Bolalarda dorilarni qoʻllash to’liq malumot oling

Bolalarda dorilarni qoʻllash to’liq malumot oling

Bolalarda dorilarni qoʻllash:

Hozirda gripp va shamollash mavsumi. Hamma ota-onalar bolasi sal yoʻtalsa ham shifokorga yugurishmoqda. Buni kasalxonalardagi uzundan-uzun navbatdan ham bilish mumkin. Men barcha shifokorlarni hurmat qilaman. Ammo, hozirda tanishlarim va kanal aʼzolari tomonidan boʻlayotgan murojaatlarga koʻra deyarli barcha shifokorlar oldi-orqasiga qaramay antibiotiklarni yozib yotishibdi. Eng rivojlangan mamlakatlarga nazar solsak, ular hattoki infeksion kasalliklarda ham yengil formasida antibiotik buyurishmaydi. Faqat umumiy quvvatlovchi dorilar, simptomlarni yoʻqotib umumiy ahvolni yaxshilash uchun dorilar qabul qilishadi xolos.

👨‍👩‍👧‍👦 Mehribon ota-onalar bolangizga antibiotik qoʻllashdan avval jiddiy oʻylab kn qaror qabul qiling. Antibiotik faqat hayotiy koʻrsatma boʻlsagina qoʻllash mumkin. Antibiotiklarning bir qancha yomon tomonlari:

❌ Antibiotiklar jigar orqali qayta ishlanadi. Bu jigar funksiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Antibiotik tarkibidagi kimyoviy moddalar jigar hujayralarini zararlab oʻzi shundoq ham kichkinagina boʻlgan bola jigarini zoʻriqtiradi. Bundan tashqari, jigarda oʻt suyuqligi ishlab chiqariladi. Oʻt suyuqligi ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Jigar faoliyati susaygach, oʻt suyuqligi ishlab chiqarish bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Keyin ota-onalar bolamni ichi nega yaxshimas, ichi qotadi deb yuradi.

❌ Antibiotik faqat kasallik chaqiruvchi bakteriyalarga emas, balki ichak normal mikroflorasidagi bakteriyalarni ham oʻldiradi. Shu sababli, ichakda ham bir qator muammolar, jumladan yana ich qotishi yoki aksincha, ich ketishi kabi holatlar yuzaga keladi.

❌ Antibiotik bu juda nozik dori. Uni qoʻllashdan avval bakterial surtma olib ularning sezgirligini baholash kerak. Undan soʻng, mos antibiotikni bola yoki katta odam tana massasiga qarab dozalash kerak. Men hali shu paytgacha antibiotikni shu tartibda tayinlagan shifokorni koʻrmadim (agar shunday shifokorlar boʻlsa, tasanno).

❌ Antibiotik shunday narsaki, uni bir martalik kursini olgach, keyingi safar undan kuchsiz yoki past dozalisi endi organizmga taʼsir qilmay qoladi. Sababi, bakteriyalar ham tirik organizm. Ular ham yashash uchun kurashadi. Avval qoʻllangan antibiotikni eslab qolishadi va unga turgʻunligi oshadi. Shu sababli, siz keyingi safar avvalgidan koʻra kuchli va koʻp dozali antibiotik olishga majbur boʻlasiz.

Shifokorlar koʻpincha antibiotik yozishlarini sababi esa, yosh bolada oddiy tomoq infeksiyasi ham tezda oʻpkaga oʻtib ketib pnevmoniya chaqirish xavfi yuqori. Ammo, baribir darhol antibiotik qoʻllashga qarshiman.

Bolaga yaxshi parvarish boʻlsa har qanday kasallikni antibiotiksiz davolash mumkin. Bu haqida keyingi postlarimda.

( Iramox ham antibiotik. Bolangizda isitma boʻlmasa qoʻllamaganingiz maʼqul.)

Dorixona
Bolalarda dorilarni qoʻllash