Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi

Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi

Tibbiy poyabzaldan tashqari, ishlab chiqarilgan va kundalik oyoq kiyimlarda ham ortopedik tagliklar mavjud. Bu kabi ortopedik tagliklar oyoqning tag qismi uchun qulay tarzda moslashtiriladi. Ularni vazifasi tuzatish emas, balki to‘g‘ri harakatga o‘rgatishdir. Elastik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlagan holda, ichki tagliklar muvozanatni saqlashga, mushaklarni mashq qilishga va yurishning fiziologik uslubini rivojlantirishga yordam beradi.

Botinka va etiklar ayollar uchun

Har bir zamonaviy erkak uchun ayollar kabi sifatli va ixcham poyabzalni tanlash kun tartibidagi masaladir. Chiroyli etik yoki botinkalar sizni nafaqat sovuqdan himoya qilishga, balki ko‘rinishingizga o‘ziga xos uslub bag‘ishlashga qodir.

Biroq ko‘pincha tanlovni amalga oshirish juda ham qiyin, o‘zingiz uchun bir nechta kuz va qish fasllariga bardosh beruvchi sifatli poyabzal tanlagingiz keladi. Birdan sovuq tushdi-yu, siz bu sovuqqa mutlaqo tayyor emasligingiz ma’lum bo‘lib qoldi.

Allso.uz do‘konida taqdim etilgan etik yoki botinkalar ushbu muammoning ajoyib yechimi hisoblanadi! Ob-havo sharoitini inobatga olib, o‘zingiz uchun bir necha mavsumga xizmat qilishga qodir bo‘lgan sifatli hamda ixcham poyabzal mahsulotlarini tanlang. Maqbul narxlarda mavsumlar oralig‘i uchun yengil va qahraton qish uchun qalin poyabzallar xarid qiling.

Keng tanlov tufayli siz aynan o‘zingizga yoqqan oyoq kiyimi modelini tanlashingiz va topishingiz mumkin. Har bir model fotosuratlari bilan taqdim etilgan bo‘lib, u yerda siz uni batafsil tomosha qilish imkoniyatiga egasiz. So‘ngra o‘zingizga yoqqan modelga buyurtma berishingiz va o‘zingiz uchun mahsulotni qabul qilib olishning qulay usulini tanlashingiz mumkin.

Allso.uz da taqdim etilgan erkaklar etiklari yoki botinkalari bilan hech qanday sovuq qo‘rqinchli emas!

Mahsulotlar

Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi?

Bolalar uchun to‘g‘ri ortopedik poyabzalni qanday tanlash kerak – ota-onalar tomonidan eng ko‘p beriladigan savoldir. Mutaxassislarning fikricha, bu tibbiy tashxis qo‘yilgandan so‘ng amalga oshirilishi kerak.

Mushak-skelet tizimidagi muammolarning oldini olishda asosiy narsa − bu harakatdir. Bolalar mushak va bo‘g‘imlarni mashq qiladi, bu esa oyoqning sog‘lom rivojlanishiga imkon beradi. Aslida bolalar oyog‘ida muammo to‘liq yurish jarayoni boshlanmaguncha bilinmaydi. Oyoq suyaklarining to‘g‘ri shakllanishi ortopedik modellar bilan emas, balki yaxshi rivojlangan mushak va bo‘g‘imlar bilan ta’minlanadi.

Ortopedik poyabzal zarar yetkazishi mumkinmi?

Shifokor ko‘rsatmasisiz tuzatuvchi sandal yoki poyabzal sotib olish tasodifiy dorilarni qabul qilishga o‘xshaydi. Bundan tashqari, bu kabi profilaktik poyabzallarning hammasi ham shifokorlar tomonidan tasdiqlanmagan. Tayanch harakat tizimining kasalligi – yassioyoqlik deb ataladi. Bunda tovon suyaklari gumbazining yassilanishi kuzatiladi. Natijada tayanch-harakat tizimi faoliyati buziladi.

Agar ota-onalar oddiy do‘kondan ortopedik poyabzal sotib olsa nima bo‘ladi? Bu masalada faqatgina oyoqlar sog‘lomligi emas, balki marketing hiyla-nayranglari ham mavjud. Shuningdek, bu kabi poyabzallar asossiz ravishda yuqori narxga ega. Ammo mutaxassislar nuqtayi nazarida shartli ravishda oyoqlarni to‘g‘ri holatga keltirish uchun mo‘ljallangan poyabzal juda qattiq hisoblanadi.

