BOLALARDA RAXIT KASALLIGINING ASOSIY BELGILARI:
BOLALARDA RAXIT KASALLIGINING ASOSIY BELGILARI: 💊 ILK BELGILARI 💊AVJ OLISH DAVRIDAGI BELGILARI: Raxit kasalligi faqat yosh bolalarda 2-3 oylikdan boshlab 2 yoshgacha uchraydi, ammo vaqtida davolatmaslik natijasida katta bo’lganda tana tuzilishidagi va nerv tizimi tomonidan sezilarli asoratlar qolib ketishi mumkin🩺BOLALARDA RAXIT KASALLIGINING ASOSIY BELGILARI:
DO`STLARGA ULASHING:
— bolakay qo’rqoq, qozg’aluvchan, yorug’likka va baland tovushga salbiy reaksiya ko’rsatadi
— bezovta uxlaydi, tez uyg’onib ketadi
— ko’p terlash, ishtahaning pasayishi, teri elastikligi va mushaklarning tarangligi pasayishi
— ich qotishi, boshning ensa qismida sochlar to’kilishi
— boshdagi liqildoqlari kech bitishi, suyaklari mo’rt va yumshoq, egiluvchan bo’lishi
— ilk bosqichda suyaklarda hech qanday defitsit ko’rinmaydi, faqat qon tahlilida kalsiy va fosfor miqdori kamaygan, siydik analizida esa fosfatlar aniqlanadi(normada siydikda fosfatlar umuman bo’lmaydi)
— suyaklar yumshashi aniq ko’rinadi, kalla suyagi kattalashgan, do’ng peshona, ensasi yassi
— tana suyaklari ham yumshoq, ozroq bosim berilsa shaklining o’zgarib ketishi, oyoq kaftlari yassilanishi, X simon yoki ovalsimon oyoqlar
— umurtqa pog’onasi egriliklari va qiyshayishlari
— qovurgalarning to’shga birikkan joyini qo’limiz bilan paypaslab ko’rilganda marjon donasiga o’xshash holat
— sut tishlarining kechikib va nosimmetrik chiqishi
— ko’p terlash, ich qotishi, qorinning dam bo’lishi va ahuning natijasida qorinning kattalashishi
— bola ancha qo’zg’aluvchan, nerv-psixik jihatdan ortda qoladi, infeksiyon kasalliklar bilan tez tez kasallanadi
— qon tahlilida kalsiy va fosfor sezilarli darajada kamayib ketadi
@tashxis1
BOLALARDA RAXIT KASALLIGINING ASOSIY BELGILARI: