Bolalarda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?
❓Bolalarda qabziyat kuzatilishiga sabab nima? ✍️ Pediatr Farrux O‘rmonov: ✂️ Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish (masalan, noto‘g‘ri emizish) ko‘pincha qabziyatni keltirib chiqaradi. ✂️ So‘rg‘ich orqali o‘tgan infeksiya ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada mikroflora buzilgani uchun me’dadagi oziq moddalar parchalanmaydi, yetarlicha so‘rilmaydi va qabziyatni yuzaga keltiradi. ✂️ Chaqaloqning old qorin mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bolaning ichaklarida gaz yig‘iladi va ich yurishishi qiyinlashadi. ✂️ To‘yib ovqatlanmagan bolada ham bu holat kuzatilishi mumkin. ✂️ Allergik kasalliklarga moyillik ham bunga sabab bo‘ladi. ✂️ Bolada gijja (qurt) bo‘lsa, uning ichi qotadi.Bolalarda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?
DO`STLARGA ULASHING:
Bolalarda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?