BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Тинчлантириб устоз кулгуни
Қандай гўзал совға бу, деди
Тақиб олди билагузукни
Бешта тоши етишмас эди
Yosh kitobxon oila
Nurafshon shahrida “Yosh kitobxon oila” tanlovining Toshkent viloyati bosqichi o’tkazildi.
Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning tuman-shahar bosqichlari joriy yilning 19 iyun kuni bo’lib o’tgan edi. Mazkur bosqichlarda 940 yosh oila ishtirok etgan bo’lib, undan yuqori natijalarni egallagan 18 yosh oila viloyat bosqichiga yo’l oldi.
Asosiy maqsad jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o’rtasida mutolaa madaniyatini shakllantirishdir.
Tanlovning hududiy bosqichlari 2 ta shart, jumladan, tezkor savol-javob orqali ishtirokchilarga tavsiya etilgan adabiyotlarni qay darajada o’zlashtirgani aniqlandi. Badiiy asarlar bilimdoni shartida tanlangan biletda ko’rsatilgan asarning syujetiga oid epizod o’qib eshittirildi va ishtirokchilar ushbu parcha qaysi asardan olinganini izohlashdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosalariga ko’ra, Oqqo’rg’on tumanidan qatnashgan Fayzullaevlar oilasi 191,6 ball bilan birinchi o’rinni egalladi. Chirchiq shahridan Nazirxo’jaevlar oilasi 138,3 ball bilan ikkinchi va Tog’aymurodovlar oilasi esa 113,3 ball bilan uchinchi o’rinlarga munosib ko’rildi. G’oliblarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg’alari topshirildi.
Tanlovning Respublika bosqichi joriy yilning avgust oyida Toshkent shahrida televizion formatda bo’lib o’tadi. Unda ishtirok etish uchun tanlovning hududiy bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 14 yosh oila 3 shart bo’yicha o’zaro bellashadi. G’olib bo’lganlar, xususan, 1-o’rin «Spark» avtomashinasi, 2-o’rin kompyuter jamlanmasi va 3-o’rin egalari kitoblar to’plami bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichining barcha ishtirokchilariga esa “Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilgan kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi.
BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
bolalar kitobxonligi / kitobxonlik ko‘nikmasi / mutolaa madaniyati / kitobni sevish / ota-ona / oila tarbiyasi / ertak / hikoya / she’rlar / usullar. / children’s reading / reading skills / reading culture / love of the book / parenting / family education / fairy tales / stories / poems / methods.
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Guljahon Farhodjon Qizi Erkinjonova
Maqolada bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirishda oilaning o`rni va kattalarning faoliyatlari, vazifalari haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar ko`rsatib o`tiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Guljahon Farhodjon Qizi Erkinjonova
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI
KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI
YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
O’QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O’RGANISHNING AXAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
THE ROLE OF THE FAMILY IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN’S LIBRARY
The article examines the role of the family in the development of reading skills in children, the formation of a culture of reading among students, as well as the activities and responsibilities of adults. The main tasks of introducing children to fiction in modern preschool educational institutions are outlined.
Текст научной работы на тему «BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI»
BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING ORNI
Guljahon Farhodjon qizi Erkinjonova
Qoqon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2- bosqich
Maqolada bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirishda oilaning o’rni va kattalarning faoliyatlari, vazifalari haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar ko’rsatib o’tiladi.
Kalit so’zlar: bolalar kitobxonligi, kitobxonlik ko’nikmasi, mutolaa madaniyati, kitobni sevish, ota-ona, oila tarbiyasi, ertak, hikoya, she’rlar, usullar.
THE ROLE OF THE FAMILY IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN’S
Guljahon Farhodjon kizi Erkinjonova
Kokand State Pedagogical Institute, 2nd stage master’s degree in preschool education
The article examines the role of the family in the development of reading skills in children, the formation of a culture of reading among students, as well as the activities and responsibilities of adults. The main tasks of introducing children to fiction in modern preschool educational institutions are outlined.
