Bolalardagi ich ketishi
Ich ketishi deb patologik tez va suyuq ich kelishini aytishadi,shu bilan birga tashxis qo’yish uchun, ikkala belgining borligi muhimdir.Agar bolada o’rnatilgan ich kelishi tartibi bo’lsa(1-2 kunda 1 marta,shakllangan modda ajralishi bilan),tashxis qo’yishda qiyinchiliklar bo’lmaydi.Bo’tqasimon va yana suyuq ajratmalarning kuniga 3 marta yoki undan ortiq paydo bo’lishi- ich ketishining,sabablarini aniqlash va davolashni boshlashni talab qiluvchi belgidir. 1. Laktaza yetishmovchiligi; Normal sekretlanuvchi fermentlarning nisbatan yetishmovchiligi bilan birga keladigan,ko’p ovqat eb qo’yish oqibatlarini ham kiritish mumkin.Bolalardagi ich ketishi
DO`STLARGA ULASHING:
Ich ketishi- yosh bolalarning sog’lig’i bilan bog’liq muammolari orasida eng ko’p tarqalganlaridan biri,ko’pincha ota-onalar unga bola hayotining birinchi yillarida duch kelishadi.Tibbyotda bu holatni belgilash uchun «ichburug’» atamasini ishlatishadi.Ammo bu alohida tashxis qo’yiladigan patologiya emas,balki ko’p kasalliklarning asosiy alomatidir.Aynan boladagi ich ketishining rivojlanishi, kasallikning eng yaqqol va ehtimoliy xavfli ifodalanishi bo’lib,ota-onalarni pediatr yoki boshqa shifokorga murojaat etishiga sabab bo’ladi.Bemorning yoshi qanchalik kichik bo’lsa,davolashning o’z vaqtida boshlanishi va to’g’ri vositalar tanlanishi,shunchalik muhimdir.
QACHON ICH KETISHI HAQIDA GAPIRILADI
Agar o’rtacha ifodalangan ichburug’ birinchi yarim yoshidagi go’dakda rivojlansa,ota-onalar har doim ham bu buzilishni aniqlay olmaydilar.Chunki tabiiy(ko’krak) ozuqalanishida bo’lgan bolalar uchun, kuniga 10 martagacha bo’tqasimon ich kelishi me’yoriy hisoblanadi.Bunday holatda ichburug’ni qanday ajratib olsa bo’ladi? Go’daklarda ich ketishi tashxisini qo’yish uchun zarur shart- ich kelishi sonining 2 marta va undan ortiq ko’payishi.
NIMA UCHUN YOSH BOLALARDA ICH KETISHIGA MOYILLIK BOR
Hayotining birinchi yilidagi bolalarda, ich ketishiga moyillik bilan bo’lgan ichak buzilishlari,kattaroq bog’cha bollari,maktab o’quvchilari va kattalarga qaraganda ko’proq paydo bo’ladi.
Bu bir necha omillar bilan izohlanadi:
1-2 yoshdagi bolalardagferment tizimlarining funksional yetilmaganligi. Ularda barcha fermentlar ishlab chiqarilsa-da, ularning miqdori va faolligi ozuqaning miqdori va tarkibiga har doim ham to’g’ri kelavermaydi.Shuningdek, ko’p hollarda go’daklarda qisman laktaza yetishmovchiligi -sut shakari,laktozaning parchalanishi uchun javob beradigan,laktaza fermentining yetishmovchiligi uchraydi.Bu patologiya, ko’p hollarda bola infeksion ichburug’ni boshidan kechirganda rivojlanib,sut mahsulotlarini iste’mol qilganda ich kelishining mo’tadil bo’lmasligi va ich ketishiga moyillik uchun asos yaratadi.
Turli ichak sohalari motorikasidagi nomutanosiblikka moyillik yaratuvchi, ovqat hazm qilish yo’lining ishini tartablashtiruvchi,tizimlarning yetilmaganligi.Bu holat davolashni talab qiluvchi patologiya emas,balki yosh me’yorining farqi,deb hisoblanadi.
