Bolalarda kariyes qanday paydo bo‘ladi? to’liq malumot oling
❓Bolalarda kariyes qanday paydo bo‘ladi?
🦷Bolalarning tishlari kattalarnikiga qaraganda parchalanishiga ko‘proq moyil. Buning sababi sut tishining yupqaroq va pishmagan emal bilan qoplanganligidir. Ammo bundan ham muhim omil — bakteriyalarning o‘zi ham bor.
🥄Ona go‘dakni o‘zi yalagan qoshiqdan ovqatlantirganda ham zararli bakteriyalar bolani zararlaydi. Og‘izda joylashgan mikroblar hatto bolaning ilk tishlari chiqishidan oldin kariyesni paydo qiladi.
🧬Yana bir sabab bu — irsiyat. Ba’zi odamlarga mikroblar boshqacha ta’sir qiladi. Masalan, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilib ham kariyes kasalligiga chalinmaslik mumkin. Yoki aksincha kuniga bir juft shokolad ham tishlarga eng kuchli zarar berishi mumkin.
👨👩👦Shu sababli bolalardagi kariyes sabablarini aniqlashda ota-onalar muhim faktor bo‘lib xizmat qiladi.
@doridarmonlar
Kasalliklar
Bolalarda kariyes qanday paydo bo‘ladi?