Belgilari, sabablari, xavfli tomonlari

Oyoq panjasining asosiy vazifasi tanadan tushgan og‘irlikni teng miqdorda taqsimlashdir. U xuddi “prujina” singari harakatda bo‘lishi kerak. Yassioyoqlikda esa bu yuk tizza, bo‘ksa va belga yuklama tushiradi. Harakat qilmasdan turib charchash, bosh og‘rig‘i – bu aynan to‘g‘ri taqsimlanmagan yukning oqibatidir.

Yuqorida aytilganidek, oyoq gumbazini qo‘llab-quvvatlovchi mushaklarning kuchsizligi, onalar juda qo‘rqadigan yassi oyoqlarga sabab bo‘lishi mumkin.

  • Oyoqlarning tug‘ma, qo‘pol deformatsiyasi;
  • Nevrologik patologiyalar;
  • Operatsiyadan keyingi davr, ortopedik patologiyalarni tuzatish, oyoqning harakatchanligini cheklashni talab qiladi.

Agar bolaning oyoqlari egri bo‘lsa

Ba’zi pediatrlar valgus deformatsiyasi uchun ortopedik poyabzal kiyishni maslahat beradi. Haqiqatan ham muammo bor yoki yo‘qligini aniqlash juda muhim sanaladi va buni faqatgina mutaxassis aniqlashi kerak. Ikki oyoqda harakatlanish boshlanishi bilan uch yarim yilgacha ko‘plab sog‘lom bolalar oyoq valgusiga ega bo‘ladi.

Kichkina bemorlarni ilk qadamidan boshlab shifokor-ortoped yoki podiatrist kuzatishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har ikki yilda bir marta, maktab o‘quvchilarini esa yiliga bir marta ko‘rikdan o‘tishi kerak. Ammo bola oyoq og‘rig‘idan shikoyat qilsa yoki harakatlanishida muammolar bo‘lsa, podiatristga tashrifni ortga qoldirmaslik yaxshiroq. U kerakli sinovlarni maxsus moslama – podoskopda o‘tkazadi. Agar kerak bo‘lsa, davolash ishlarini boshlaydi.

Tibbiy poyabzaldan tashqari, ishlab chiqarilgan va kundalik oyoq kiyimlarda ham ortopedik tagliklar mavjud. Bu kabi ortopedik tagliklar oyoqning tag qismi uchun qulay tarzda moslashtiriladi. Ularni vazifasi tuzatish emas, balki to‘g‘ri harakatga o‘rgatishdir. Elastik qo‘llab-quvvatlashni ta’minlagan holda, ichki tagliklar muvozanatni saqlashga, mushaklarni mashq qilishga va yurishning fiziologik uslubini rivojlantirishga yordam beradi.

Avvalo, bolalar oyoqlari erkin harakatlanishga muhtoj. Poyabzal asosan sovuqdan va jarohatdan himoya qilish kerak, ammo shu bilan birga o‘sayotgan oyoqlarning fiziologiyasi va mehanikasini bezovta qilmasligi kerak.

  • Orqa qismi chidamli;
  • Poyabzal uchi va tovon qismi egiluvchan;
  • Tovon va orqa qismi qalin;
  • Yetarlicha keng;
  • Oyoqqa yaxshi mahkamlanadigan.
  • “Gadjetlar asri” bolalari nega harakatli o‘yinlarni o‘ynamay qo‘ydi va bu qanchalik xavfli?
  • Bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni qanday shakllantirish mumkin?
  • Do‘konlarda sotiladigan tayyor pyurening bolalarga 3 ta zarari
  • Har bir zamonaviy ona bilishi kerak bo‘lgan shifokor Komarovskiyning 10 ta oltin qoidasi

Ortopedik poyabzallar yassioyoqlikni davolashga yordam beradimi?