Keywords: children’s reading, reading skills, reading culture, love of the book, parenting, family education, fairy tales, stories, poems, methods.
Mamlakatimizda o’quvchilarning kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirish, tizimli yondashuv asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish madaniyatini shakllantirishga aloxida axamiyat qaratilmoqda. Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tashkiliy-integrativ modelini takomillashtirish, kitob o’qishga qiziqishni tarbiyalashning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “. jismonan sodg’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishning nazariy metodologiya asoslarini aniqlashtirish, kitobxonlik ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish bosqichlarini aniqlashni taqozo etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Yoshlarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish masalasi bugun har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” gi PQ 3271 sonli Qarori qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ishni esa aynan oiladan, maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanishi o’zining ijobiy samarasini beradi.
Sh.Mirziyoevning ushbu qarorida aytib o’tilganidek, bolalarda kitobga bo’lgan qiziqishni bolalikdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar, hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari uchun “Kichik kutubxonalar” tashkil qilingan. Bundan tashqari davlatimiz tomonidan maktab kutubxonalariga hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan 5-6 yoshli bolalarning ota-onalari uchun 12356 besh nomdagi qo’llanmalarning berilishi maktabgacha yoshdagi bolalarga bo’lgan g’amxo’rlikning yorqin ko’rinishidir.
Ta’lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari g’oyat muhim muammolardan hisoblanib mazkur muammo xalq pedagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog’langan holda talqin etilgan. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur keyinroq esa Abdurauf Fitrat va boshqalarning ta’limiy ahloqiy qarashlari kitob va uning ilm olishdagi fikrlari bunga yaqqol dalil bo’la oladi.
Atoqli bolalar adibi O’zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to’xtalib shunday degan edi “Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to’g’ri yo’lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloq-odobini yo’lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yuq ekan shuning uchun ham ota-
onalarning birinchi vazifasi o’z farzandida kitobga mehr uyg’otish deb bilaman. Goxida fan-texnika tufayli adabiyotga e’tibor susayyapti degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go’zallikga extiyoj tuyg’usi bor ekan, san’at asarlari ham o’zining bahosini xech qachon yuqotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni shavq bilan o’qiydiganlar soni ortib borayotganini ko’rish quvanarlidir”
Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar quydagilardan iborat:
1. Kichik guruxlardan boshlab bolalarda badiiy adabiyotni o’rganishga qiziqish uyg’otish.
2. Bolalarda ertak, hikoya, rivoyat she’r va shu kabi badiiy asar namunalarini berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ishtiyoqini tarbiyalash, ular yuzasidan mulohaza qilish, asar qahramonlari harakatiga baho berishni shakllantirish.
3. Asar mazmuni yuzasidan savollarga javob berish, asar qahramonlari harakatlari, ruhiy kechirmalarini, ma’naviy sifatlarini ta’riflash, to’g’ri baholashga o’rgatish.
4. Asar janrlari, tili haqidagi dastlabki tushunchalarga ega bo’lish, asar g’oyasi, tasviriy vositalarini yoshiga mos xolda tushunish, o’z qarashlari, mulohazasini bildirishga o’rgatish.
5. Badiiy asarni hikoya qilish, uning mazmunini so’zlab berish, she’rni ifodali yod aytish orqali nutq ahangi, ovoz kuchi, to’xtam va ifodalilikni tushunish, unga rioya qilishni shakllantirish.
Zero, bolalar kitobxonligining asosiy maqsadi bolalarning yoshlikdan boshlab odamiylik, halollik, haqiqatgo’ylik adolatparvarlik, go’zallik ruhida tarbiyalash chin inson bo’lib yetishishlariga xizmat qilishdan iboratdir.
