Bolalarda isitmalash vaqtida shaytonlash xurujlari haqida malumot

Bolalarda isitmalash vaqtida shaytonlash xurujlari haqida malumot

Savol: Bolamda isitmalash vaqtida shaytonlash xurujlari kuzatiladi. Buning oldini olish mumkinmi?

– Isitma vaqtidagi talvasa xurujlarining oldini olishda qo‘llaniladigan asosiy chora bu – bolada tana haroratining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik. Bu holatda uzoq muddat antikonvulsantlarni berish noto‘g‘ri. Chunki ularni qabul qilgan taqdirda ham agar tana harorati 38 darajadan oshsa, shaytonlash xuruji kuzatilaveradi. U organizmning tana haroratini ko‘tara olmasligidan kelib chiqadi. Bunga nasliy moyil sabab bo‘ladi. 90 foiz hollarda bezarar hisoblanadi.

Shaytonlash xurujlarining oldini olish uchun birinchi navbatda bolani chiniqtirish kerak. Turli kasalliklarning oldini olib, tana haroratining ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Shundagina isitmaning va shaytonlash xurujining oldi olingan bo‘ladi. Bu holat meyorda 5 yoshdan oshgan bolalarda uchramaydi. Agar 5 yoshdan katta bolalarda harorat balandligi hisobiga shaytonlash xurujlari kuzatilsa, bu, albatta, jiddiyroq tashxis sanaladi. Tibbiyotda asoratli fibroz xuruji deyiladi. Unga e’tiborliroq yondashish zarur. Bunda antikonvulsantlarni buyurishga to‘g‘ri keladi.

© Tib.uz

Kasalliklar
Bolalarda isitmalash vaqtida shaytonlash xurujlari