Yetarlicha shakllanmagan va to’liq muvozanatlanmagan ichak florasining tarkibi.Endi tug’ilgan bolaning ichagi toza va hayotining birinchi soatlaridan,asta-sekin turli mikroorganizmlar bilan to’la boshlaydi. Normal bakterial mikroflora ba’zi bir ozuqaviy moddalarni parchalashda yordam beradi,B guruh vitaminlarini ishlab chiqaradi va umuman olganda oshqozon-ichak yo’lining to’g’ri faoliyatiga yordam beradi.Lekin bolalarda ko’pincha shunday holat uchraydi-ki, uning ichak oralig’ida shartli-patogen bakteriya va zamburug’lar haddan tashqari ko’payib ketadi,bu disbakterioz deb ataladi.U nafaqat ichak buzilishi bilan birga keladi,balki bolada infektsion ich ketishi rivojlanishi ehtimolini ham oshiradi.
Ichak so’rish yuzasi hajmining kattalashganligi (kattalar bilan solishtirganda).Shu sababdan,ovqat bilan kelib tushgan va kasal tarqatuvchi bakteriyalar tomonidan chiqarilgan toksinlar,ancha tezroq so’rilib ketadi va ovqat hazm qilish yo’liga ko’proq ifodalangan salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Ulg’aygan sari bolalar ichak buzilishlariga kamroq moyil bo’ladi, 5 yosh va undan kattalardagi ich ketishi esa, odatda ko’p hollarda zaharlanish va ichak infeksiyasi bilan bog’liq bo’ladi.
ICHBURUG’NING TURLARI
Ichburug’ning klinik tasniflanishi bir nechta belgilarni hisobga oladi:
Ichak buzilishlarining davomiyligi. O’tkir (2 haftagacha),cho’zilgan(14 kundan ko’proq va 2-3 oygacha),surunkali (3 oydan ortiq) ichburug’lar ajratiladi.
Ichburug’ning og’irlik darajasi.U yengil, o’rtacha og’ir,og’ir bo’lishi mumkin,bu ich kelishining soni va miqdori, kasallangan bolaning umumiy ahvoli va qo’shimcha alomatlarning ifodalangani bilan aniqlanadi.
Sabab omili.Ichburug’ infeksiyali va infeksiyasiz bo’lishi mumkin.
Ich kelishining tez-tez sodir bo’lishi va suyuqlashishiga turli xil omillar sabab bo’lishi mumkin.Lekin ularning ta’sirini 5(beshta) asosiy patogen mexanizmlarga joylashtirish mumkin: sekretlovchi,osmolyar,ekssudativ, giperkinetik,gipokinetik.Ichburug’ motorika mexanizmi haqida gapirganda,oxirgi ikkita turni ko’pincha birlashtirib yuborishadi.
Ichak buzilashlarining mexanizmi
Sababi
Ichburug’ turi
Sekretor turi, suv va elektrolitlarning ichak oralig’iga gipersekretsiyasi bilan bog’liq.
Bakterial va boshqa toksinlar,viruslar ta’siri ostida, o’t suyuqligi kislotalari va ba’zi bir biologik faol moddalarning ko’pligi tufayli enteretsitlar(ichak shilliq qavati hujayralari) faoliyatining buzilishi.
Axlat ko’p, sersuv, og’riqsiz (suvli ichburug’).
Osmolyar turi,ichak oralig’ida ko’p miqdorda suv va elektrolitlarni «tortib oluvchi»,yuqori osmolryali moddalarning yig’ilishi bilan bog’liq.
Odatda fermentlar etishmasligi yoki ularning faolligi pasayishi natijasida,hazm qilish va ozuqani so’rib olinishining buzilishiigi.Kam hollarda bunday ichburug’ning sababi,yuqori osmolyar darajali moddalar kelib tushishi sabab bo’ladi (masalan,laktuloza).
Axlat ko’p,yaxshi hazm bo’lmagan ko’p ovqat qoldiqlari bilan(polifekaliya turidagi ichburug’).Ichak buzilishlarining ifodalanganligi, iste’mol qilingan ovqatning miqdori va tarkibiga bog’liq,ochlik ich ketishini butunlay yo’qotishi mumkin.
Ekssudativ turi,bu holda ichak oralig’iga ko’p miqdorda suv chiqishi,limfa bosimining ko’tarilishi yoki shilliq kobig’da ko’p sonli yemiriilsh-yarali nuqsonlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.
