Bolalar kamqonlikda qanday ovqatlanishi kerak? to’liq malumot oling
❓Bolalar kamqonlikda qanday ovqatlanishi kerak?
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar anemiyasini asosan diyeta yo‘li bilan davolanadi. Ovqat ratsionida temir ko‘p saqlovchi mahsulotlar berish tavsiya etiladi. Albatta, bolaning individual xususiyati va yoshiga bog‘liq ravishda diyeta tanlanadi.
Chaqaloqlarda anemiyani bartaraf etish uchun eng yaxshi ozuqa – ona suti. 8 oylikdan boshlab qo‘shimcha ovqat: go‘sht, grechkali kasha berish mumkin. 12 oyligidan boshlab – baliq, mevalar va sabzavotlar.
🩺Ba’zida gemotologlar anemik bolalarga stol №11 ni tavsiya etishadi (bir kunda 5 mahal ovqatlanish). Bu stol quyidagi mahsulotlardan tashkil topgan:
-Non, makaron, un mahsulotlari
-Sho‘rva
-Baliq
-Go‘sht, jigar
-Tvorog, sariyog‘, pishloq
-Tuxum
-Yong‘oq
-Grechka
-No‘xat, fasol sho‘rva;
-Sabzavotlar, mevalar va rezavorlar.
Boshqa mavzular
Bolalar kamqonlikda qanday ovqatlanishi kerak?