Bolalar uchun kitob rasmini chizish

Bolalar uchun kitob rasmini chizish

216 416 просмотров

Bolalar uchun kitob rasmini chizish

Mundarija скрыть
Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko’z ayiqcha», «Ayyor tulki va kulrang bo’ri», «Mushuk, xo’roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va aniq masalada bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni», «8-mart – onalar bayrami», «21- mart – Navro’z bayrami». Katta guruhda o’tkaziladigan rasm mashg’ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o’lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko’radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko’rsatishi kerak va bo’yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg’ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo’yoq berib, ma’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo’ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.

Поиск видео Найти

Топ недели

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

232 348 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

780 484 просмотра

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

67 155 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

624 298 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

461 099 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

213 716 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

203 865 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

216 416 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

200 486 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

677 204 просмотра

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

531 270 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

398 593 просмотра

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

166 097 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

169 724 просмотра

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

385 597 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

563 209 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

483 231 просмотр

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

229 364 просмотра

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

119 030 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

117 814 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

109 666 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

136 653 просмотра

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

223 469 просмотров

Мы больше не будем рекомендовать вам подобный контент.

199 933 просмотра

Левая колонка

Следующее видео

Picture Perfect Mysteries: Recién casado y muerto(subtitulos.

1 614 просмотров

Daniela Acuña

Похожие видео

классташтарым учун)))))))))ойуңуздарды коментарийге жазынызд.

123 813 просмотров

Эргешова Мира

piyodalar uchun mo‘ljallangan ko‘chada “İnkılap Sokak”

346 994 просмотра

ДЖ НУРЕ УЗБЕК САМАРКАНД

bolalar bog‘chasida “Детский сад №65”

7 957 просмотров

ĶŘÜŤØÝ PÃŔĘÑ

bolalar bog‘chasida “Детский сад 2692”

15 232 просмотра

зоха Пирназаров

PICTURE – HEAVY METAL EARS 1981

5 357 просмотров

HARD ROCK AUTO, MOTO OF SAPIENTI SAT GIF

FIRIBGARLIKLARI OSHKOR BO`LDI ¦ BOLALAR UCHUN HIKOYALAR

3 916 просмотров

Picture 006

411 просмотров

bolalar bog‘chasida “Детский сад”

6 098 просмотров

Величайший детектив-паук | Уже в кино

624 298 просмотров

Концерт лауреатов национальной музыкальной премии «Золотой г.

385 597 просмотров

Телеканал «Санкт-Петербург»

У этих ребят сложные отношения!)

25 032 просмотра

Музыка Клипы и Хорошее Настроение

Шикарный рецепт Картофеля в сметанном кляре

203 865 просмотров

Вкусно и Просто!

Ани Лорак — Рядом, но не вместе (Премьера клипа, 2023)

501 911 просмотров

Гуцериев Медиа

На солнце, вдоль рядов кукурузы | Трейлер | В кино с 16 март.

461 099 просмотров

Централ Партнершип

МОДА ДЛЯ ЖЕНЩИН ЗА 50+ | ОШИБКИ СТИЛЯ И СОВЕТЫ | КАК БЫТЬ СТ.

398 593 просмотра

Президент РФ открыл Год педагога и наставника.

169 724 просмотра

Национальный Лидер

YouTube и его пагубное влияние на детей

200 486 просмотров

Стрим Народного фронта // 5 марта 2023

216 416 просмотров

Народный Фронт

Милее этого вы сегодня точно ничего не увидите!

109 666 просмотров

Музыка Клипы и Хорошее Настроение

Полезные идеи для украшения своего сада и дачи

483 231 просмотр

БЕРЕГ МЕЧТЫ.

Сколько нежности.

229 364 просмотра

Музыка Клипы и Хорошее Настроение

Рахманинов | Николай Алексеев Николай Луганский | Трансляция.