Shuning uchun ko’pgina olim, shoir va yozuvchilarimiz kitob va kitobxonlikka katta e’tibor qaratadilar. Atoqli adibimiz Abdulla Qahhor: ”Shavq bilan o’qiladigan kitob go’zallikdir. Kitobning o’qishli bo’lishi muallifning kitobxonga aytadigan to’lamag’izli va juda zarur bo’lgan fikri bo’lganini ko’rsatadi” , deb aytganlarida haq edilar. Bolalar yozuvchisi Samuel Marshak shunday degan: ” Bola har bir kitobda butun olamni ko’rishni istaydi.
U ermakka o’qimaydi, u o’zi uchun dunyoni kashf etadi, nimadir o’rganadi. “Bolalar saviyasining o’sishida, shu jumladan, kitobxonlikka berilib ketishida, albatta, o’qituvchilarning roli katta. Shunday uztozlami bilamizki, ular “Kitob foydali, kitob o’qinglar! deb ortiqcha nasihat qilishmaydi, o’zlari bunga o’rnak bo’ladilar.
Bolalarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish jarayonini oiladan boshlasak ijobiy natijalarga erishishimiz va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oila bilan hamkorlikda davom ettirsak samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Bolaning tarbiyasi kabi uning kitobga, san’atga qiziqishi, nutqining boyligi, eshitish
malakalarining ham rivojlanishida oilaning o’mi beqiyos. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan maqol bejiz aytilmagan. Oilada ota-ona kitobga oshno bo’lsa, tez-tez kitob, gazeta va jurnallar mutoala qilsa, bu oilada o’sgan farzand ham kitobga mehr qo’yadi. Bunday bolalarning dunyoqarashi keng, so’z boyligi ko’p, nutqi ham ravon bo’ladi. Kelajakda ziyoli, barkamol bo’lib voyaga yetadi, Bolalar bog’chasida kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish “Ilk qadam” davlat dasturi Davlat talablari asosida Nutq-muloqot o’qish yozish malakalari sohasi hamda, ijodiy rivojlanish sohasi bilan birga olib boriladi. Ta’lim faoliyati jarayonida ertak hikoyalarni tematik rejalashtirishda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Kichik guruhlarda badiiy adabiyot nutqni rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir. Birinchidan, visual tasvirlar yodamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi ertak, hikoya, she’rlar bilan tanishtirishda ko’rgazmalililik tamoyillaridan foydalanib, nutqni harakatlar bilan olib borishi bolani o’zidan keyin takrorlashga undashi kerak. Ushbu bosqichda bolalarda qisqa asarlarni so’zlab, rasmlar bilan bog’lab ko’p marta takrorlagan holda olib borish natija beradi. O’rta yosh guruhlarda bolalar bilan asarlarni yanada batafsil tahlil qilish, qahramonlarning o’ziga hos jihatlarini taqqoslash, yaxshi va yomonga baholash mumkin. Katta yosh guruhlarida bola ongli ravishda kitobga qiziqadi, o’z qahramonlarini, sevimli kitoblarini ajratadi. Kitob bilan dastlabki tanishish usullari asosan 2 ta:
O’qish matnni ovoz chiqarib o’qish, og’zaki takrorlashni anglatadi. Audio ertaklami tinglashi ham mumkin. Hikoya esa hikoyachining ifodasi orqali turli bo’yoqlar bilan erkin so’zlashi. Bu hikoyachining fantaziyasi va so’z boyligiga bog’liq. Bolalar o’rgangan asarlari asosida qo’g’irchoq teatri, stol teatri, sahnalashtirishlari, rollarga bo’lib ijro etishlari orqali ertak va hikoyalarni mustahkamlashadi. Bundan tashqari ertak qahramonlari suratini chizish, o’z qo’llari bilan kitobchalar tayyorlash bilan integrallashgan holda faoliyat olib borishlari juda samarali natijani beradi. Shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida hususan kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish eng muhim omillardan hisoblanadi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda quyidagi loyihalarni tavsiya qilish mumkin.
