BOLALAR KUTUBXONASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOLALAR KUTUBXONASI haqida malumot bilib oling.

BOLALAR KUTUBXONASImaktab yoshidagi bolalar va usmirlarga xizmat koʻrsatadigan muassasa. Oʻzbekistonda bunday kutubxonalar ommaviy ravishda 30-y. larda vujudga kela boshlagan. Yosh avlodni davr talabi darajasida tarbiyalashda Bolalar kutubxonasi muhim ahamiyatga ega. Bolalar kutubxonasining kitob jamgarmasi tarbiya vazifalari va kitobxonlarning yosh xususiyatlariga muvofiq tashkil etiladi. Kitob oʻqish yuzasidan bolalarga yakka tartibda yoʻlyoʻriq koʻrsatiladi, turli ommaviy tadbirlar oʻtkaziladi. 1965-y. da tashkil qilingan Respublika bolalar kutubxonasi respublika viloyatlari bolalar kutubxonalariga, bolalar b-n ishlaydigan muassasalarning kutubxonalariga uslubiy rahbarlik vazifasini bajara boshladi (kutubxona jamgarmasi 300 mingdan ortiq, 1998). Yoshlarni bilimli, maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash, ularda oʻqish madaniyatini shakllantirishda Bolalar kutubxonasi larining olib borayetgan ommaviy ishlari qoʻl kelmoqda (mashhur kishilar b-n uchrashuvlar, «Kitobxonlar konferensiyalari», «Ovozli oʻqishlar», «Adabiy ertaliklar», «Kitoblar haftaligi» va h. k.).

Ensiklopediya.uz
BOLALAR KUTUBXONASI