168 004 просмотра

Петербургская филармония им. Шостаковича

Новая песня Шамана ” Моя Россия”(в клипе снята его семья)

Maktabgacha ta’lim muassasasida rasm chizishga o’rgatish

Maktabgacha ta’lim muassasasida rasm chizishga o’rgatish

  • Rasm chizish bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatishda asosiy o’rin egallaydi va uchta turni o’z ichiga oladi:
  • Alohida predmetlarni chizish.
  • Mazmunli rasm chizish.
  • Dekorativ rasm chizish.
  • Tasviriy faoliyatga o’rgatishning asosiy vazifasi – tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuv-chanlikni rivojlantirmoq, estetik go’zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab berish usullarini o’rgatmoqdir. Shu bilan birga, tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallar bilan bolalarda turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy faoliyatini shakllantirish amalga oshiriladi.

Alohida predmetlarning rasmini chizish

  • Alohida predmetlarning rasmini chizish
  • Psixologlarning qilgantadqiqotlariga ko’ra, bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishga, predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. Shakllarning tasviriy jarayonidagi xatoliklar faqatgina bolaning noto’g’ri tushunchalari va ko’nikmalarning yetarli emasligi emas, balki predmetni to’g’ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib, tasvirlash kabi qiyinchiliklar ham turadi. Rasmda shakl to’g’ri kontur bilan chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga, ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to’g’ri, aniq chizish va konturlarning (aniqlash) tasviri, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bo’lib hisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bo’lsa, konturni to’g’ri chiziq bilan chizib bo’lmaydi, chunki u har doim o’zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o’zgaradi, ya’ni natijasi, rasmning pxiri, yo’nalishi ham o’zgaruvchandir.
  • Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog’ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. Oldin bitta bo’lagini tanlab, naturadagi keyingi bo’lagini eslab yoki ko’rib, shu bo’lagini bo’laklarga bo’lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini qog’ozga tushirib chizishni o’rgatish zarur, chunki rasmni bo’laklarga ajratib chizishning o’ziga xos qiyinchiligi bor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo’laklari va ikkinchi darajali bo’laklarning o’zaro joylashishlari va fazodagi o’rinlarini aniq proportsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo’ladi. Hamma yosh guruhlar uchun rasm chizish faoliyatiga o’rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar:

1.Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o’zaro roportsiyalashni ko’rsatib berishga, harakat natijasida ulardagi o’zgartishlarga o’rgatish.

  • 1.Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o’zaro roportsiyalashni ko’rsatib berishga, harakat natijasida ulardagi o’zgartishlarga o’rgatish.
  • 2.Tasvirini obrazli, yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli detallarni tasvirlashga o’rgatish.
  • 3.Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o’zaro birlashtirib berishga o’rgatish.
  • 4.Bo’yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko’nikmalarni rivojlantirish.

Mazmunli rasm chizish.

  • Mazmunli rasm chizish.
  • Mazmunli rasm chizishning asosiy maqsadi bolaning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini ifodalashga o’rgatishdir. Mazmunli rasm – bu bir necha mazmunning ma’lum rangda tasvirlanishi. Bolalar qaysi mazmun bo’yicha rasm chizadilar? Bolalar kichik hikoya, ertak asosida va bolalarni o’rab turgan tevarak-atrofni, tabiatni chizishga harakat qiladilar. Masalan, «Biz shanbalikda» va «Kech kuz» rasmlari bunga misol bo’la oladi. Bolalar bilan olib boriladigan bunday mashg’ulotlar ularning har tomonlama kamol topishiga yordam beradi. Bunda bolalarning aqliy qobiliyati rivojlanadi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan ro’y beradi, shuning uchun mazmunli rasm chizish o’rta guruhdan boshlab kiritilgan. Bunda ham yonma-yon turgan 2-3 ta predmetning tasviri o’rgatiladi. Mazmunli tasvirda predmetlarning bir-biridan ajratish uchun uning o’lchamini, fazodagi o’rinlariga qarab, predmetlarning katta yoki kichikligini o’rgatish kerak. Maktabgacha yoshdagi bola uchun predmetlar orasidagi fazoviy munosabatlarni farqlay olish juda qiyin. Mazmunli rasm chizishni, bog’chada o’rgatishning umumiy vazifalari quyidagjJar:
  • Mavzuning mazmunini ifodalashga uning asosini ajratishga o’rgatish. Obyektlar orasidagi o’zaro aloqani tasvirlashga o’rgatish. Obyektlar orasidagi proportsional joylashuvni tasvirlashga va ularning fazodagi o’rinlarini ko’rsatishga o’rgatish.

