Bolalar uchun taom to’liq malumot oling
Bolalar uchun taom qanday tayyorlanadi?
Har bir ona o’z farzandi uchun taomni qanday to’g’ri tayyorlash, uni qanday to’g’ri saqlash va isitishni juda yaxshi bilishi kerak. Bolaning kelajakdagi hayoti ham uning qanday ovqatlanishiga bog’liq. Bolalikdagi to’g’ri va sog’lom tanovul butun umr sog’lom hayot asosini ta’minlaydi. Shu bilan birga, bola nimani tanovul qilayotgani emas, balki taom qanday tayyorlangani ham juda muhim. Bolalar taomini tayyorlashda, saqlashda va isitishda o’ziga xos bir nechta talablar mavjud. Bolalar uchun taom tayyorlashdagi eng qat’iy talablar 3 yoshgacha.
Eng avvalo gigiena!
Kichkintoy uchun taom tayyorlanadigan xona va taom tayyorlayotgan odam qo’llari tozaligi — taom tayyorlashning majburiy shartlaridan biridir. Bundan tashqari, bolaga tegishli alohida kastryulka, qoshiq, likopcha va kosacha bo’lishi kerak. G’oyatda kichkintoy bolajonlarni ovqatlantirishdan avval esa idishlarni qaynoq suv bilan chayib yuborish lozim. Bularning barchasi bola taomiga zararli mikroblar tushishining oldini oladi.
Bolalar uchun taom qanday tayyorlanadi?
Ehtiyot bo’ling- «kattalar» taomi!
3 yoshgacha bo’lgan bolalarning ovqatlanish ratsioni kattalarnikidan ancha farq qiladi. Ammo 3 yoshdan so’ng ham ba’zi «kattalar» mahsulotlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur. Bolalarga achchiq, o’tkir ta’mli, qovurilgan, yog’li taomlarni, shuningdek dudlangan, tarkibida ko’p miqdorda qo’shimchalar va sintetik yog’lari bo’lgan mahsulotlarni cheklash darkor. Ayniqsa, sutli mahsulotlarni tanlashda judayam ehtiyotkor bo’lish lozim. Eng jajji bolajonlar uchun mahsus aseptik jildli «Tetra Pak» sutlarini tanlash kerak.
Bolalar taomini tayyorlash usullari.
Kichkintoy odamchaning oshqozon-ichak trakti «og’ir» taomlarni hazm qilishga hali tayyor emas. Shu sababli kattalar uchun taom tayyorlaydigan ko’pgina usullar bolalarga to’g’ri kelmaydi.
Bolalarga taom tayyorlash usullari:
Qaynatma
Dimlama
Toblama
Taomni bug’da tayyorlash
Bolalarga taom tayyorlashning eng to’g’ri va «vitamin saqlovchi» usuli — bu bug’da tayyorlash usulidir. Mazkur usuldan foydalanib, sabzavot kotlet, tefteli, baliq, quymoq va toblamalarni tayyorlash mumkin. Buning uchun suv solingan kostryulkaga qo’yilgan qasqon yoki oddiy suzgichdan foydalanish mumkin.
Qovurilgan taomlarni bolalar taomnomasiga asta-sekinlik bilan kiritgan ma’qul. Mahsulot qovurilganda undagi ko’pgina foydali moddalar parchalanadi va organizmga salbiy ta’sir ko’rsatib, uni kasallikka olib keluvchi zararli birikmalar paydo bo’ladi. Pediatorning ta’kidlashicha, 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga qovurilgan taomlar cheklangani ma’qul.
Bolalar uchun mahsulotlarni qanday saqlash mumkin?
Bolalarni yangi tayorlangan taomlar bilan ovqatlantirgan maqul. Ammo bazida doim yangi taom tayorlashga imkoniyat bo’lmaydi va shu sababli bir necha portsiyani birdaniga tayorlashga to’g’ri keladi. Bolalar mahsulotlarini sovutgichda saqlash kerak.
2-6 gradusda quyidagi mahsulotlarni saqlash mumkin:
Go’shtli taomlar 1 kungacha saqlanadi
Sabzavotli taomlar 2 kungacha saqlanadi
Bo’tqalar ham 2 kungacha
Jildi ochilgan sut va sharbatlar kum davomida istemol qilinishi kerak.
Taomni hom mahsulotlar yonida saqlash mumkin emas. Bolalar taomlari alyumin idishlarda saqlanmasligi lozim, yaxshisi uni sirli yoki chinni ichishda saqlaan ma’qul.
Taom isitilishi.
Bolaning taomini sovutgichdan olib, so’ng birinchi narsa — bu taomni nechi daraja haroratda isitishdir. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda 36-37darajagacha isitilishi kerak. Bu bola kunikgan ko’krak suti haroratidir. Isitilgan taomdan bir tomchisini qo’l kaftiga tomizish kerak, kerakli haroratdagi taom deyarli qo’lda sezilmaydi.
1yoshdan 3yoshgacha — haroratli isitish rejimining chegaralari 20 gradus dan 45-50gradusgacha kengayadi.
3 yoshdan kattalarga bolalar harorati 12-60 gradusgacha bo’lgan taomlarni istemol qilishlari mumkin.
Isitish usullari turlicha bo’lichi mumkin.
Issiq suv. suyuq va yarim tayyor taomlarni mahkam yopiq qopqoq ostigagi issiq oqib turgan suv ostida, shuningdek bir hil isitish uchun silkillatib isitish mumkin. Tvarog va go’shtli piroglarni keng krujka yoki idishlarda isitich mumkin. Buning uchun ichiga qaynoq suv quyulgan yana bir kattaroq kastryulka kerak bo’ladi. Kastryulka ichiga ovqat solingan idish joylashtirilib, qoshiq bilan aralashtirib turiladi.
Gaz yoki elektr plita. Suyuq taom mos keluvchi istalgan idishda isitiladi. Idish devorlarida vitamin va foydali moddalarning parchalanishini kamaytirish uchun aralashtirib turuladi. Dimlangan ovqatlar qalin, qopqoqli idhishda isitiladi. Yaxshisi gaz pechidan foydalanmagan ma’qul. Bolalar taomlarini suv bug’ida ham isitish mumkin.
Tovada yog’ solib isitilgan taomlar bolalarga tavsiya etilmaydi. Zero, shu usulda isitilgan taom tagi biroz qizaradi va bu jigar faoliyatiga salbiy tasir kursatuvchi moddalar va kanserogenlar yuzaga keladi.
Mikroto’nqinli pechda ham portsiyali taomlarni isitish mumkin, lekin unda ovqat bir hilda isimaydi. Shu sababli bolaga taom berishdan avval uni yaxshilab aralashtirib, haroratni tekshirish lozim.
Ba’zilarga ushbu maslahatlat o’ta maydadek tuyular, ba’zilar hatto 7 yoshli bolani ham go’dakdek parvarishlaydi. To’gri fikirlashni unutmang, biroq ushbu maslahatlar — kuzatilgan bolalar salomatligining ko’pyilligi natijasi ekanlagini yodda tuting! Farzandingiz sog’lom o’sishi uchun yuqoridagi tavsiyalarga amal qiling! Ana shunda uning hayoti yanada nurafshon bo’ladi.
Pazanda
Bolalar uchun taom