Ma’lumotlarga qaraganda 65 foizdan ortiq bolalar maktab yoshigacha yassioyoqlikka uchraydi. Shu sabab bo‘lsa kerak so‘nggi paytlarda ota-onalar tomonidan farzandi uchun ortopedik poyabzal xarid qilish, aytish joiz bo‘lsa “urf”ga aylanib ulgurgan. Yassioyoqlik o‘zi nima? Xo‘sh, bu kabi maxsus oyoq kiyimga qachon va qanday sabab bo‘lganda ehtiyoj tug‘iladi?

Yassioyoqlik – tayanch – harakat tizimining kasalligi. Bunda tovon suyaklari gumbazining yassilanishi kuzatiladi. Tayanch-harakat tizimi faoliyati buziladi.

Oyoq panjasining asosiy vazifasi tanadan tushgan og‘irlikni teng miqdorda taqsimlashdir. U xuddi “prujina” singari harakatda bo‘lishi kerak. Yassioyoqlikda esa bu yuk tizza, bo‘ksa va belga yuklama tushiradi. Harakat qilmasdan turib charchash, bosh og‘rig‘i – bu aynan to‘g‘ri taqsimlanmagan yukning oqibatidir.

Oyoqning tez charchashi, tovonda simillovchi og‘riqlar, oyoq kiyim tanlashdagi qiyinchiliklar, tovon shishi, katta barmoq sohasidagi terining qalinlashishi va dag‘allashishi yassitovonlikning erta belgilari sanaladi.

Yassitovonlikning tug‘ma va orttirilgan turi kuzatiladi. Bolalarda 5 yoshgacha suyak shaklida o‘zgarishlar ro‘y beradi. To‘qimalar juda cho‘ziluvchan bo‘ladi. Natijada esa yuklama yoki vazn og‘irligi tushganda oyoq-panja gumbazi balandligi o‘zgaradi. Endigina yurishni boshlagan bolajonlar oyoqlarini keng tashlab, tovonini ichki tomonga bosib yurishadi.

Aksariyat ota-onalar “3-6 yoshli bolalarda yassitovonlikning uchrashi normal holat” yoki “bu yoshdagi bolalar ushbu xastalik bilan og‘rimaydi” deb o‘ylashadi. Bu umuman noto‘g‘ri. Aksincha, aynan shu yoshdan bu xastalikni davolash ancha samaralidir. 10 yoshdan keyin davo samarasi 10 foizga ham yetmaydi. Ushbu kasallikning eng yomon tomoni shundaki, oyoq panjasida og‘riq va deformatsiya (nuqson) kuzatilmaydi. Bolaning butun tayanch-harakat faoliyati buziladi. Kichkintoylarni 5 yoshgacha bu xastalikdan davolash orqali ularni umurtqa pog‘onasining qiyshayishidan asrab qolish mumkin.

Buning uchun bola ko‘proq issiq kunlarda yerda, asfaltda va maysa ustlarida yalangoyoq yurishi kerak. Farzandingiz uchun tanlangan oyoq kiyimining ostki qismi qalin, tagi yumshoq, poshnasi 1–1,5 santimetr bo‘lishi lozim. Uning ichki choklari minimal bo‘lishi, tabiiy matodan tayyorlanishi va uning dastagi baland bo‘lib, oyoqni mahkam ushlashi kerak. Oyoq kiyim 0,5-1 sm kattaroq bo‘lishi, oyoqning o‘sishini hisobga olgan holda poyabzalni almashtirib borishni nazorat qilish zarur. Bunday paytlarda maxsus ortopedik oyoq kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolangiz uchun mos oyoq kiyim tanlay olasizmi

Bola yurganida tez-tez charchab qolsa, kechga yaqin oyoqlarida og‘riq yuzaga keladi. Tik turgan holatida bolakayning tovoni ichkari yoki tashqariga qiyshayishi kuzatilsa zudlik bilan ortoped – shifokorga murojaat qiling. Unutmang, tovon 5 yoshgacha batamom shakllangani uchun uning buzilishlari qancha erta aniqlansa, muammoni yechimi shuncha osonlik bilan kechadi. Yassioyoqlik – bu kasallik bo‘lib, davolanmagan holda og‘ir asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.

© Xurshida HUSЕNOVA
«Sog‘lom avlod» gazetasi.
Soglom.uz

Qiziqarli malumotlar
Bolalar uchun ortopedik poyabzal: qanday tanlash kerak va uning foydasi bormi