BOLALIKTEPA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLALIKTEPA haqida malumot bilib oling.

BOLALIKTEPAtermizshohlar qalʼaqasri xarobasi (5—6-a. lar). Termiz sh. dan 30 km shim. da. Katta va kichik tepaliklardan iborat boʻlgani uchun shunday atalgan. Bolaliktepani sanʼatshunosarxeolog L. I. Albaum oʻrgangan (1953 — 55). Qalʼaqasr toʻrtburchak shakldagi paxsa poydevor (30x30x6 m) ustiga xom gʻisht (50x30x10 sm) dan qurilgan boʻlib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi 5-a. da, 5 tasi 6-a. da bunyod etilgan). Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona oʻrtasiga xom gʻishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 m, bal. 60 sm) ishlangan. Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bugʻdoy doni va oʻrik danaklari topilgan. Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob boʻlaklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi, chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medalyon), yogʻoch qoshiq va b. topilgan. Xonalardan birida devorlarida toʻy marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan.

Ensiklopediya.uz
BOLALIKTEPA