Dekorativ rasm chizish.

  • Dekorativ rasm chizish.
  • Dekorativ rasm chizish tasviriy faoliyatning boshqa turlari kabi bolada estetik tuyg’uni rivojlantiradi. Bolalarni xalq amaliy san’ati namunalari bilan tanishtirishda tarbiyachi ularda vatanparvarlik ruhini shu san’at asarlarini yaratayotgan odamlarning mehnatiga hurmat kabi tuyg’ularni tarbiyalash kerak.
  • Dekorativ rasm chizish quyidagi umumiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
  • Bolalarda naqshning turlicha shakllari bilan bog’liq holda kompozitsion hisni shakllantirish.
  • Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
  • Xalq amaliy san’atining turlarini, usullarini farqlashga va ularning alohida elementlaridan bolalarning o’z ijodida foydalanishga o’rgatish.
  • Qalam va mo’yqalam bilan chizishning texnik ko’nikmalarini mustahkamlash.
  • Bolalarni dekorativ rasm chizishga o’rgatishda tarbiyachi ularda naqsh komponentlarining o’zaro bog’liqligini, rangini, kompozitsiyasini shakl elementini ko’rishga o’rgatadi. Dekorativ rasm chizishda rang qobiliyatining rivojlanishi asosiy masala bo’lib hisoblanadi.
  • Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalar guruhida rasm chizish malakasining hosil bo’lishi va rivojlanishi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida rasm chizishga o’rgatish 2 yoshdan boshlanadi. Bu davr bolalarni- tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog’oz ustida yuritishga o’rganadi. Lekin bu jarayonda rivojlanmaydi, bola qalamni to’g’ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta-sekin uni qalamni to’g’ri ushlashga odatlantiradi, bunda bolani bajarayotganligi emas, balki qalamning harakati, uning uchi bilan qog’oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to’g’ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog’oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta-sekin murakkablashadi. Bu vaqtda bola qog’oz ustiga tushirilgan turli xil izlarni ko’rib, xursand bo’ladi. Shuning uchun bu davr «Ala-buji» davr deyiladi. Bu davr bolada tasviriy faoliyatini vujudga keltirishga ta’sir ko’rsatadi. Bu guruhda maktabgacha ta’lim-tarbiya dasturi guruhli mashg’ulotlarni talab qilmasa-da, agar bolalar xohlashsa, ularni stol atrofiga o’tirg’izib, rasm chizdirishga imkon yaratish mumkin.

1. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma’nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).

  • 1. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma’nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
  • 2. Bu davrga kelib, nutqi o’sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o’rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarning turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o’xshatishga o’rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding, deb bolaning chizgan ishini qaysi predmetga o’xshashligini aniqlaydigan ko’plab savollar beradi. Bolaning harakati ixtiyorsiz bo’ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o’z harakati natijasida hosil bo’lgan ishida predmet o’rtasidagi o’xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatning o’sishi o’z-o’zidan nutqining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ular tarbiyachi ko’rsatgan ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan, yomg’ir yog’yapti, qor yog’yapti, barglar uchyapti, daryoda suv oqmoqda kabi. 3-yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib, uni predmetga o’xshatadi. Masalan, uncha katta bo’lmagan qog’oz betiga qizil bo’yoqda bo’lib, «men gul soldim» deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan, sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko’k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o’rgatiladi. «Quyosh», «Ko’m-ko’k o’tlar», «Gullar» kabi. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg’ulotdan keyin bo’yoqdan foydalanib bo’yaydi, undan foydalanishni o’rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo’yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan, «Daraxtlardan barglar to’kilyapti, «Uyda chiroqlar yoqildi».

Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetning oddiy tasviriga o’rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo’l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg’ulot uyushtirilib, ular mo’yqalam qo’yib-olish, qo’g’irchoqning ko’ylagini yoki dastro’molcha va qo’lqopni dog’lar bilan bezashga o’rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o’rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.

  • Yilning 2-yarmiga tarbiyachi bolalarni predmetning oddiy tasviriga o’rgatadi. Tarbiyachi shar chizadi, koptok chizadi, bolalar esa yo’l chizadi. Yilning 2-yarmiga borib, bolalar bilan mashg’ulot uyushtirilib, ular mo’yqalam qo’yib-olish, qo’g’irchoqning ko’ylagini yoki dastro’molcha va qo’lqopni dog’lar bilan bezashga o’rgatiladi. Bu yoshdagi bolalarni tasvirlashga o’rgatishda tarbiyachi turli xil usullardan foydalanadi.
  • Sifatli o’rgatish uchun usullardan biri, passiv harakatlar usuli, ya’ni bola o’zi mustaqil harakat qiladi. Tarbiyachi bola qo’liga qalam berib, chizish harakatlarini bajartiradi yoki o’yin o’tkazadi. Bolalar qo’l harakatining koordinatsiyasini rivojlantirib borib, tarbiyachi qog’oz betida bir xildagi ritmik harakatlarni bajaradi, o’ngga-chapga keyin asta-sekin murakkab harakatlarni bajarishga o’rgatadi. Masalan, ip o’rami yoki tutun chiqyapti va boshqalar.
  • Tarbiyachining badiiy so’zdan foydalanishi, bolalarga tasvirlanayotgan narsaning obrazli tasavvur etishga yordam beradi. Masalan, quyosh to’g’risida shunday she’r va ashulalardan foydalanish usuli muhim usullardan hisoblanadi. 1-kichik guruhda tarbiyachi bolalar bilan hamjihatlik keng qo’llaniladi. Tarbiyachi katta qog’oz betida archani chizadi, bolalar esa chiroqlar yoqadi (mo’yqalamni qog’ozga tikka qo’yish usuli bilan). Bunday mashg’ulotlarni tarbiyachi 5-6 ta bolalar guruhi bilan uyushtirishi mumkin. 2,5 yoshdagi bolalar bilan tip mashg’ulotlar uyushtirish mumkin. Masalan, bolalarga rasmlar berib, unda nimalar tasvirlanganligini aytib berish kabi o’yinlar o’tkazish mumkin. Masalan, quyosh, bayroqcha, gullar tasvirlangan bo’lishi mumkin. Bolalar ularni aytib beradi, qiynalgan bolaga tarbiyachi yordam beradi. Tarbiyachi bolalar ishini tahlil qilib ularning ishlarining xilma-xilligi va predmet bilan tasvir o’rtasidagi o’xshashlikni ko’rsatib beradi.

Birinchi kichik guruhda o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • Birinchi kichik guruhda o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
  • Ikki yoshli bola qalam, mo’yqalamni to’g’ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo’q, qo’l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta’sir qilish bilan bog’liqdir. Birinchi kichik guruhda o’rgatishning vazifalari quyidagilar:
  • Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg’otish.
  • Rasm chizish materiallari – «qalam, bo’yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.
  • Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o’rgatish.
  • To’g’ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o’rgatish.
  • Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg’uloti qog’oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o’yinchoqlardan bolalarga ma’lum bo’lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog’oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo’ldi. Qalamning ochilgan uchi qog’ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog’ozda uning izlari ko’rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog’oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko’rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg’otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko’nikmalarni qalam, mo’yqalamni to’g’ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo’yoqni mo’yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o’rgatishni dastur o’z ichiga olgan.

Ikkinchi guruhda o’rgatishning mazmun va vazifalari.

