Bolalar haqida she’rlar to’plami
Ayollar haqida she’rlar to‘plami. Ayollarga bag‘ishlangan she’rlar
8-mart bayrami yaqinlashmoqda, ayollarga bag‘ishlangan she’rlarni qabul qiling.
Eslatib o‘taman, Xalqaro xotin-qizlar kuniga tadbir izlayotgan bo‘lsangiz ushbu sahifaga o‘ting: 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni uchun senariylar to‘plami
Ayollarga bag‘ishlangan qo‘shiqlar esa mana bu sahifada: Ayollar va onalar haqida sara qo‘shiqlar to‘plami
Ayollar haqidagi audio she’rlar ham sizni albatta qiziqtirishi mumkin, audio she’rlarni tinglab ko‘rish uchun mana bu sahifaga o‘ting: Ayollar haqida eng sara audio she’rlar to‘plami
- Ayol zotiga
- Ayolga pul bering
- Ayolga baxt bering
- Ayollarni madh etuvchi she’r
- DARYOSAN, AYOL!
- Ba’zi erkaklardan mard ayollar
- Ayollar yaxshi
- Ayol bor
- Muqaddas ayol
- Men seni azizim deyinmi, ayol?
Ayol zotiga
Tabassum yarashar ayol yuziga,
Quloq tuting gar g‘am cheksa ohiga,
Ayolni qadirlang, ayolni asrang,
Aslo ozor bermang ayol zotiga.
Axir ayol ona, mexribon singil,
Gar ayol bo‘lmasa to‘lmaydi ko‘ngil.
Ayol qalbi nozik misoli bir gul,
Aslo ozor bermang ayol zotiga.
Istasa bir chimdim mexr istaydi.
O‘zi mehr bersa minnat qilmaydi.
Ranjitmang ko‘ngliga qil ham sigmaydi.
Aslo ozor bermang ayol zotiga.
Ko‘ngliga yo‘l toping sof niyat bilan,
Dilini og‘ritmang ko‘p g‘iybat bilan,
Yomonga chiqarmang bir tuxmat bilan,
Aslo ozor bermang ayol zotiga.
Ayolni ezozlang ko‘ngliga qarab,
Sizni duo qilar tongda ertalab,
Axir ko‘p bajarilishini talab qiladi,
Aslo ozor bermang ayol zotiga.
Ayolga pul bering
Ayolga pul bering, shunday pullarki,
Erkaklar yashirib yurgan pullardan.
Ayolga pul bering, shunday pullarki,
Choyxonani kutib turgan pullardan.
Ayolga pul bering, ӯziga emas,
Rӯmol olmoqchidir qaynonasiga.
Ӯg‘liga planshet, qiziga kitob,
Nosvoy olmoqchidir qaynotasiga.
Ayol pul sӯrasa bӯlmang darg‘azab,
Busiz ham qaltirab turadi yurak.
Uyga mehmon kelar pista-yu bodom,
Dasturxonga banan, apelsin kerak.
Ayol pul sӯrasa bӯling Hotamtoy,
Sizlarga yor bӯlsin xush kayfiyatlar.
Ey siz baraka boshi, ey boy otalar.
Muhtaram erkaklar, valine’matlar.
Erkak uchun pul — qӯl kiri emish,
Tӯkilar restoran, mayxonalarda.
Erkak qӯlin yuvar ikki kunda bir,
Bir-biridan gӯzal choyxonalarda.
Erkak pul sarflasa kӯcha kӯylarda,
Chӯntakda shamollar sayr etib yurar.
Pullari kӯchada qolgan uylarda,
Sichqonlar hassaga suyanib turar.
Erkak pul sarflashga ustasi farang,
Chorlar sinfdoshlar, bir kun jӯralar.
Bir kuni kasbdoshlar, dӯstlar, ulfatlar,
Tӯplanar kursdoshlar ,mardlar, tӯralar.
