Bolalarda temperament turlari bilasizmi?
Bolalarda temperament tiplari!!!
Xolerik
U juda jahldor, o‘ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g‘oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Xolerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o‘zgaradi.
Sangvinik
Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u «quyosh» kabi ko‘pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo‘yish mumkin.
Flegmatik
Flegmatik bola – juda og‘ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko‘radi. U faqat o‘z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o‘z o‘yinchog‘i bilan o‘ynaydi.
Melanxolik
Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe’l-atvor egasidir. U juda ta’sirchan, salga xafa bo‘ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o‘ziga ishonchsiz, uning o‘zi qaror qabul qilishi juda qiyin.
(Visited 30 times, 1 visits today)
Понравилось? Пожалуйста поделитесь с друзьями.
Qiziqarli malumotlar
Bolalarda temperament turlari