BOLAGA ISM FAMILIYA BЕRILISHINING TARTIBI QANAQA ? to’liq malumot oling
BOLAGA ISM FAMILIYA BЕRILISHINING TARTIBI QANAQA ?
📃 Oila kodeksining 69-moddasiga ko‘ra, bola ism, ota ismi va familiya olish huquqiga ega.
✅ Bolaga ism ota-onaning kelishuviga binoan, ota ismi — otasining ismiga ko‘ra beriladi.
✅ Bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi. Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin.
❗️Ota-ona o‘rtasida bolaning ismi yoki familiyasi bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganda, kelib chiqqan nizo vasiylik va homiylik organi tomonidan hal etiladi.
Yuridik
BOLAGA ISM FAMILIYA BЕRILISHINING TARTIBI QANAQA ?