni uy xayvonlaridan yuqtirishning ilojisi yo‘q. Odam biti faqat odamda yashaydi va oziqlanadi.Pedikulyoz belgilari.
Bitning asosiy belgisi bit chaqqan joydagi qichishish xisoblanadi. Bit yuqtirgan bolalar notinch, bir joyda o‘tirmaydigan, doimo boshini qashiydigan bo‘lib qoladi. Ular doimiy diskomfort sezadi, ammo uning nimaga bog‘liqligini bilishmaydi. Bunday paytlarda bolangizning boshini ko‘zdan kechirish zarur. Bitlarning sevimli joylarida (ensa, chakka, quloq orti soxalari) terida kulrang izlarni, qashilgan yoki tirnalgan izlarni ko‘rish xavotirli belgi xisoblanadi. Faol parazitlarni aniqlash kerak bo‘ladi.
Bolaning boshini qanday ko‘rikdan o‘tkazish kerak?
Tekshirishning ikkita turi bor:
• Quruq sochlarda — effektivligi 29%;
• Nam sochlarda — effektivligi 91%.
Taroqdan foydalanish bitlarni aniqlashni osonlashtiradi. Nam sochlarni ko‘zdan kechirayogan paytda taroqni oson sirg‘anishi uchun soch uchun konditsionerlarni surtib keyin tarang. Bolaning sochini peshona kismidan to bo‘ynigacha tarang. Xar safar taroq solgandan so‘ng taroqni ko‘zdan kechiring. Oq qog‘oz yoki oq yungsiz sochiq ustida boshni ko‘zdan kechirish (tarash) bitni aniqlash imkonini kuchaytiradi. Bolaning boshini ikki marotaba ko‘rikdan o‘tkazing.
Oddiy bitlar oltita panjali yarim shaffof xasharotlar xisoblanadi. Sochning ildizga yaqin qismida sirkalarni aniqlash mumkin. Bit tuxumlarini ezganda o‘ziga xos chirs etgan ovoz chiqadi.
© www.gepamed.uz
Bolangizda bit paydo bo‘ldi. Nima qilish kerak?