Bola va donishmand to’liq malumot oling

Bola va donishmand to’liq malumot oling

Yoz kunlaridan birida donishmand o‘z aravasida xayol surib ketayotgan ekan. Birdan arava to‘xtab qolibdi. Donishmand engashib qarasa, ko‘chaning o‘rtasida bir yosh bola loy o‘ynab o‘tirgan ekan. Donishmand nazar solsa bola loydan shahar qurayotgan ekan.
Bola aravaga bir qarabdi-yu, yo‘lni bo‘shatishni xayoliga ham keltirmay o‘tiraveribdi. Donishmand boladan:
Xo‘sh, kichkintoy, nega aravaga yo‘l bermayapsan? — deb so‘rabdi.
Bola boshini ko‘tarib unga qarabdi-da:
Taqsir, ko‘rmayapsizmi, shahar qurayapman, shahar de- vori aravaga yo‘l bermaydi, balki arava shahar devorini aylanib o‘tadi, — deb javob beribdi.
Bu javob donishmandni ajablantiribdi. U aravadan tushib bolaning oldiga kelibdi-da:
Menga qara, kichkintoy, sen hali yosh bo‘lishingga qaramay, juda aqlliga o‘xshaysan! — debdi.
Nega? Quyon bolasi tug‘ilganining uchinchi kuniyoq da­la bo‘ylab yugura oladi. Nahotki yoshim yettida bo‘la turib oddiy narsani bilmasam? — deb javob beribdi bola.
Donishmand kulimsirabdi, keyin so‘rabdi:
Bir-ikkita savol bersam maylimi? Agar javob bersang, chindan ham aqlliligingga ishonaman.
Mayli, — debdi bola.
Bo‘lmasa ayt-chi, qanday olovning tutuni bo‘lmaydi? Qanday suvda baliq yashamaydi? Qanaqa togda tosh bo‘l­maydi? Qanday daraxt shoxlamaydi?
Bola o‘ylab turib javob beribdi:
Yaltiroq qurt yoruglik taratadi-yu, tutuni bo‘lmaydi. Buloq suvida baliq yashamaydi. Qum uyumidan hosil bo‘lgan togda tosh bo‘lmaydi. Chirigan daraxt shoxlamaydi.
Donishmand bolaning javoblarini eshitib hayron qolibdi. Biroq hali u biron narsa deyishga ulgurgani ham yo‘q ekanki, bola quvlik bilan ko‘zlarini chaqnatib:
Men ham siz dan ba’zi narsalarni so‘rasam maylimi? — debdi.
So‘ray qol! — deb javob beribdi donishmand.
Lekin bir shartim bor: agar javob berolmasangiz, loy shahrimni aylanib o‘tasiz.
Xo‘p, mayli! — debdi donishmand kulimsirab.
Ayting-chi, osmonda nechta yulduz bor?
Bolaginam, — debdi donishmand, — nega bunday uzoqdagi narsalarni so‘raysan? Mendan atrofdagi narsalarni so‘ragin, darhol javob beray.
Bo‘lmasa, — debdi bola so‘zida davom etib, — ayting-chi, qoshingizning tuki nechta?
Donishmand kulib yuboribdi. Uni qarang-a? Shu kichkina bola donishmandni yutdi-ya!
Donishmand kulimsirab aravasiga chiqibdi-da, aravakashga bola qurayotgan loy shaharchani aylanib o‘tishni buyuribdi.

Ertaklar, Jahon xalq ertaklari

Ertaklar
Bola va donishmand