– Muassasadagi kitob burchagini ertak kitoblari bilan to’ldirishda pedagog-tarbiyachiga yordam bering
– Ota-onalar uchun maslahat “Bola qanday kitob o’qish kerak?”, “Ertak terapiyasi”,
– Bolalar bilan birgalikda teatr burchagiga atributlar yaratish
– Kitobxon oila tanlovi
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
Bu loyihalaming maqsadi ota-onaga kitob o’qishda oila muhitining o’rni, oilaviy o’qishning qanchalik muhim ekanini tushuntirish. Shunday qilib, kitobga bo’lgan qiziqishni oiladan boshlasak, bolalarni yoshlikdan kitobga oshno qilsak, uning kelgusida barkamol va ma’naviyatli shaxs bo’lib yetishishida mustahkam asos yaratgan, yurtimiz kelajagi uchun munosib yoshlami tarbiyalashda hissamizni qo’shgan bo’lamiz.
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ’ib qilish bo’yicha komissiya to’zish to’g’risida”gi F -4789-son Farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil., 38-son, 1029-modda.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada Rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.
3. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat dasturi. 2018 yil. Toshkent.
4. G’aniev B.Bolalar o’qish madaniyatini tarbiyalashning muammolari// 2004 A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi, 2004.135-137B.
5. Kitob komillikka yetaklaydi/ metodik-bibliografik qo’ll. To’zuvchi M.Boltaboeva. Muxarrir Sh.Qurbon.- T.: A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi, 2017.-78B.
6. Normatov M., Hakim Nazir Ijodiy yo’li,-T 1973
7. CymoHOBa H. A., Y^acoBa K. KMHK MAKTAE EmH^ArH y^YB^H^APHMHr H^O^HH KOBH^H^T^APHHH PHBO^AHTHPHm //HHTepHayKa. – 2020. – №. 3-2. – C. 84-86.
8. TECHNOLOGIES OF URBRINGING CHILDREN IN MODERN FAMILIES
9. N.A Sultonova, Ibragimova Sh, D. Xolqoziyeva // 2020/3 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences – 2- 3 p 115-119
Yosh kitobxon oila
Ushbu kanalda
✅Yosh kitobxon oila kitoblari
✅Yosh kitobxon kitoblari
✅Tanlov nizomi
✅Asarlarga taqrizlar
✅Videosharx
About
Blog
Apps
Platform
Yosh kitobxon oila
132 subscribers
Yuqorida “Yosh kitobxon oila ” tanlovining hududiy bosqichlari qanday o’tganligini kuzatishingiz mumkin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ислоҳотлар амалда | Ёш китобхон оила
#22sept #uzbekiston24
Ukamiz, shogirdimiz “Yosh kitobxon” tanlovi 10-14 yosh toifasi g’olibi Muhammadfozil Ismoilovdan kitobxonlarga.
“Yolg’izlikning yuz yili “, “Buzrukning kuzi” asarlari muallifi Gabriel Garsia Markesning zamondoshlariga vasiyat tarzida qoldirgan maktubi.
Isajon Sulton bu maktubdan “Boqiy darbadar” asarida foydalangan.
Bizning kanalimizga qo’shiling.
Zero, Ilmdan o’zga najot yo’q.
@yoshkitobxonoilalar
Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
“Yosh kitobxon oila” tanlovi g‘olibi Niyozmatovlar oilasi haqida lavhani e’tiboringizga havola etamiz!
Xabaringiz bor Niyozmatovlar oilasi joriy yilning 27-28-avgust kunlari Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan “Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichida munosib g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.
Yosh oilalarimizga namuna bo‘ladigan ushbu lavhani Youtube sahifamiz orqali tomosha qiling!
Telegram sahifamiz@yoshlaragentligi
“Yosh kitobxon oila” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari Niyozmatovlar oilasi haqida film
Мени йиғлатган шеърлардан бирини Сиз ўқитувчи касбдошларимга ҳам илиндим. Орангизда шундай ўқитувчилар борлигига аминман.