Ayol-chi? Ayol bir sӯm topsa tugar ӯn joydan,
Borini oshirar eplar, uch-uchlar.
Eri tashlab ketgan yirtiq pulni ham,
Kӯziga surtadi, yamar, sukochlar.
Ayolga pul bering, sӯraganida,
Ayolga pul bering, bӯlmasdan baxil,
Ayolga pul bersangiz uch-tӯrt kun ӯtmay,
Sizga Xudo berar, mana men kafil.
Ayolga baxt bering
Zulfiya Mo‘minova
«Ayolga baxt bering»… Zulfiya Mo‘minova
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Gar ko‘zlari kulib tursa-da,
Bo‘g‘zining ostida necha ming hasrat,
Oy yuzlari kulib tursa-da,
Ko‘nglini ko‘taring hech bo‘lmaganda,
Qo‘lini silashga sharofat toping.
Yig‘lab turganida hech bo‘lmaganda,
Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq ro‘moli
Bosib o‘tmaslikka shafoat toping,
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin.
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering.
Illohi nur toping, hidoyat toping.
Illohi baxt bergan ayol yonidan.
Baxtiyor o‘tmoqqa inoyat toping.
Illohi qalqonsiz, illoh ko‘rg‘onsiz,
G‘iybatlar yirtmasin ko‘ylakkinasin,
Illohi hushyorsiz, illoh bedorsiz.
Itlar tishlamasin yurakkinasin.
Ayolga baxt bering, saodat bering .
Tog‘ qimirlab, toshlar so‘zga kirsa-da,
Ayolga baxt bering, saodat bering .
Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da.
Ayollarni madh etuvchi she’r
Dunyoning g‘amini yutguvchi, ayol!
Olamda muhabbat tutguvchi, ayol!
Sadoqatla birga rafiqa bõlib!
Eridan shirin so‘z kutguvchi ayol!
Farzandiga mehr berguvchi, ayol!
Ranjitsangiz qahr qilguvchi, ayol!
Ko‘zlardagi g‘amni biluvchi, ayol!
Borini muhayyo qilguvchi ayol!
Ko‘zidan chiqarmang hech qachon ko‘z yosh!
Alamdan yonsa ham bermoqda bardosh!
Go‘zallardan go‘zal kamon qalamqosh!
Onamiz, singlimiz, opamiz AYOL!
DARYOSAN, AYOL!
(Olimjon RAHIMOV)
Kimki boqsa ko‘zlaringga ziyosan, ayol,
Go‘yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol
Qoshlaringga, ko‘zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo‘jizakor samosan, ayol!
Yetti xil rang kamalakdan, gullardan
ifor Olgansanu musaffosan, safosan, ayol!
Ohu kabisi nafissanu, noziksan, hurkak,
Bolariga bol bergan — turfa gulsan ayol!
Bulbul bo‘lgan ovozingdan andoza bilsam,
Gullar aro mayin esgan sabosan, ayol!
Sochlaringni havas qildi majnuntol ko‘rib,
Uyaldimi, qochdi lola, jafosan, ayol!
Kimdan olding sadoqatni, kim ulashdi ishq,
Ishqingda kim ado bo‘lsa, fidosan ayol!
Qachon ko‘rsang Rahimiyni, erka qushman deb,
Har sohada javlon urgan daryosan, ayol!
Ba’zi erkaklardan mard ayollar
Marhabo Karimova
Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin.
Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar.
U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin.
Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.
Qarang go‘zalligi faqat siz uchun.
Ozorlab dilini bermang savollar.
Yashaydi ro‘zg‘oru o‘g‘il — qiz uchun.
Ishyoqmas erkakdan jasur ayollar.
Boshida oq tola dunyoning g‘ami.
Bardoshi oltindan tilida bollar.
Sizga bildirmaydi ko‘zida nami.
Dardini ichiga yutgan ayollar.
Vafo yuragida sadoqat qalbi.
Axdi yuksak erur labzi xalollar.
Sizga ishongani, aldangan, aybi….