  • Ikkinchi guruhda o’rgatishning mazmun va vazifalari.
  • Hayotining 4-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma’nosini tushuna boshlaydilar. Ular o’zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o’xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o’xshash belgilarini topishga urunishni rag’batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to’g’ri tasvirlashga o’rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o’rgatish vazifalari bir rejaga qo’yilgan.
  • Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to’g’ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o’rgatish.
  • Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish;
  • Kompozitsion ko’nikmalarni, qog’ozning o’rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.
  • Texnik ko’nikmalarni o’zlashtirish.
  • Bu guruhda to’g’ri va egri chiziqlarni to’g’ri chizishga o’rgatish birinchi vazifa bo’lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha – chapdan o’ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o’rgatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo’lakcha, qalam, yomg’ir shaklida chizish mumkin. Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakldan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakldan iborat (quyi bitta aylana va birgina to’g’ri chiziqdan iborat) bo’lgan predmetlarni chizish ancha qiyin, chunki uch yoshli bolaning tahlil (sintez) qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo’lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiritilgan. Shakl qanchalik murakkablashsa, rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarning tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o’rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang quyosh, yashil rang archa va boshqalar.

O’rta guruhda rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • O’rta guruhda rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
  • Bu guruhda o’rgatishning vazifalari quyidagilar:
  • To’g’ri to’rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarning tasviri ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o’rgatish.
  • Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o’rgatish.
  • Qog’oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvni bilishni rivojlantirish.
  • Rasmni qalam va bo’yoq bilan bo’yashda texnik ko’nikmalarni mustahkamlash.
  • Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmet qismlarining tasviri (yuqorida, pastda, bir tomonda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proportsional joylashgan qismlarning tasviri o’rgatiladi. Bu alohida qismlarni o’zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama joylashgan novdalari bilan. Bu guruhda tasviri qiyin bo’lgan obyektni, ya’ni odamning rasmini chizish mashg’ulotlarga kiritiladi. Odam rasmini chizishdan oldin bolalar soddaroq shakllarni, ya’ni qorbobo nevolyashka, matreshka, qo’g’irchoqlarni chizishga o’rgatilgan edi.
  • Katta guruhda rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari. Bu guruhda bolalarning tasviriy va yorqin obrazlarni yaratish qobiliyatlarini o’stiruvchi turli usullardan foydalanib, chizishga o’rgatiladi. Bunda quyidagi vazifalar bor:

Predmetning shaklini, uning belgilarini, hajmini va qismlarining joylashishini o’rgatishni davom ettirish.

  • Predmetning shaklini, uning belgilarini, hajmini va qismlarining joylashishini o’rgatishni davom ettirish.
  • Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o’rgatish.
  • Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash.
  • Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo’yoqlar, mo’yqalam harakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko’nikmalarni rivojlantirish.
  • Rangli bo’rlar, ko’mirlar, akvarel bo’yoq bilan chizish usullarini o’rgatish.
  • Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetning o’xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o’rganadilar. Masalan, 2ta olma shakli va rangi bilan farqlanadi yoki lavlagi bilan turup, ular sabzavotlar uchun umumiy bo’lgan dumaloq shaklda. Bu guruhda bolalar yana asosiy spektr ranglari bilan tanishib, rasmda ularning chiroyli turlanishlarini keltirib chiqarishni o’rganadilar. Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar.
  • Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko’nikmalarga o’rgatish yakunlanadi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar bor:
  • Naturadan va tasavvur qilishdan predmetning xarakterli belgilari, tuzilishi, hajmining tasviriga o’rgatish.
  • Shakl va bo’yoqlarning boyligini tasvirlab berishga, yorqin obrazlar yaratishga o’rgatish.
  • Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (predmetning hajmi va shaklining xarakterini hisobga olib, predmetni qog’ozda joylashtirish).
  • Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (bir xil rangning turli ottenkalarini bera olish qobiliyati).
  • Texnik ko’nikmalarni rivojlantirish (bo’yoqlarni boshqacharoq bo’yoq olish uchun aralashtirish, predmet shakli bo’yicha qalamda shtrix o’tkazish).