Ichak devorining yallig’lanishi yoki ba’zi bir infeksion agentlar ta’sirida yemirilishi.
O’rtacha miqdordagi,suyuq ich kelishi albatta qon va shilliq aralashgan,ich kelishi og’riqli.
Giperkinetik turi,uning ichidagi narsalarni tezda chiqarib tashlash va ichakning zo’raygan motorikasi bilan ajralib turuvchi.
Neyrogen tartiblantirishning buzilishi, rag’batlantiruvchi ta’sirli biologik faol moddalarning ko’p miqdori.
Ich kelishi tez-tez, suyuq, lekin ko’p emas, besamara qistovlar va tortuvchi og’riqlar bilan.
Gipokinetik turi – bolalarda eng kam uchraydigani. Suv gipersekretsiyasi bilan birga, ozuqaviy bo’tqaning ichak bo’ylab sekinlashgan harakatlanishi bilan izohlanadi.
Og’ir tizimli kasalliklar (sklerodermiya, amiloidoza) yoki og’irlashgan qandli diabet su’ratida ichak faoliyatining nerv tartiblantirilishidagi jiddiy buzilishlar.
Ich kelishi o’rtacha suyuq, yopishqoq, turib qolgan, ko’p emas.
BOLALARDAGI ICH KETISHINING ASOSIY SABABLARI
Har xil yoshdagi bollarda uchrashi mumkin bo’lgan ich ketishining turlarini, infeksion va noinfeksion guruhlarga bo’lish mumkin.
Infeksiyali ich ketishi
Noinfeksion ich ketishi
Shartli-patogen bakterial flora (streptokokklar,stafilokokklar,ichak tayoqchasi va boshqalar).Ularning koloniyalari haddan ortiq o’sib ketishi,asosan ichak mikroflorasining muvozanatsizligi(disbakterioz),shu jumladan antibiotiklarni qabul qilish bilan bog’liqdir.
Ozuqa mahsulotlarini to’liq hazm bo’lmasdan,ichakda baland osmolyar mahsulotlar to’planishiga olib keladigan, ferment yetishmovchiligi. Bolalik yoshida eng katta ahamiyatga ega:
2. Seliakiya;
3. Yog’larni hazm qilishning steatreya(yog’li axlat) shakllanishi bilan buzilishi,bu o’t suyuqligi ajratilishining buzilishi va lipaza (yog’larni parchalovchi ferment) miqdorining kamayishi bilan bog’liq.
Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalar (vabo vibrioni,salmonellalar,esherixilar, stafilokokklarning patogen shakli,klostridlar,iersinilar,kampilobakteriyalar).Go’daklar bu bakteriyalar bilan tashuvchi-onalaridan,yoki boqishdagi xatolar tufayli kasallangan kattalardan,zararlanadilar.Yoshi kattaroq bolalarda zararlanish sabablari shaxsiy gigiyena qoidalarini buzish,oziq-ovqatdan zaharlanish,bolalar guruhlari orasida ichak infeksiyalarining epidemik tarqalishidir. Bakteriyalarning maxsus shakllari ham uchrab turadi (sil tayoqchasi).Bizning bahtmizga, hozirgi paytda ichak sil kasalligi deyarli qayd qilinmaydi.
Odatiy oziqlanish tarkibining keskinlik bilan o’zgarishi yoki boshqa iqlimiy sharoitga tez o’tish natijasida moslashuv mexanizmlarining buzilishi.
Viruslar: enterovirusli, rotavirusli va boshqa infeksiyalar.
Ta’sirlangan ichak sindromi – ichak faoliyatining funksional tabiatli, surunkali buzilishi.Uning alomatlari qaytalanishga moyil va hech qanday organik(tuzilishdagi nuqsonlar)yoki infeksion sabablarga bog’liq emas, holatning yomonlashishi ko’p hollarda siqilish holatlari va asab-hissiyotli yuklamalar bilan bog’liq.
Gijjalar organizmga kirishi, ichakda turli xil parazit chuvalchanglarning ko’payishi, (ostritsalar, skaridalar, lentasimon gijja va boshq.).
Eng oddiylari(amyobalar, lyamblyalar).