В. Катюжинская
( Дилшодбек Тожибоев таржимаси )
У синфга юзма – юз келиб
Салом берди барчага бирдан
Болаларга кўз ташлаб олиб
Мафтун этди нигоҳи билан
Сўз бошлади устоз сўзамон
Кўрганимдан хурсандман, деди
Мен барчани бирдек севаман
Эркатойим бўлмайди энди
Бироқ ёлғон эди бу сўзлар
Бир болани сира суймасди
Кир кийимда ўтирарди жим
Ҳеч нарсага парво қилмасди
Бадбўй либос ва одамови
Партасида ёлғиз ҳар куни
Ҳеч ким билан дўстлашмас чоғи
Болалар ҳам унутган уни
Бир кун мактаб илмий мудири
Сўраб қолди янги таҳлиллар
Тавсифнома ҳар бир болага
Ҳамда ҳисобот ҳам берилар
Иш бошлади тинмайин бир зум
Синф раҳбар астойдил, дилдан
Таниса-да, фақат бир мавсум
Болаларни билар яқиндан
Хушланмаган бола ҳужжати
Навбатларнинг сўнггида қолди
У ҳақида ўқигач ,билгач
Муаллимни ҳайратга солди
“– У ақлли, бебаҳо, доно”
Деб ёзарди биринчи устоз
“-хусниҳати гўзал ,ягона,
Унга дарс бермоқ мароқли ,соз”
Ёзар иккинчи устози ҳам
“-Энг яхшиси – у ҳамма дарсда
Оиласида фақат кулфат, ғам
Она шўрлик бедаво хаста”
“-Онасининг ўлимидан сўнг
-Таъсирланди ,ахир бола-ку”
Деб ёзарди ўқитувчи яна
“-Ухлаб қолар партасида у”
Дўстлари йўқ эди сира ҳам
“Автомат”да ўтарди ҳаёт
Ўқиб раҳми келди болага
Сўнг уялиб кетди ниҳоят
Энг ёмони янги йил куни
Устозига барча болалар
Гўзал тасма,гўзал қутида
Турли совға ҳадя қилдилар
Бола бўлса болаларга хос
Олиб келди оддий бир қути
Тасмаси йўқ, жигарранг қоғоз
Кулгу бўлди ва шу заҳоти
Тинчлантириб устоз кулгуни
Қандай гўзал совға бу, деди
Тақиб олди билагузукни
Бешта тоши етишмас эди
Ва бор эди унда бир атир
Ишлатилган ,тўлмаган бироз
Қўлларига олдида дарҳол
Сепиб олди ўзига устоз
Бола илк бор бахтли жилмайди
Сўнгги дарсни базўр кутмоқда
Устозига юзланиб деди,
Сиздан онам иси келмоқда
Бу сўзларни эшитгач аёл
Ухламади тун бўйи йиғлаб
Тонгда эса ҳар бир болага
Сабоқ берди меҳрдан сўзлаб
Кунлар ўтди кунлар кетидан
Бола энди аълочи мутлоқ
Устоз бирдек севар барчани
Унга меҳри бўлакча бироқ
Бир йилдан сўнг хайрлашдилар
Энди бошқа синфга устоз
Бир кун хона эшик остидан
Топиб олди бир мактуб бехос
“-Қисқа мактаб ҳаёт давримда
Иқрор бўлиб ёзилганди хат
“–Мен таниган ўқитувчиларнинг
Энг яхшиси ўзингиз фақат”
Беш йилдан сўнг яна бир мактуб
Коллежидан бу гал ёзибди
Яна сиздан яхшиси йўқ деб
Олийгоҳ сари йўл олибди
Яна муддат ўтибди бироз
Бола энди доктор бўлибди
Зўр устозлар учрабди-ю,лек,
Энг яхшиси ўзингиз дебди
Йиллар ўтиб орадан ҳамон
Устозидан кетмабди ҳаёл
Хатлар йўллаб ҳануз у томон
Онасидек энди бу аёл
Бир хатида хабар берибди
Ўз бахтига етмоқда экан
Тез орада тўй ҳам бўлармиш
Уни тўйда кутмоқда экан
“-Ҳаётимнинг энг бахтли куни
–Сиз онамнинг ўрнида бўлинг
–Сиздан бошқа яқин кишим йўқ”
Деб ёзибди–“Розилик беринг”
Тошлари йўқ билагузукни
Тақиб олди у билагига
Сўнг онасин атирин сепиб
Бахт сўради ўз тилагида
Учрашдилар бир-бирин қучиб
Қадрдон ис тароват сочди
Сўзим ожиз таърифламоққа
Ўз онаси бағрини очди
Сўнгра яна кўз ёшлар, шодлик
Йигит шундай сўзларни деди
–“Раҳмат сизга ҳаммаси учун
–Ишончингиз менга куч берди
–Ким учундир кераклигимни
–Англаб етдим, ҳаётни севдим
–Эзгулик ва меҳр йўлида
–Сизни доим ибрат деб билдим”
Кўзлари ёш жавоб қилди у
–“Йўқ, аслида бари аксинча,
–Билмас эдим ,сабоқ беришни
Тақдир сени учратмагунча”
Bizning kanalimizga a’zo bo’lishni unutmang.
