Bolalarga beriladigan antibiotiklar keltirib chiqaradigan xastaliklar bo`yicha tadqiqot o`tkazildi
SSV Matbuot xizmatining xabar berishicha, yaqinda AQShning Rutgers va Nyu-York hamda Shveysariyaning Syurix universitetlari olimlari tomonidan qo`shma tadqiqot natijalari e`lon qilindi.
Qayd etilishicha, kichik yoshli bemorlarda qo`llanilgan antibiotiklar ularning ovqat hazm qilish tizimida sog`lom bakteriyalar o`limiga sabab bo`ladi. Oqibatda jajji organizmda bora-bora astma va allergiya kasalliklari rivojlanishi xavfi yuzaga keladi.
Tadqiqot mualliflari ilmiy xulosasini jonivorlarda sinovdan o`tkazdi. Tajriba davomida besh kunlik sichqonlarga antibakterial vositalar — azitromisin yoki amoksisillin berildi.
Oradan ma`lum vaqt o`tib, ya`ni jonivorlar ulg`aygach, ularda immunitet reaksiyasi kuzatildi. Ya`ni bunday dori-darmonlarning kuchli allergiya xastaliklarini keltirib chiqarishi ma`lum bo`ldi.
Olimlarning ta`kidlashicha, bu tadqiqot antibiotiklardan foydalanishni cheklash yoki kelgusida ulardan butunlay voz kechish uchun yana bir muhim asos bo`lib xizmat qiladi.
Salomatlik, Salomatlik sirlari, Salomatlik sirlari, Xirurgiya
Bolalarga beriladigan antibiotiklar keltirib chiqaradigan xastaliklar bo`yicha tadqiqot o`tkazildi