Bolalarda sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlari to’liq malumot oling
Bolalarda sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlari
Markaziy kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 6-10 oylikda chiqadi, yuqorigi kurak tishlar esa 7-12 oylikda. Ular bola 6-8 yoshlarida tushib ketadi.
Yonbosh kurak tishlar. Pastki kurak tishlar 7-16 oylikda, yuqorigi kurak tishlar esa 9-12 oylikda chiqadi. Ularning tushib ketishi bola hayotining 7-8 yillariga toʻgʻri keladi.
Qoziq tishlar. Pastki qoziq tishlar 16-23 oylikda chiqadi. Yuqorigi qoziq tishlar esa 16-22 oylikda chiqadi va bu tishlar 9-12 yoshga kirganda toʻkilib ketadi.
Kichik oziq tishlar. Pastki kichik oziq tishlar 12-18 oylikda, yuqorigi kichik oziq tishlar esa 13-19 oyda chiqadi. Bola 9-11 yoshga kirganida tushib ketadi.
Katta oziq tishlar. Pastki qismdagilar 20-31 oylarda, yuqorigi esa 25-33 oyda chiqsa, bola hayotining 10-12 yoshlarida tushib ketadi.
Boshqa mavzular
Bolalarda sut tishlarining chiqish va tushish vaqtlari