Nomard erkaklardan marddir ayollar…
Ayolni ranjitmang, ranjimang aslo.
Siz uchun bulmasin ishqi uvollar.
Farishta jonini asraydi Ollox.
BA’ZI ERKAKLARDAN ERKAK AYOLLAR
Ayollar yaxshi
Qorami, sariqmi
Ayol yaxshidur
Semizmi, oriqmi
Ayol yaxshidur
Bichuvchimi, tikuvchimi
O‘qituvchimi, o‘quvchimi
Sotuvchimi, uchuvchimi
Ayol yaxshidur.
Qora ko‘zmi. Ko‘k ko‘zmi
Ola ko‘zmi . Qo‘y kuzmi
Bo‘ta ko‘zmi. Shaxlo ko‘zmi
Baribir Ayol yaxshidur.
Extimol aytarsiz
Ey , birodar
Oshirvording sal
Bu ayol zotiga
Maqtovni ko‘pimas
Ozrogi afzal…
Lekin…
Saxroga o‘xshaydi
Ayolsiz dunyo
Quriydi qaqshaydi
Ayolsiz dunyo
Erkaklar ko‘tarolmay
Sukunat yukin
Aqldan ozib
Qolishlari mumkin
Qalbimizda ungan
Baxoriy ko‘klam
Bizga dono ayollarning
Yorligidandir
Extimol xayotning
Go‘zalligi xam
Dunyoda ayollar
Borligidandir
Ayol bor
Ayol bor dunyoda baxt bor iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
Ayol bor dunyoda pariruxsor bor,
Ayol bor dunyoda ul gulruxsor bor,
Ayol bor dunyoda gul bor, bahor bor,
Ayol bor dunyoda oshig‘i zor bor.
Ayol bor dunyoda gulga misol bor,
Ayol bor dunyoda dilga timsol bor,
Ayol bor dunyoda malak dildor bor,
Ayol bor dunyoda vasli diydor bor.
Ayol bor dunyoda hofizu tor bor,
Ayol bor dunyoda qo‘shiq, ash’or bor,
Ayol bor dunyoda Ahadga yor bor,
Ayol bor dunyoda lablari ol bor …
Ayol bor dunyoda baxt bor, iqbol bor,
Ayol bor dunyoda shirin xayol bor,
Ayol bor dunyoda ishq bor, visol bor,
Ayol bor dunyoda sohibjamol bor.
Muqaddas ayol
Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi,
Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi,
Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Avval kelib, quchog‘ingga to‘l, balq dedilar,
Unamading ayol asli ters xalq dedilar,
Yetolmagach yuz o‘girib, sho‘r taxt dedilar,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Talpinasan astagina va qo‘yasan bosh,
Mingyillikdir ko‘zlaringda jovdiragan yosh,
Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,
Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,
Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,
Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,
Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor,
Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
Quyosh o‘ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,
Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.
Men seni azizim deyinmi, ayol?
Sen bir chechakmiding bogda ochilgan,
Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan,
Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen uchun yozildi qancha qo‘shiqlar,
Ortingdan ovvora qancha oshiqlar,
Qoshingda eridi toshdan qattiqlar,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Seni haq yo‘lingdan toydirguchi ko‘p,
So‘ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko‘p,
Ba’zida joningdan to‘ydirguchi ko‘p,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Erta saharlarda uyqudan kechib,
Dalaga otlanding, bolang opichib,
Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ba’zi erkaklarda qolmadi imon,
Er-hotin qo‘sh-ho‘kiz desalar-yolgon,
Qo‘shni endi yolgiz tortasan giryon,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Joying poygak bo‘ldi, doim, to‘r emas,
Mehnating, zahmating oshkor, sir emas,
Joningni dedilar qirqta, bir emas,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Yurakda qoldirding o‘chmaydigan iz,
Dunyoda tushunding sen meni yolgiz,
Mayliga desinlar meni «feminist»,
Men seni azizam deyinmi ayol?
