Bolalarga yostiq kerakmi?
Yosh bolalarning onalarini koʻpincha bolani yostiqqa yotqizish kerakmi yoki yostiqsizmi degan savol qiziqtiradi.🤷 Manga ham shu savol bilan koʻp murojaat qilishadi. Umuman olganda yostiqning vazifasi nimadan iborat degan savolga javob topsak. Agar yostiqsiz noqulayku🤷 desangiz yostiq oʻrniga bolaning plyonkasini 4-5taga tahlab kichkintoyingiz boshiga qoʻyishingiz mumkin 🤗Bolalarga yostiq kerakmi?
DO`STLARGA ULASHING:
💁Bugungi mavzudan ana shu savollarga javob olasiz degan umiddaman
.
Odamning umurtqa pogʻonasi mukammal darajada toʻgʻri boʻlmaydi. Umurtqaning maʼlum nuqtalari tabiiy egilgan boʻlib, odam yotgan paytda ana shu egilgan nuqtalarni aniqrogʻi umurtqaning boʻyin qismini ushlab turish uchun bizga yostiq kerak boʻladi.
👶Yosh bolalarda esa umurtqa pogʻonasi yassi shakilda boʻlib, egiluvchan nuqtalar hali rivojlanmagan boʻladi. Bolani yostiqqa yotqizganda egiluvchan umurtaqa oʻz shaklini oʻzgartiradi. Agar bu holat davom etaversa umurtqaning notoʻgʻri shakillanishi yuzaga keladi.
Yumshoq oʻrin🛏️ ham bola qomatiga shunday salbiy taʼsir koʻrsatadi. Yumshoq oʻrinda yotgan bolaning umurtqa pogʻonasi yoysimon shakl oladi.👆
Biz onalar koʻpincha bolamning boʻyni ogʻrib qoladi deb boshiga yostiq qoʻyamiz, oʻrni qattiq boʻlsa tanasi botib ketadi deb yumshoq oʻringa yotqizshga haralat qilamiz. 🙅Aslida bu «mehribonchiligimiz» bola sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatar ekan.
Bolaga yostiq kerak emasligini yana bir sababi bolaning anatomik tana tuzilishidir. Bolalarning boshi ularning tanadiga nisbatan kattaroq boʻlishini hammaga maʼlum. Shuning uchun ularga yostiqning keragi ham boʻlmaydi aksincha yostiqda yotgan kichkintoy oʻzini yostiqsiz yotgan katta odamdek noqulay his qiladi. Demak bolaning oʻrni qattiq va yostiqsiz boʻlishi kerak ekan.
.
👩⚕️Pediyatrlar bolaga 2 yoshdan yostiq qoʻyisni tavsiya etishadi. 2 yoshda bolaning umurtqa pogʻonasi yetarlicha shakillanib ulgurgan, tana tuzulishi ham kattalarnikidek holatga keligan boʻladi. 🙇2 yoshli bolaning yostigʻi qattiq, yassi boʻlishi balandligi 5-7sm tashkil qilishi va oʻrinning butun kengligini egallagan boʻlishi maqsadga muvofiq boʻladi. Bola ulgʻaygani sari yostiq balandligi ham qoʻshilib boraveradi.
‼️Umuman olganda yostiqning balandligi bolaning yelka kengligiga teng boʻlishi kerak. Bu yostiq tanlashning otin qoyidasi desak ham boʻladi😉
Bolalarga yostiq kerakmi?