Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi

Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi

Ushbu maqola www.babycenter.com hamda www.aap.org ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

Oyoqdagi noxush hid, qadoq va tovon yorilishiga qarshi davo usullari

Chiroyli qo’llar singari chiroyli oyoq ham juda ko’rkam ko’rinadi. Biroq ko’p insonlar o’z oyoqlariga bee’tibor bo’ladilar. Parvarish qilinmagan oyoq jussani xunuklashtiradi va sog’liq uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oyoq kasalliklaridan uy sharoitida muntazam muolaja va parvarish bilan qutilish mumkin. Quyida ularni ko’rib chiqamiz.

  • Oyoq iliq sho’r suvda vanna qilib turilsa (2 litr suvga 1osh qoshiq osh tuzi solinadi) oyoqdan noxush hid kelmaydi.
  • Oyoqlarni iliq suvga solib o‘tirilsa (oyoq vannalari) teri­si tozalanadi, charchoq kamayadi va qon aylanishi yaxshilanadi.
  • Oyoq terlaydigan bo’lsa yotishdan oldin limon sharbati surtib yoting.
  • Romashka damlamasi ham oyoq terisi uchun juda foydali.

Oyoqda qadoq paydo bolganda yordam beradgan muolajalar:

  • 2litr qaynagan suvga 1choy qoshiq osh sodasi va 1osh qoshiq maydalangan xo‘jalik sovuni solib, ko’pirtirib olinadi. Bu suvda oyoqlar 20-30 daqiqa ushlab turiladi. Vanna qabul qilinganidan so‘ng oyoq tagi yuzasi moyli krem bilan uqalaniladi. Qadoqni bir yuvganda ketkazaman demang, yoriqchalar paydo bo’lishi mumkin.
  • Oyoq barmoqlaridagi qadoq ustiga yupqa qilib tish pastasini surting va to‘liq quriganidan keyin bemalol poyabzal kiying. Tish pastasi qadoqni zararlantirib, sizni og‘riqdan xalos etadi.

Ba’zi odamlarning tovoni yorilib, terisi quruqlashib ketadi. Tovon yorilishi garchi inson hayotiga xavfli bo’lmasada, sog’liq uchun zararli.

Tovon yorilganda quyidagi muolajalarni sinab korishingiz mumkin:

  • Kartoshkani mayda to’g’rab yoki qirg’ichdan o’tkazib oyoq tagiga qo’yib, bir necha soatga bog’lab qo’yiladi. Oyoq terisi yumshab, ivigan holga kelganidan so’ng kartoshka qoldiqlarini yuvib tashlab oziqlantiruvchi krem surtiladi.
  • Sovuq suvga olma sirkasini aralashtirib, oyoqni shu suvga solish kerak. Tovon yoriqlarida yaxshi natija beradi.
  • Atirgul losyonini tovon va tirnoqlarga massaj shaklida surting.

Xar doim shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling, unutmang tozalik va pokizalik-salomatlik garovi.

Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi?

Narsalarni tepadan ko’rish farzandingiz uchun juda hayajonli bo’lishi mumkin! Bola tik turishni o’rganishi uning uchun yana bir yangi dunyoni kashf etadi va bu holat uning mustaqilligi uchun juda muhimdir. Shu bilan birga, ota-ona uchun ham bola oyoq bosishi yoki unga intilishi juda qiziqarli va quvonchli hodisadir.

Mening farzandim qachon tik turadi?

Kichkintoyingiz oyoqqa turishidan oldin mushaklari kuchini bilishi va ularni muvofiqlashtira olishi kerak, bunda unga dastlab aylanib o’tirishni o’rganishi yordam beradi.
Taxminan, olti oyligida farzandingiz sizning yordamingiz bilan o’tira oladi va yetti yoki sakkiz oylikda u mustaqil ravishda qulay o’tira olishi mumkin. Bunday paytda siz bolani ohista tortib, uni qo’llab-quvvatlash orqali o’rnidan turishiga yordam berishingiz kerak. So’ng bola oyoq bosishi jarayonini maroq bilan tamosha qilishingiz mumkin.

Yetti oylikdan bir yoshgacha farzandingiz o’zini tortib olishga harakat qilishi kerak. U yengil zarba bilan orqaga yiqilishidan (o’tirib qolishidan) oldin bir necha daqiqa davomida tik turishi mumkin.

Bola qachon oyoq bosadi?

Tug’ilgandan boshlab, farzandingiz oyoqlarini tegib turgan yuzaga mahkam biriktirib, «turish» uchun zarur bo’lgan reflekslarga ega bo’ladi. Agar siz yangi tug’ilgan chaqalog’ingizni tizzangizda tik tutsangiz, boshini tutishini qo’llab-quvvatlasangiz, u sizning oyog’ingizni muloyimlik bilan itarayotganligini his qilasiz.

Uch oyligiga kelib bu refleks o’zgaradi va chaqalog’ingiz oyoqlarining og’irligi yuzaga kela boshlaydi. Tabiiyki, farzandingiz bunday paytda tik turish uchun yetarlicha kuchga ega emas, shuning uchun uni tik turgan holatida ushlab, oyoqlarini yerga qo’ysangiz, u tizzasida turib qoladi.