O’rta guruhda mazmunli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • O’rta guruhda mazmunli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
  • O’rta guruh bolalariga rasm mashg’ulotlari, asosan, yil boshidan o’tkazila boshlanadi, sababi, kichik guruh bolalariga qaraganda, ular ma’lum mazmun asosida, lo’nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko’rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:
  • Mazmuni jihatdan bir-biriga o’xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish.
  • Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
  • Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini, odamlarning ko’rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko’rinishini faqat yon tomondan bir yo’lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan, «Bolalarnig qishki o’yinlari».
  • O’rta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og’zaki nutqini o’stirish bilan ularni o’rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
  • «Qizcha uy atrofida o’ynayapti».
  • «Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar».
  • «Bo’g’irsoq», «Chipor tovuq».
  • O’rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo’nalishda chizishlaridan tashqari, bir varaqni to’ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi. Ma’lum narsani ko’rib, tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o’sib boradi. Har bir mashg’ulot bolalarni aqliy va estetik ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo’ladi. N.K.Krupskayaning fikricha, «Bolaga beriladigan ta’lim-tarbiya mehnatni sevishdan, uni e’zozlashdan boshlanadi». Bu mashg’ulotlarni o’tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ularning og’zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har xil mavzularda rasm chiza olish ko’nikmalari rivojlanadi.

Bola ko’rsatilayotgan rasmni aniq ko’rib chiza oladi, lekin uning yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin. Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko’rsatib, quyidagilarga alohida e’tibor berishlarini eslatish kerak. Masalan, predmetlarning proportsional, simmetrik joylashganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda tahlil-sintez usulidan foydalanish muhimdir.

  • Bola ko’rsatilayotgan rasmni aniq ko’rib chiza oladi, lekin uning yon tomonini, ustini chizishni bilmasligi mumkin. Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko’rsatib, quyidagilarga alohida e’tibor berishlarini eslatish kerak. Masalan, predmetlarning proportsional, simmetrik joylashganligi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda tahlil-sintez usulidan foydalanish muhimdir.
  • Yuqorida qayd qilinganidek, quyidagilarga ahamiyat berish kerak:
  • mavzuning mazmuni aniq bo’lishiga;
  • obyektlar orasidagi bog’lanishga;
  • ma’lum maqsadga yo’naltirilgan mavzu bo’lishiga e’tibor berish kerak.
  • Bu yoshdagi bolalarga rangli qog’ozlar berilib, maqsad aytiladi. Masalan, bola ko’k rangda – o’tlarning, havo rangda – suvning, sariq rangda -qumning ko’rinishini tasvirlay oladi, y’oxud «Baliqlar suzyapti», «Jo’jalar o’t ustida o’ynayaptilar» kabi. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir predmet yoki jismni ko’rsatib, uning varaq ustida joylashishini so’roqlar bergan holda, suhbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak. Bunda albatta, tarbiyachining bilimdonligi katta mahorat talab qiladi. Bolalarning bir yarim yilda chizgan rasmlari o’lchovlari asosan bir xil. N.P.Sakulinaning tajribasi shuni ko’rsatdiki, bola chizgan rasmlarini past va balandligini ko’rsatish va farqini tushuntirish lozimdir. To’rt yoshli bolalarda rasm chizish ko’nikmalari o’sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan holda taqlid qilib, rasm chizishga urina boshlaydilar.

Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko’z ayiqcha», «Ayyor tulki va kulrang bo’ri», «Mushuk, xo’roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va aniq masalada bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni», «8-mart – onalar bayrami», «21- mart – Navro’z bayrami». Katta guruhda o’tkaziladigan rasm mashg’ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o’lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko’radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko’rsatishi kerak va bo’yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg’ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo’yoq berib, ma’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo’ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.

  • Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko’z ayiqcha», «Ayyor tulki va kulrang bo’ri», «Mushuk, xo’roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdirilgan rasmlar aniq va aniq masalada bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni», «8-mart – onalar bayrami», «21- mart – Navro’z bayrami». Katta guruhda o’tkaziladigan rasm mashg’ulotlari qiziqarli, savollarga javob olgan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda predmetlarning hajmi, o’lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq-yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilmlarni tomosha qilishni yaxshi ko’rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko’radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko’rsatishi kerak va bo’yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg’ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjomlarini hozirlagan holda, bironta kuy eshittirib, akvarel bo’yoq berib, ma’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim. 5-6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo’ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.

Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
  • Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko’nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o’rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.
  • Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan mavzu bo’yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o’rgatish.
  • Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o’zgartirishga o’rgatish (masalan, engashishni, yugurishni).
  • Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog’ozning pastiga, uzoqdagilarni qog’ozning tepasiga (o’lchamlarini o’zgartirmasdan) joylashtirish.
  • Ranglarni farqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda sujetga mos rangni berishga o’rgatish.
  • Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, «Uy qurish» mavzusi bo’lsa, bolalarning o’zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o’zgarishini bilishadi, shu o’zgartirishlarni tasvirlay oladilar.

Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solisbga o’rgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.

  • Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm solisbga o’rgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.
  • Tasviriy san’atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go’zallik hissini rivojlantiradi. Xalq dekorativ san’ati asarlari bolalarga yorqinligi hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat dekorativ san’at asarlari bilan tanishtirish bilan birga, vatanga bo’lgan muhabbatni, ana shu san’at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo’lgan hurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
  • bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini, kompozitsiya bilan bog’lash hissini rivojlantirish;
  • ranglar hissini rivojlantirish;
  • * dekorativ san’atdagi usullarni farqlay olishni va alohida elementlarni o’z ijodida qo’llay olish malakasini rivojlantirish;
  • * mo’yqalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko’nikmalarini hosil qilish.
  • Bolalarni dekorativ rasm solishga o’rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o’rtasidagi bog’liqlikni ko’ra olish malakasini rivojlantirishi zarur. Bola predmetning shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti, naqshi o’zgarishini his qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o’rtasidagi bog’liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil qilishga o’rgatish zarur. Chunki dekorativ san’at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo’la olmaydi. Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri – rangni his qilishni rivojlantirishdir. Rang – naqsh ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog’langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg’unlashishini albatta, barchasini o’zlashtira olmaydilar. Lekin rang hissi ularda bog’chagacha bo’lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi (yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli uyg’unlashuviga qadar).

O’rta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • O’rta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
  • Dekorativ rasm solish bolalarga 4 yoshdan boshlab o’rgatiladi. O’rta guruhda dekorativ rasm solishga o’rgatishning vazifalari quyidagilar:
  • chiziqda, kvadratda, doirada shakllarni ritmik joylashtirishning kompozitsion malakasini rivojlantirish;
  • ranglar hissini rivojlantirish, ya’ni kontrast, yorqin ranglarni chiroyli moslashtirish;
  • turli yirik va mayda shakllarni – naqshning sodda elementlarini chiza olish malakasini rivojlantirish;
  • * mo’yqalamdan foydalanishning texnik ko’nikmalarini rivojlantirish, qog’ozga yengil tekkizib, nuqtalar hosil qilish;
  • * mo’yqalamning boshchasidan to’g’ri chiziqlar o’tkazishda hamda dog’chalar hosil qilish usulida mo’yqalamdan to’liq foydalanish;
  • O’rta guruhda dekorativ rasm solishning kompozitsion vazifasi tayyor shakllarni yelimlashga o’xshashdir. Boshlang’ich mashg’ulotlarda, bolalar mo’yqalam bilan tekis chiziqlar chizib, ularning orasida mo’yqalam yordamida dog’chalar hosil qilishni, nuqtalar hosil qilishni o’rganadilar. Bunda dog’chalarning ranglarini va naqsh murakkablashgan sari, o’rnini o’zgartiradilar. Mo’yqalam yordamida dog’chalar hosil qilish usuli (mazok) bajarish uchun yengil bo’lgan dekorativ elementdir. Bu aniq bir harakatni talab qilmaydi va mo’yqalamni qog’ozga botirib olishdan hosil bo’ladi. Shuning uchun naqsh chizishda avval botirib olish usuli kiritiladi, so’ng nuqta hosil qilish usuli kiritiladi.

Nuqta hosil qilish mo’yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo’yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo’lishi kerak, chunki mo’yqalam qog’ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang’ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo’lgan qo’lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.

