Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki chimxo‘r bo‘lsa, uni qanday bartaraf qilish mumkin?
“Bolam kam ovqat yeydi”, “Farzandimga ovqatni majburlab yediraman”, — kabi onalar shikoyatini ko‘p eshitganmiz. Haqiqatdan ham, bolalar ovqatni yaxshi yemasligi sababi nimada? Ota-onalar xavotiri boisini tushunish mumkin. Chunki bola to‘laqonli ovqatlanmasa, sog‘lom o‘smasligi va yaxshi rivojlanmasligi mumkin. Bolalarning ovqatdan bosh tortish sabablari juda ko‘p. Ularning oldini olish uchun ota-onaga sabr, kichkintoyga nisbatan diqqat-e’tibor kerak bo‘ladi. Bola betob bo‘lganda uning hatti-harakatlari birdan o‘zgarib qoladi. U injiq, qaysar, yig‘loqi bo‘ladi. Ishtahasi bo‘g‘iladi. Bunday paytda darhol bola haroratini o‘lchab, yotqiziladi va shifokor chaqiriladi. Shifokor kelib, bola kasalligini aniqlagunga qadar unga qaynagan suv yoki shirin choy beriladi. Mutaxassislarning fikrlaricha, muddatdan avval tug‘ilgan ayrim qizaloqlarda bosh miyaning oziqlanish markazi shikastlanishi natijasida ko‘rish qobiliyati susayishi va ishtahasizlik kelib chiqishi mumkin. Masalan, anoreksiyada umuman ovqatdan voz kechish yuzaga keladi. Bunday bolalarni ovqatga chaqirsangiz unamaydilar, yesa hatto qusishi ham mumkin. Bola bo‘shashib, ozib ketadi. Ko‘pincha, anoreksiya o‘spirin qizlarda turli xil parhezlar ta’sirida, yosh bolalarda esa keskin qo‘rqish oqibatida kelib chiqadi. Bunday vaziyatda bola nafaqat davolovchi shifokor, balki ruhshunos yordamiga ham muhtoj bo‘ladi. Anoreksiyada organizm trofikasi va ichak faoliyatini yaxshilash uchun apilak, sut va nordon sut mahsulotlari (qatiq, tvorog, zardob), bifidum va kolibakterin, bifikol, sut laktobakterini kabilarni shifokor maslahatiga ko‘ra qo‘llash tavsiya etiladi. Bolalarning sof havoda yetarlicha bo‘lishi, to‘g‘ri rejim, ijobiy ruhiy muvozanat, massaj, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, chiniqtirish, shifobaxsh vannalar qabul qilish kabi tadbirlar yordamida ishtaha buzilishining oldi olinadi. Asabiy bolalarda ovqat paytida so‘lak kam ajraladi. Ular hatto kichkina kotlet yoki quyuq ovqatlarni yeyolmaydilar. Bunday paytda ovqatdan oldin chuchuk mevalar (olma, nok), mevali va sabzavotli sharbatlar beriladi. Bolangiz sog‘lom bo‘lsa, ammo ovqatlanishda uni yeyman, buni yeyman deb xarxasha qilsa, chimxo‘r bo‘lsa, hamma ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng non kovshasa aslo diqqat bo‘lmang. Bu ishda sizning ittifoqdoshingiz – bola ishtahasidir. Ishtahaning tabiiy yo‘l bilan ochilishiga imkon bering. Ko‘pchilik onalar nonushta va tushlik orasida, sayr vaqtida bolalariga non, pechenye berib ishtahasini bo‘g‘ib qo‘yadilar. Bunday qilishni to‘xtatish kerak. Bola yaxshigina och qolsa, maza qilib ovqatlanadi. Ovqatdan bosh tortmay, aksincha qo‘shimcha ovqat suzib berishni so‘raydi. Faqat ko‘krak suti bilan boqilgan chaqaloqlar bir yoshgacha bo‘lgan paytlarida o‘zlariga zarur bo‘lgan ovqatni tanlay oladilar. Chunki ularning ta’m bilish qobiliyati hali buzilmagan bo‘ladi. 2-5 yoshlardagi bolalarga oldin birinchi taomni to‘la yedirish, so‘ngra qolganlarini berish lozim. Aks holda bola ovqat tanlaydigan, injiq bo‘lib qoladi. Turli shirinliklar va’da qilib bolani ovqatga undash, bittagina konfet berish, bolangizni ovqatdan tamoman voz kechib, sizni xohlagan ko‘yga solishi uchun yetarli bo‘ladi. Bunday paytda, ona mehrining eng ma’qul ko‘rinishi bola sog‘lig‘i uchun kerakli bo‘lgan ovqatlanish rejimiga qat’iy rioya qilishdir. Bola bir oz qaysarlik qilsa, butun oila uning oldida parvona bo‘ladi. Darhol unga qiziqtirish uchun ertaklar aytiladi, chapak chalinadi, stol ustiga yaxshi ko‘rgan o‘yinchoqlari qo‘yiladi. Ovqat yesa “rag‘batlantiruvchi konfet yoki boshqa bir shirinlik”lar va’da qilinadi. Buning o‘rniga ovqatni stoldan olib qo‘yib bolaning yaxshilab ochiqishini kutish kerak. Har qaysi ona “bitta qoshiq oyi uchun, bittaginasi dada uchun”, deb