Bolalar nafaqasi necha yoshgacha beriladi? to’liq malumot oling

Bolalar nafaqasi necha yoshgacha beriladi? to’liq malumot oling

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021 yildagi “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o‘rniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etildi. 

Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha;
  • to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha oshirildi.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam to‘lovlarining quyidagi miqdorlari belgilangan:
bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

  • 250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun, 325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;
  • 150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;
  • 100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori — 380 000 so‘m.

Manba: advice.uz

Foydali Maslahatlar
Bolalar nafaqasi necha yoshgacha beriladi?