  • Nuqta hosil qilish mo’yqalam bilan ishlashda yangi usulni talab qiladi: mo’yqalamni vertikal holatda ushlash lozim, shu bilan birga, bolada koordinatsion harakat yetarlicha rivojlangan bo’lishi kerak, chunki mo’yqalam qog’ozga faqatgina uchi bilangina tekkiziladi. Boshlang’ich rasmlarning kompozitsiyasi ham soddadir: birgina elementni ritmik qaytarib, naqsh chizish. Faqatgina insonlar uchun xos bo’lgan qo’lning ritmik harakati, ana shu mashqlarni qaytarishni yengillashtiradi va tasviriy shakldagi ritmni yetkazib berishga yordam beradi.
  • Almashinuv – kompozitsiyaning murakkablashgan usulidir. Chunki u bir nechta shakllarning o’zaro moslashuviga asoslanadi. O’rta guruhdagi bolalar uchun ikkitagina elementning shakli va rangi bilan navbatma-navbat almashtirish yetarli bo’ladi.
  • Dasturdagi materialning mukammallashib borishi murakkabroq kompozitsiya bilan naqshda yangi tasviriy elementlarni kiritish hisobidan hosil bo’ladi. Nuqtalar chizish va mo’yqalamni botirib olish usulidan tashqari, bolalar naqshda doirachalar, halqalardan foydalanib chizishni o’rganadilar. Bu elementlarni bolalar kichik guruhlarda tasvirlashni o’rganganlar.
  • Dekorativ rasmda bu shakllarni chizish ancha o’zgaradi: ular ancha kichik hajmda, chizayotganda shakllar bir-biriga hajmi jixatdan mos bo’lishi kerak; undan tashqari, bu shakllar predmet obrazi bilan bog’liq emas, bu albatta bola uchun tasviriy jarayonni murakkablashtiradi. Bolalar yana naqshni faqat bir chiziqda emas, balki to’rtburchak shaklida, doirada ham joylashtirishni o’rganadilar.

Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to’g’ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to’rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.

  • Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to’g’ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to’rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.
  • Bu quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
  • aylana, kvadrat, to’g’ri to’rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo’llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish;
  • rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o’rgatish; .
  • naqshning oddiy elementlarini chizishga o’rgatish;
  • mo’yqalamdan foydalanishning texnik ko’nikmalarini rivojlantirish (qog’ozda yengil yurg’izish, tochkalar qo’yish, chiziqlar chizayotgan­- da mo’yqalamning butun usti bilan chizish).
  • Avval bolalar mo’yqalam bilan to’g’ri chiziqlarni chizishni va ularning orasiga nuqtalar qo’yishi, ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o’rgatadilar. Undan tashqari, bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o’rganadilar.

Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni va vazifalari.
  • Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha xalq dekorativ naqshlari turli ko’rinishlarining ahamiyatini ko’raolishni o’rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida elementlaridan foydalanish;
  • qalam va bo’yoqlar bilan chizish texnik ko’nikmalarini takomillashtirish.
  • Maktabga tayyorlov guruhiga yumaloq to’g’ri burchakli shakllarda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo’lgan bolalar keladi. Ularga yangi shakllar – to’g’ri to’rtburchak va ko’pburchak hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar – vazalar, ko’za (kuvshin)lar, piyola (chashka)lar, qo’lqoplar, qalpoqlar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to’g’ri geometrik shaklga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydalanishni talab qiladi. (Masalan, ko’zacha bo’ynining chetiga chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismiga esa markazda chiziladigan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari, simmetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o’ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko’zgusimon aks bilan tanishadilar (Zerkalnoe otrajenie); ko’zgusimon aksda naqshning qismlari o’z o’rnini o’zgartiradi. Undan so’ng bolalar to’rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan elementlarni shaxmat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to’ldirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo’g’irchoqning ko’ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chetlarida, burchaklarida bo’lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo’ylab tarqalishi mumkin.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Qiziqarli malumotlar
Bolalar uchun kitob rasmini chizish