bolasini zo‘rlab ovqat yedirganining ko‘p guvohi bo‘lganmiz. Majburlab yedirilgan ovqat kichkintoy uchun faqat zarar olib keladi. Aksincha, biron bir bo‘tqa, kisel yoki sabzavotli pyurega nisbatan nafratini oshiradi. Har bir katta yoshli odamning umuman yoqtirmaydigan taomi bo‘ladi. Odatda, bu uning bolaligida majburlab yedirilgan taomi bo‘lib chiqadi. Shuning uchun bola qornini deyarli to‘ydirgandan keyin, qolganini yemayman deb tixirlik qilsa, uni aslo majburlamang. Bolalarga u yoki bu mahsulotning foydasi unchalik tushunarli bo‘lmaydi. Shuning uchun turli sharbat, bo‘tqalar foydasi yoki uni yemasa tishi og‘rishi haqida haddan ziyod nasihat qilmang. Bolangizning ta’bi buzilgan bo‘lsa, (ko‘p narsa tatib ulgurgan) u atayin ko‘p shokolad yeyishi mumkin. Undan ko‘ra bolani oddiy, foydali uy taomlari bilan ovqatlantiring. Bolalarni to‘g‘ri ovqatlantirishda asosiy va almashtirib bo‘lmaydigan mahsulot sut va sutli mahsulotlar hisoblanadi. Sut me’da shirasi kislotaligini pasaytiradi, bu uni gastrit, yara kasalligi, o‘t pufagi va jigar kasalliklarida qo‘llashga yo‘l ochadi. Sigir sutida 2,8% to‘la qimmatli oqsil mavjud. Sut oqsilida almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar – lizin, metionin, triptofan, leysin, valin, argininlar bo‘lib, ular mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Sigir sutida yog‘ miqdori 3,5-6% gacha bo‘lib, yengil hazm bo‘ladi. Sutda qand miqdori laktoza – 4,5% bo‘ladi. Sut turli mineral tuzlarga, ayniqsa, fosfor- 0,9 g/l va kalsiy- 0,5 g/l ga boy. Sutda temir moddasi kam, biroq u yaxshi so‘riladi. Bundan tashqari sut C, B, A, D, E vitaminlariga boy. Sigir suti oqsilini ko‘tara olmaydigan bolalarga davo sifatida echki suti tavsiya etiladi. Bolalar ovqatlanish tartibida nordon sut mahsulotlari: jumladan qatiq keng qo‘llaniladi. Qatiq ichish parhezda, bolalarda ichak infeksiyasi, disbakterioz, raxit, gipotrofiya, kamqonlik, zotiljam, ovqat allergiyasi va anoreksiya kabi kasalliklarda hamda antibiotiklar keng qo‘llanilganda tavsiya etiladi. Qatiq organizmda kalsiy, temir va D vitamini ko‘payishiga imkon beradi. Ichaklarda ovqat hazm bo‘lishi va singishini yaxshilaydi, me’da shirasini kuchaytiradi. Qatiq chirindi va patogen mikroblarning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi, ichak mikroflorasini me’yorga soladi. Nordon sut mahsulotlarida B2 va B12 vitaminlari miqdori yuqori bo‘ladi. Yangi ivitilgan qatiq ichni yaxshilaydi, ikki — uch kunlik qatiq esa aksincha, ichni qotiradi. Tvorog bola ovqatida qimmatli mahsulot hisoblanadi. U oqsilga (14-18%) boy bo‘lib, tarkibida turli aminokislotalar ko‘p. Tvorogda ayniqsa metionin mo‘l, u o‘sayotgan organizm va jigar kasalliklari bilan og‘rigan bolalar uchun nihoyatda foydali. Tvorog oqsili sut oqsiliga nisbatan oson hazm bo‘ladi. Tvorogda kalsiy, kaliy va fosfor ko‘p miqdorda bo‘ladi. Shu bois u raxit, osteomiyelit kasalligiga chalingan bolalar uchun juda zarur mahsulot hisoblanadi. Sut mahsulotlaridan pishloqda ham oqsil, yog‘lar, kalsiy va fosfor tuzlari ko‘pdir. Yosh bolalarga oz-ozdan pishloqning o‘tkir bo‘lmagan, yumshoq navlaridan beriladi. Pishloqni yuqumli kasalliklar bilan og‘rib, zaiflashgan, kasalmand va operatsiyadan chiqqan bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq.Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki chimxo‘r bo‘lsa, uni qanday bartaraf qilish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Bolaning umumiy ahvoli
Ishtahaning tug‘ma buzilishi
Ishtaha buzilishi
So‘lak kam miqdorda ajralishi
Bolangiz och qolishidan qo‘rqasiz
Hamma ovqatlarni ( salat, sharbatlar, shirinliklar, mevalar)ni dasturxonga birdaniga qo‘ymang
Erkalashdan voz keching
Tushlik yoki kechki ovqatni tomoshaga aylantirish
Majburlab ovqat yedirish
Ovqatlanish paytida ortiqcha nasihat qilmang
Sut – beqiyos jannatiy ne’mat
Bola yaxshi ovqatlanmasa yoki chimxo‘r bo‘lsa, uni qanday bartaraf qilish mumkin?