Bolalarda enterobioz to’liq malumot oling
Enterobioz — parazitar kasallik bo‘lib, bu ichaklarni kichik parazitlar bilan zararlanishidan kelib chiqadi.
SABABLARI
Kasallik Enterobius vermicularis (Ostritsa) gijjaning ichakni zararlashi natijasida yuzaga keladi. Kasallik uy-ro’zg’or buyumlari, iflos qo’llar orqali maishiy-kontakt yo’l orqali yuqadi. Shuningdek, infektsiya ifloslangan suv yoki gelmint tuxumlari bilan zararlangan changdan nafas olish yo’li bilan yuqishi mumkin.
BELGILARI
Enterobiozga xos alomatlar:
kuchli qorin og’rig’i;
yuzidagi oq dog‘lar;
tishini g‘ichirlatishi(uyqu paytida)
uyqu buzlishi(kuchli qichishish hisobiga)
ko’ngil aynish;
quruq og’iz;
anus atrofida qichishish (kechasi yomonlashadi);
ishtaha pasayishi;
xotira pasayishi
yolg’on chaqiriq(defekatsiya);
meteorizm;
diareya;
umumiy intoksikatsiya (bosh og’rig’i, bosh aylanishi).
DIAGNOSTIKA
Enterobiozni qanday davolashni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlarni amalga o‘tqazamiz:
umumiy ko‘rik;
najasni tahlil qilish(Parazitlarga);
perianal sohadan olingan sutmani mikroskopik tekshirish.
DAVOLASH
Ko’p odamlar enterobiozni qanday davolash qiziqtiradi. Enterobioz uchun zarur bo’lgan davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi.
terapevtik klizmalar;
anrigelmint preparatlar;
gigiena rejimiga rioya qilish.
Qo’shimcha ravishda quyidagilar buyuriladi:
ferment preparatlari;
polivitaminlar;
antigistaminlar;
immunomodulyatorlar.
Diyeta
Davolash davrida bemorlarga dietadan tashqari 4-sonli parhez stol buyuriladi:
un mahsulotlari, non, xamir ovqatlar;
yog’li go’sht, baliq, parranda go’shti;
konservalar, dudlangan go‘shtlar;
tuxum;
yog’lar (sariyog’dan tashqari);
sabzavotlar;
to’yingan bulyonlar;
rezavorlar, mevalar;
shirinliklar, asal;
kofe, kakao;
gazlangan ichimliklar, kvass;
spirtli ichimliklar.
ASORATLARI
Agar bolalarda enterobioz o’z vaqtida davolanmasa, bu quyidagi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin:
anemiya;
disbakterioz;
gastrit;
gastroduodenit;
enterobiotik endometrit;
enterit;
allergik reaksiyalar;
appenditsit;
proktit;
vulvovaginit(qiz bolalarda)
asab tizimining ishidagi buzilishlar;
perianal sohaning to’qimalarida yallig’lanish jarayonlari.
PROFILAKTIKASI
Kasallikning oldini olish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya-gigiena me’yorlariga rioya qilish;
suv manbalarining holatini kuzatib borish;
kanalizatsiya chiqindilarini zudlik bilan tozalash.
©Doctor Muxtorov
Kasalliklar
Bolalarda enterobioz