Noinfeksion tabiatli yo’g’on ichak devorining shikastlanishi: Kron kasalligi,o’ziga xos bo’lmagan yarali kulunj, ishemik kulunj (ichak qon bilan ta’minlanishi buzilganligi su’ratida).
Rag’batlantiruvchi ta’sirli biologik faol moddalar ishlab chiqaruvchi shishlarining borligi (VIPoma, gastrinoma).Bolalarda ich ketishining kam uchraydigan sabablariga kiradi.
Tizimli kasalliklar(amiloidoz,sklerodermiya).
Bog’cha katta guruhlari va maktab yoshidagi bolalarda,kattalardagi kabi,ko’pincha ichburug’ning infeksion turlari uchraydi.1-2 yoshdagi bola va yangi chaqaloqda esa, ko’p hollarda noinfeksion tabiatli bo’ladi yoki disbakterioz su’ratida rivojlanadi.
BU QANDAY NAMOYON BO’LADI
Ich ketishida axlatning suyuqligi turli xil bo’lishi mumkin: bo’tqasimondan suvgacha.Odatda axlat qanchalik suyuq bo’lsa,shunchalik ko’p bo’ladi.Umuman olganda axlatnig tabiati, ichburug’ ustun mexanizmning rivojlanishiga bog’liq bo’ladi.
Ich ketishida har doim kuchli suyuqlik yo’qotilishi yuz beradi,bu esa turli darajadagi suvsizlanishga olib kelishi mumkin.
Aynan shu omil,bola uchun kasallikning eng ehtimoliy xavfli belgisidir,chunki u og’ir,hayot uchun havfli,bosh miya va boshqa hayot uchun ahamiyatli a’zolarning faoliyatiga zarar yetishining sababichisi bo’lishi mumkin.
Bola qanchalik yosh bo’lsa,unda shunchalik tez suvsizlanish namoyon bo’ladi va rivojlanadi.Shuning uchun,bir oylik go’dakda ich ketishi rivojlansa-bu shifokorga darhol murojaat qilish uchun asosdir.
Ich ketishida ko’pincha,shifokorga tahlillardan oldin ham zarar darajasi va ichak buzilishining ehtimoliy sababini aniqlashda yordam beruvchi,hamroh belgilar paydo bo’ladi:
Ko’p hollarda oldingi qorin devoridan ko’rinadigan va masofadan eshitiladigan,kuchaygan ichak peristaltikasi(ichak devorlarining qisrqarishi).
Axlatda patologik aralashmalarning paydo bo’lishi.Eng ko’p hollarda bolalarda,shilliq bilan ich kelishi qayd etiladi,lekin qon (yangi yoki hazm qilish fermentlari ta’sirida qisman o’zgargan),hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari ham aniqlanishi mumkin.
Suyuq ich kelishini ko’pirtiruvchi,ajralish tezligini oshiruvchi,qorin shishishi va anal teshigidan suyuqlik oqishi bilan ko’p gaz chiqiralishiga olib keladigan,kuchaygan gazlar hosil bo’lishi (meteorism).
Qayt qilish.Ichak buzilishlari bilan bir vaqtda yoki ulardan oldin paydo bo’lishi mumkin.Qayt qilish bilan ich ketishi birikmasi,boladagi suvsizlanishni sezilarli darjada kuchaytiradi va holatini og’irlashtiradi.
Axlatning rangi o’zgarishi,ko’pincha ingichka ichak tarkibiga xos bo’lgan sariq tuslar qayd qilinadi.Yashil axlat bolada bakterial infeksiya borligidan dalolat berishi mumkin,lekin bu alomatni bir ma’noli va asosiy aniqlash belgilariga kiritib bo’lmaydi.
Tana haroratining ko’tarilishi, intoksikatsiya va yallig’lanishning ifodalanishi bo’lishi mumkin.Lekin ichak buzilishi infeksion tabiatli bo’lganda ham,ko’pincha isitmasiz ich ketishi uchraydi.
BOLALARDAGI ICH KETISHINI QANDAY DAVOLASH KERAK
Har qanday yoshdagi ich ketishini shifokor nazorati ostida,o’zboshimchalik bilan antibiotik va «kattalarning» dori qutisidan preparatlarni tayinlashsiz davolash,maslahat beriladi.
