Bolalar uchun kaloriyali mahsulotlar haqida malumot

Bolalar uchun kaloriyali mahsulotlar haqida malumot

Bolalarning ovqatlanishi ham muhim jarayon bo‘lib, ularning har tomonlama yaxshi o‘sishi, aqliy salohiyati rivojida asosiy o‘rin tutadi. Bu barcha ota-onalar birdek bilishlari zarur bo‘lgan jihatdir. Ularning farzandlari kundalik ovqatlanish taomnomasidan joy olgan mahsulotlar sifati va kaloriyasiga e’tiborli bo‘lishlari ham diqqatga sazovordir. Quyida bolalar taomnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar haqida tavsiya berib o‘tamiz.

Tvorog

Bola ovqatida qimmatli mahsulot hi­soblanadi. U oqsilga boy bo‘lib, muvozanat ho­lat­dagi alishtirib bo‘lmaydigan aminokislota­lari ko‘p. Tvorogda ayniqsa, metionin mo‘l, u o‘sayotgan organizm uchun juda foydali. Uning oqsili sutnikiga nisbatan oson hazm bo‘ladi. Tvorogda shuningdek, kaltsiy, kaliy va fosfor miqdori ko‘p.

Go‘sht

Shubhasiz, to‘la qimmatli oqsilli mahsulotlar qatoriga kiradi. Go‘sht oqsillari bola organizmi uchun zarur aminokislotalar saqlaydi. Bu mahsulot fosfor, kaliy, natriy, magniy, kaltsiy tuzlariga boy. Bola ovqatida go‘sht konservalaridan foydalanish mumkin. Ayniqsa, ular ovqati uchun tayyorlanadigan maxsus go‘sht konservalari alohida qimmatga ega bo‘ladi.

Qand va qandolatchilik mahsulotlari

Ko‘p quvvat beradigan va ta’m xossalari yuqori bo‘lgan qand — uglevod yaxshi hazm bo‘ladi. Qandni ko‘pgina ovqatlarga qo‘shish ularning singish xususiyatini oshiradi va ta’mini yaxshilaydi. Biroq ortiqcha qand miqdori bola organizmi uchun zarar, chunki ishtahani pasaytiradi.

Asal

Juda qimmatli oziq modda, chunki unda engil hazm bo‘ladigan uglevodlar, vitaminlar, turli-tuman tuzlar bo‘ladi. Lekin hamma bolalar uni yaxshi ko‘tara olmaydilar, bu mahsulotni tayinlashda shuni hisobga olgan yaxshi.

Unutmang, farzandingizning jismonan va ma’nan etuk o‘sishi uning har kunlik iste’mol qiladigan mahsulotlariga ham bog‘liqdir. Bunda sizga yuqoridagi tavsiyalar asqotishi aniq.

«Do‘stlik bayrogi» gazetasi.

Kasalliklar
Bolalar uchun kaloriyali mahsulotlar