Bolalar bilan qanday gaplashish kerak?
Ma’lumki, onalar farzandlari bilan beixtiyor baland ovozda suhbatlashadi. Bu bolalarini tinchlantirish va ularga do‘stona ko‘rinish imkonini beruvchi mexanizm, deb tasdiqlaydi Sidney universiteti mutaxassislari. Bundan tashqari, baland ovozdagi so‘zlar tushunarliroq eshitiladi va bolaning tilni o‘zlashtirishiga yordam beradi. Tadqiqot davomida 8 nafar ona-bolaning suhbat jarayonidagi ovoz xususiyatlarini yozib olindi. Olimlar elektromagnit artikulografiyasini ham qo‘llab ko‘rishdi. Keyin to‘plangan ma’lumotlar shunga o‘xshash boshqa tadqiqotlar (ularda hayvonlarning har-xil turlari o‘rganilgan) ning ma’lumotlari bilan taqqoslandi. Tekshiruvlar orqali aksariyat hayvonlar ham yuqorida aytib o‘tilgan usulga o‘xshash tarzda bolalarini tinchlantirishi ma’lum bo‘ldi. Masalan, yirik hayvonlar bolalarining oldiga yaqinlashgan paytda dahshatli ko‘rinmasliklari uchun balandroq ovoz chiqarishadi. Kichkina hayvonlar esa qo‘rqinchliroq ko‘rinishi uchun past ovozdan foydalanadi. Shu orqali ularning bolalari o‘zlarini xavfsiz his qiladi. Mirjalol Madvaliyev tayyorladi. soglom.uz/tavsiya/bolalar-bilan-qanday-gaplashish-kerak/Bolalar bilan qanday gaplashish kerak?
DO`STLARGA ULASHING:
Bolalar bilan qanday gaplashish kerak?