Bolada ich ketishi rivojlansa,uy sharoitida nima qilish kerak?
Birinchi darjali vazifa-iloji boricha suvsizlanishning ifodalanishini kamaytirish.Bu maqsadda,bolaga toza yoki gazlanmagan mineral suv,kamtuzli eritmalar ichirish tavsiya etiladi.Bulyon,fabrika va honaki ishlab chiqarilgan kontsentratli sharbatlar,sut va sut mahsulotlarini bermaslik kerak.Agar bola suv ichishni xohlamasa,shifokor bilan kelishilgan holda,suv bilan aralashtirilgan mors,shakarsiz kompotlarni berish mumkin.Qayt qilishni qo’zg’atmaslik uchun ichimliklar, kam miqdorda,tez-tez beriladi.
Bolada isitma,ich ketishi va qayt qilishnig mavjudligi- ko’p hollarda zaharlanish,ozuqaviy toksikinfeksiya yoki ichak virusli infeksiyalarining belgilaridir.Bunday alomatlar paydo bo’lganda,enterosorbentlar(masalan, Filtrum) qabul qilish,maslahat beriladi.Bu preparat faqat ichak oralig’ida ta’sir qilib,o’z g’ovakchali yuzasida bakteriya va organizmda ishlab chiqariladigan toksinlar,kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlar,biologik faol moddalarning ortiqchasini cho’ktirib oladi.Bunday davolash intoksikatsiya va ifodalangan ich kelishining kamayishiga imkon beradi.
Muhim: qo’llashdan oldin yo’riqnoma bilan tanishib chiqing yoki davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Har qanday dorilar,faqat shifokor tomonidan,bolaning umumiy ahvoli, mavjud alomatlarning tabiati, ich ketishi rivojlanishi sabablarini hisobga olgan holda tayinlanishi mumkin. O’zboshimchalik bilan dorilarni qabul qilish,nojo’ya ta’sirlar rivojlanishi, dozani noto’g’ri o’lchash yoki dorilarning chiqishmasligi tufayli turli ta’sirlanishlarning paydo bo’lishi,bemor holatining og’irlashishiga olib kelishi mumkin.
QANDAY HOLATLARDA SHOSHILINCH SHIFOKOR MASLAHATI KERAK BO’LADI?
Bir hil hollarda bolalardagi ich ketishi,zudlik bilan shifokorga murojaat etishni talab etadi. Bu quyidagi og’irlanishlar rivojlanishi bilan bog’liqdir:
Hayotining birinchi 3 oyidagi bolalarda ich ketishi,ayniqsa bu holda bola ko’krak va/yoki butilkachani rad etsa,chunki bu bolada ichki a’zolar va bosh miyaga zarar yetkazadigan,xavfli suvsizlanish va og’ir intoksikatsiya sababi bo’lishi mumkin.
Har qanday yoshdagi bolada qon bilan ich ketishi.
Changaklar paydo bo’lishi bilan birga keladigan,ich ketishi.
Vabo bilan kasallanish haqida shubha tug’diruvchiguruch bo’tqasiga o’xshash,ko’p qaytalanadigan,katta miqdordagi suvli ichburug’.
Suvsizlanish belgilarining tez paydo bo’lishi va tinimsiz rivojlanishi: lanjlik,ob’yektiv aniqlanadigan mushak holsizligi,teri quruqligi va shalviraganligi, liqqildoqlar va ko’z kosalarining ichiga kirib qolishi.O’tkir ich ketishi holatida,1 yoshli bolada suvsizlanish 1 kun ichida rivojlanadi va har doim ham uni ko’p ichimlik berish yo’li bilan to’g’irlab bo’lmaydi.
Bolada ko’tarilib tushuvchi isitma va ich ketishining birikmasi,odatda infeksion tabiatli,ifodalangan intoksikatsiyadan dalolat beradi.
Boladagi ich ketishi- ko’p uchraydigan va har doim ham zararsiz bo’lmagan, patologiyadir.Lekin,o’z vaqtida boshlangan va to’g’ri davolash,barcha alomatlarni tezda yo’qotish,og’irlanishlar paydo bo’lishini oldini olish,hazm qilish yo’lining normal ishlashini tiklashga imkon beradi.
Bolalardagi ich ketishi