Sen mening singlimsan, opam yo onam,
Yoki bir kelinchak, yoki bir sanam,
Senga qurbon bo‘lsin bu jon, bu tanam!
Men seni azizam deyinmi ayol?
Ozgina yumshadi bugun tosh diydam,
Sutingiz hurmati, aziz volidam,
Ayolga bitildi ushbu qasidam,
Men sizni azizam deyinmi ayol?
8-mart ayollar bayrami munosabati bilan tabriklar izlayotgan bo‘lsangiz ushbu sahifani ko‘rib chiqishingiz mumkin: 8-mart tabrik 2023-yil uchun eng sara tabriklar va tilaklar
Bolalarga bering dunyoni
Ashurali Boymurod she’ri
Bolalikning bagʻri keng, toza,
Oʻynab-kulsa qanday zoʻr, soz-a.
Soydek joʻshib koʻnglin xoʻp yoza,
Jilovlasin ikki daryoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Pur hikmatni oʻrganar sizdan,
Odati shu – yuradi izdan.
Goho kuchli, zehnli bizdan,
Tanib olsin ilm-u ziyoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Moʻjizalar qilmoqqa qodir,
Oʻzbek oʻgʻli – bolajon botir,
Yuragida polvonlar yotur,
Maʼrifatdan qurgay binoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Yarashadi shirintoyligi,
Begʻuborlik uning boyligi,
Shoʻxliklari gul chiroyligi,
Shodga ulab yer-u samoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Oymomodan tushgan kulchalar,
Yertandirda pishgan kulchalar.
Vatan uchun aziz shunchalar,
Dunyo qadar kengdir imkoni,
Bolalarga bering dunyoni.
Sening bayraming
Nozim Hikmat she’ri
Sening bayramingga loyiq
so’zlarni topayin qanday?
Gullasin olcha gullaganday
senda tiriklik, sog’lik.
Kap-katta qiz bo’lding, orlik,
eng sevinchli chog’ingdasan.
Hech so’nmasdan porillasin
ko’zlaringda baxtiyorlik.
Kunlar quyoshli, tansiq,
otang qirg’oqqa kelajak.
Senga keltirib berajak
tangalari oltin baliq.
Men esa ozgina cho’g’lik
she’rimni etaman armug’on.
Naq gulsan bu uyda, bolajon,
sendan taralar yorug’lik.
Dunyoni topshiraylik bolalarga
Nozim Hikmat she’ri
Dunyoni topshiraylik bolalarga, hech bo’lmasa bir kunga,
Ol alvon bir shar kabi beraylik o’ynasinlar.
O’ynasinlar qo’shiqlar kuylab yulduzlar orasida.
Dunyoni bolalarga topshiraylik.
Ulkan bir olma kabi, topshiraylik issiq bir non kabi,
Hech bo’lmasa bir kun to’ysinlar.
Dunyoni bolalarga topshiraylik.
Bir kun bo’lsa ham o’rgansin dunyo yo’ldoshlikni.
Bolalar dunyoni olajak qo’llarimizdan,
O’limsiz daraxtlar ekajaklar.
Qiz bola
Oching, eshiklarni qoqqan menman,
eshiklarni bir-bir qoqyapman qars-qars.
Men sizning ko’zingizga ko’rinolmam,
o’liklarni ko’rish mumkinmas.
Men o’lganman Xirosimada,
yillar o’tdi, o’tdi sanalar.
Yetti yoshli qizdirman hamon,
ulg’aymaydi o’lgan bolalar.
Sochlarim tutadi olovlarda,
ikki ko’zim yondi, dovruldi.
Bir hovuch kukunga aylandim,
kukunim havoga sovruldi.
Men sizlardan yolg’iz o’zim uchun
hech bir narsa so’ramayman, yo’q.
Bir qoshiq shakar ham yeyolmaydi
qog’ozday yonib ketgan jujuq.
Eshiklarni qoqqan menman, oching,
qo’l qo’ysin har inson — har qishloq,shahar.