@yoshkitobxonoilalar
Ёш китобхон оиланинг қишлоқ аҳли манфаати йўлидаги илтимосига кўра Зиё Нурсух маҳалласида ичимлик суви қудуғи қазилиши бошланди
Зиё Нурсухлик Ниёзматовлар оиласининг 2021 йилги “Ёш китобхон оила” танловининг якуний Республика босқичи ғолиблигини қўлга киритиб, Президент совғаси-“Спарк” автомобили соҳибига айланганлиги Ўзбекистон туманилик ёшу-кексага бирдек ифтихор бағишлаганлиги бор гап.
Абдуллажон ва Умидахон Ниёзматовларни пойтахтда бўлиб ўтган танлов якунидан сўнг, тумандаги тантанали кутиб олиш маросимида оила бошлиғи туман ҳокимидан бир ишни амалга оширишда ёрдам сўраб мурожаат этган эди.
– Қишлоғимизда ичимлик суви таъминоти билан боғлиқ муаммо йўқ эмас. Бугунги қувончли кун, қулай фурсатдан фойдаланиб, ушбу муаммони ижобий ҳал этилишида амалий кўмак кўрсатсангиз. Бу илтимосимни шу ҳудудда яшовчи барча маҳалладошларим номидан деб ҳам деб қабул қиласиз, – дея кўпчилик олдида хайрли ташаббусни илгари сурганди Абдуллажон Ниёзматов.
Абдуллажон ва унинг ҳамқишлоқлари мурожаатини ижобий ҳал этиш мақсадида, туман ҳокимлиги ташаббуси билан олиб борилган саъйи-ҳаракатлар натижасида, бугун ушбу манзилда ичимлик суви қазилиши бошланди.
Пудратчи ташкилот вакилларининг қайд этишича, дастлабки ҳисоб-китобларга кўра ичимлик суви ушбу танланган маскандаги ер сиртидан 350 метр чуқурликдан чиқади.
Лойиҳа амалга ошгач эса, ҳудуддаги 3 та маҳалла: Истиқлол, Зиё ва Зиёлилар маҳаллаларидаги 350 га яқин хўжаликларда ичимлик суви таъминоти яхшиланади.
Ушбу эзгу ташаббусга маҳалла аҳли ҳам ўз ҳиссасини қўшмоқда. Хусусан, қудуқ қазиладиган жойни ўзаро келишув асосида Абдуллажоннинг дўсти маҳалла манфаатлари учун ҳадя этган бўлса, ҳокимлик кўмаги билан тоза обиҳаёт суви қазиб чиқарилгандан сўнг, ҳудуд аҳли бирдамлик билан уни ўз кўча ва хонадонларига тортиб кетадиган бўлишди.
Маҳалла оқсоқоллари ушбу эзгу иш бошида ҳайр ва барака тилаб, қўлларини дуога очдилар.
Qiziqarli malumotlar
BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»