Bundan buyon bolalar o’ldirilmasin,
bundan buyon yeelsin shakar.
Bolalarga
Hamid Olimjon she’ri
Osmonlarni tsldirib
Samolyot stib ketdi.
Uning kuchli ovozi
Olamni tutib ketdi.
Аy Vatanim qurgan qush,
Tsxta, meni olib ket!
Tsxta, bir xat berayin,
Qanotingga solib ket.
Osmonlarda mening ham
Bitta lochin akam bor.
Xatimni ber, o’qisin,
Oʼqisin takror-takror.
Vatannmiz yoviga
Omon berma — deb yozdim.
Orden olmasdan turib,
Uyga kelma — deb yozdim.
Osmonlarni to’ldirib,
Samolyot sotib ketdi.
Uning kuchli ovozi,
Olamni tutib ketdi.
Bu qiziq… Arboblar
Bolalar baxti
Hamid Olimjon she’ri
Shodligim ko’kka sigʼmas,
Bitmas baxtim bor manim.
Meni baxtiyor qilgan,
Shu yengilmas vatanim.
Dushmanga omon bermas,
Harbir askar otgan o’q.
Dunyoda menikiday
Katta va zo’r vatan yo’q.
Yovning o’qi, hechqachon
Аskaridan o’tmaydi.
Nishon olsa osmonni
Samolyotga yetmaydi.
Shuning uchun qishloqlar
Kun kechirar sokin, tinch,
Shaharlarning qalbida
Kecha va kunduz sevinch.ni tutib ketdi.
Pahlavonsan desalar
Qambar O’tayev she’ri
Oyi, sizda gapim bor,
Hammaga ayting takror.
Kim: «mittivoysan» desa,
Ayab rahmimni yesa,
Ezilib ketar ichim,
Yo’qolib qolar kuchim.
Pahlavonsan desalar,
Qahramonsan desalar
Kattalar qilolmagan,
Kattalar bilolmagan
Bir zo’r ish qilgim kelar,
Eng polvon bo’lgim kelar.
Bilim oling
Ilhom Nasafiy she’ri
Bilim oling do’stlarim,
Aqlli bo’ling doim,
Hormang ilm olishda,
Oqillardek bo’lishda,
Dono bo’ling har ishda,
Ilmlilar xor bo’lmas,
Rostdir bu, yolg’on emas!
Tavsiya etamiz : she’rlar to’plami
Lola guli haqida sara sherlar to‘plami
Lola guli haqida sherlar to‘plami. Ushbu sahifa orqali lola gulga atalgan eng sara va manoli sherlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Lola va qizbola
Cho‘qqining uchida turar bir lola,
Lolani uzmoqchi bo‘lar qiz bola.
Cho‘qqiga tirmashdi, lekin bo‘lmadi,
Lolani olmasdan, ko‘ngli to‘lmadi.
Olishga ojizlik qilsa. u netsin,
Loladan voz kechib, qayga xam ketsin.
Bir maxal «alpinist» yigitcha kelib,
Va qizning ko‘nglida, ne maqsad bilib.
Bir zumda chiqdi u, qoya uchiga,
Qiz xayron qolgandi, uning kuchiga.
Yigitcha avaylab, lolani uzdi,
So‘ng pastga tushdida, qizga tutqazdi.
Lola bir baxona, birlashdi ko‘ngil,
Bu sherim, sevgidan — faqat bir shingil.
Meni tanidingmi lola qizg‘aldoq
Men o‘sha saharda yoningga borib,
Olovrang yaprog‘ing tutgani qo‘rqqan.
Uchib ketmagin deb shamol qahriga,
Xurkak vujudingga bezovta boqqan.
Visol og‘ushida titraydi dudoq,
Meni tanidingmi lola qizg‘aldoq.
Jamolingga maftun bo‘lganday go‘yo,
Nechun tegrangda gir aylanar samo,
Suluv ruxsoringda, noz, ibo-hayo,
Mitti qalbing bilan jonimga oro,
Bermoqchi bo‘lasan nelardan saboq,
Ko‘klam kelinchagi — lola qizg‘aldoq.
Ko‘ngil daftarimga bir davo istab,
Yoningga shoshaman notavon bo‘zlab.
Dardu alamingdan mayli ber so‘zlab,
Ayt menga nedandir bag‘ringdagi dog‘,
Sovuq qish ketidan ko‘klam kelur boq,
Lola qizg‘aldog‘im, lola qizg‘aldoq.
Tarif berolmadim senga tuzukroq,
Chunki dilsonimda so‘zlarim kamroq,
Aslida sal yoshman, tajribasizroq,
Lek ko‘ngil daftarim hamisha oppoq.
Izg‘irin chekinar sen ketma biroq,
Lola qizg‘aldog‘im, lola qizg‘aldoq.
Lola gulim sog‘indim sizni
Lola gulim sog‘indim sizni,
Netay dardim aytaman sizga.
Yuragimni ovutish uchun,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Zora ko‘nglim shu bilan to‘lsa,
Mayus tortgan ko‘zlarim kulsa,
Musofirda ko‘nglingiz bo‘lsa,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Ko‘p kuttirmang so‘zlarim tinglab,
Nozlar qilmang sabrimni sinab,
Meni emas yuragim o‘ylab,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Mayli kutay qancha bo‘lsa ham,
Bir davo bor qalbimga malham,
Bittagina eski bo‘lsa ham,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Ko‘p qo‘ng‘iroq qilaman tinmay,
So‘zlashganda jig‘imga tegmay,
Internetni baxona qilamay,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Qizg‘onmang hech qora ko‘zlarni,
Axir men ham yoqaman sizga.
Agar rosdan sevsangiz meni,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Sizdan olis yiroqmanda ko‘p,
Vafolisiz bundan ko‘nglim to‘q,
Joningizni so‘raganim yo‘q,
Rasmingizni jo‘nating menga.
Sher yozganda sherlarimdasiz,
Qodirni ko‘p hayolidasiz,
Balki sherim yoqmay kulasiz,
Yana sherlar yozaman sizga.
Rasmingizni jo‘nating menga.
Lolajon
Beun og’rinasan ko’nglim sezadi,
Nega bunchalar mayussan lola,
Suyangani do’sting yo’qmi yo dona,
Lola , lolajon yolg’izim lola.
Mudom qarasam boshing egik hol,
Yolg’izlik seni ham qildi xasta xol,
Qalbimdan lolalar uzgim olaqol,
Lola , lolajon yolg’izim lola.
Husnda olamda tengsizsan bilsang,
Qizlardek chiroying maqtab yurmaysan,
Qancha go’zal bo’lsa , shuncha hokisor,
Lola , lolajonim yolg’izim lola.
O’ksinma menda ham sening savdoying,
Yolg’izman , yolg’izsan menman shaydoying,
Tashlab ketdi yorim ham ne edi xatoyim,
Lola , lolajon yolg’izim lola.
Bugun dalangda yastanib tunda,
Yangi oy chiqqanda niyat qilamiz,
Vafosizlar bizdan tongani uchun,
Ikkimizga vafoli yorlar tilaymiz.
Qaddingni tik tut do’stim,
Borman yoningda,
Toki tirik ekanman,
Qalqonman joningga,
Qip qizil yaprog’ing yuragingmidi,
Uzilgan barglarning tilagingmidi,
Bu dunyo og’ir dard do’stim chiday qol,
Ox lolajon , yolg’izim lola.
Lola qizg‘aldoq
Yuragimni tildi har kuni,
Sovuq qishning sovuq nafasi.
Sevgi do‘stlik vafo muhabbat,
Tark etdiku barcha barchasi.
Iforlaring tarat qirlarga,
Qalbimni tark etsin armonlar,
Ishonmayman shirin so‘zlarga,
Dunyoda ko‘p ekan yomonlar.
Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq,
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.
Ichimdagi dardu alamni,
Sendan boshqa tinglaguvchi yo‘q,
Aldab ketgan go‘zal sanamni,
Menday har kun o‘ylaguvchi yo‘q.
Yomg‘irlarning ostida ivib,
Bugun seni yoningda qolay,
Bu bevafo dunyoga kulib,
O‘lsam hamki yoningda o‘lay.
Men bahorni intiqib kutdim,
Yuragimga yana olov yoq,
Dalalaru soylardan o‘tdim,
Salom senga lola qizg‘aldoq.
Lola qizg‘aldoq 2
Mendan nima qolar:
Ikki misra sher,
Ikki sandiq kitob,
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o‘ylayman
O‘zimdan ko‘proq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Men ketsam, yomondan
Yiroq bo‘l, ohu,
Chunki sen chiroyli,
Ko‘rkli bir juvon.
Yomon kunlar bir kun
Yaxshi bo‘lar-u,
Yomon odam yaxshi
Bo‘lmas hech qachon…
Yasha chegarada
Turgandek ogoh,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Uyda yotibman-u,
Sezib turipman,
Ko‘kda kelayotir
Qushlar qaytishib.
Xayrlar yog‘dirib
Qanotlaridan,
Xasta shoiriga
Vido aytishib.
Bor, mening uchun ham
Ularga qo‘l qoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ularni men yana
Ko‘rarmanmi-a,
Ayvondan odamdek
Kuzatolmadim.
Kuz. To‘ylar boshlandi.
Yuragim pora –
Bitta qizimni ham
Uzatolmadim…
Demak, taqdir ekan
To‘y ko‘rmay o‘lmoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Biroq, ko‘nglim sezar,
Mendan keyin ham,
Bir kun bu hovliga
Odam to‘ladi.
Hali to‘ylar qilib
Charchaysan, erkam,
Mening qizlarim eng
Baxtli bo‘ladi!
Kelinlar ko‘ylagi
Ruhimday oppoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Gulim, yaqinroq kel,
Qara, ne savdo,
Bu ajib ishlarni
Dil lavhiga yoz:
Kimga qasr yetmas,
Kimga mol-dunyo,
Menga esa havo
Yetmaydi, xolos.
Tiriklar mudroqda,
O‘liklar uyg‘oq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ko‘ksim kuyib borar,
Ko‘krak yonmoqda,
Ayting do‘xtirlarga,
Yorishsa yorsin!
Jism o‘z ulfati –
Jondan tonmoqda.
Bechora jon endi
Qayerga borsin.
Endi osmon yiroq,
Endi yer yumshoq –
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Buni hayot derlar,
Unutma aslo,
Bir kun ochilasan,
Bir kun so‘lasan.
Qalbimda-ku, faqat
Sen eding tanho,
Qabrim ustida ham
O‘zing bo‘lasan.
Sen bizning sevgidan
Xotira – bayroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ayol qalbing bilan
Suv kech, olov kech,
G‘am kelsa boshingdan
Xushing uchmasin.
Xudodan so‘radim:
Mendan keyin hech,
Nomard kimsalarga
Ishing tushmasin.
Ularning qo‘lida
Hamisha tuzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Ishing tushsa, inim
Muhammadga bor,
Shoirlar ichida
Ishonganim shu.
Biroz ichishini
Aytmasa agar,
Ko‘ksi tiniq bola,
Halol bola u.
Faqat sal soddaroq,
Faqat sal yoshroq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Jon so‘ngi boshpana
Toparkan ongda,
U yurak ostida
Derdim men bo‘lsam.
Ajablanma agar
Ertaga tongda
Seni o‘pib, O‘shni
Quchoqlab o‘lsam.
O‘tinchim – tepamda
Yig‘lama uzoq,
Lola, lolajonim,
Lolaqizg‘aldoq!
Qiziqarli malumotlar
Bolalar haqida she’rlar to‘plami