So’ng bir necha oy ichida bola o’z vaznini ko’tarish uchun kuchga ega bo’lib boradi va oyoqlarini qattiq yuzaga tekkizgan holatda ushlab turadi, hattoki, bunday paytda bola yuqoriga va pastga sakrashi mumkin.

Farzandingiz olti oylik bo’lganda, agar siz uning tik turishi uchun yordam bersangiz, u o’z vaznini ko’tara oladi.

Yetti oylikdan o’n ikki oylikkacha bo’lgan davrda farzandingiz mebelni, xonadagi biror jismni ushlab tik turishga harakat qila boshlaydi.
Yetti oylikkacha uning mushaklari tik turishi uchun yetarlicha kuchga ega bo’ladi, lekin unda muvozanatni saqlash imkoni bo’lmaydi.
Agar siz bolani divanning yoniga qo’ysangiz, u muvozanat saqlashda yordam sifatida divanning tutqichini ushlab, osilib qoladi. Bu uning dastlabki katta harakati hisoblanadi.

Siz farzandingizga atrofni o’yinchoqlar va o’tkir narsalardan tozalash va yiqilib tushganda, yerga xafsizroq tushishi uchun yostiqlarni qo’yish orqali xavfsizligini ta’minlab berishingiz mumkin.

Bolada yiqilishni o’rganish — bolaning tik turishi va yurishini o’zlashtirishning muhim qismidir. Siz bu holatni taxminan, farzandingizning olti oyligidan boshlab ko’rishingiz mumkin.

To’qqiz oylikda farzandingiz tik turishi osonlashayotganligini sezishingiz mumkin. Biroq, u hali ham pastga erkin tusha olmaydi, aksincha, yengilgina zarba bilan o’tirib qoladi.

Farzandingiz mebelga o’zini tortganda, u dastlab oyoq barmoqlarida turadi. Ba’zi mashqlar bilan bola oxir-oqibatda oyoqlarida to’liq tekis turadi, bu esa uning yanada barqaror holatiga olib keladi.

O’n oylikdan bir yoshgacha bo’lgan muddatda, taxminan, bir yoshga kelib, farzandingiz mustaqil ravishda tik tura olishi mumkin. Bola hattoki, tik turgandan keyin tizzalarini qanday bukish va o’tirishni o’rgana boshlaydi.
Bu jarayon ham bolaning barcha rivojlanish bosqichlari kabi qiyinroq kechadi! Va bolaning ilk rivojlanish davrlar ota-onadan e’tibor va ma’suliyat talab qiladi. Chunki normadan og’ishlar yoki e’tiborsizlik oqibatida rivojlanishdan kechikishlar kuzatilishi mumkin.

Bu va shu kabi rivojlanish bosqichlarini kuzatib borish uchun «Lalu» mobil ilovasini yuklab oling hamda farzandingizning normal o’zgarishlarini kuzatib boring.

Bola oyoq bosmasa…

Agar chaqalog’ingiz bir yoshga to’lgunga qadar oyog’iga tiralishga va tik turishga intilmasa yoki uning hozirgi rivojlanashidan xavotirda bo’lsangiz, shifokoringiz bu haqida ayting. Barcha chaqaloqlar ko’nikmalarni turlicha rivojlantiradilar, ba’zilari boshqalarga qaraganda tezroq, ba’zilari sekinroq.

Agar chaqalog’ingiz erta tug’ilgan bo’lsa (homiladorlikning 37-haftaligidan oldin), u bu va boshqa muhim bosqichlarga boshqa chaqaloqlarga qaraganda biroz kechroq yetishishi mumkinligini yodda tuting.

Rivojlanish kechikishlari

Muhim bosqichlar biroz oldinroq yoki kechroq kuzatilishi me’yoriy bo’lsada, ba’zida kechikishlar odatiy emas, balki tibbiy sabab tufayli bo’lishi mumkin. Ba’zida bola oyoq bosishi (yoki boshqa) kabi muhim bosqichlar odatdagi vaqtdan haftalar yoki hattoki, bir necha oy o’tgach ham kuzatilmaydi. Bu kabi holat sodir bo’lsa, u rivojlanish kechikishi deb baholanadi.

Farzandingiz bilan pediatr qabuliga borganingizda, shifokor bolaning ushbu bosqichlarga erishganligini baholaydi. Farzandingizning ko’nikmalari normadan tashqarida bo’lsa, shifokor holatga sabab bo’layotgan boshqa tibbiy muammolar bor yoki yo’qligini aniqlaydi.

Tik turish yoki yurishning kechikishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ba’zi tibbiy muammolar quyidagilardir:

  • Daun sindromi;
  • Miya falaji;
  • Tug’ma ortopedik muammolar;
  • Mushak distrofiyasi.

Ushbu maqola www.babycenter.com hamda www.aap.org ma’lumotlari asosida «Lalu» jamoasi tomonidan tayyorlandi.

  • Метки Chaqaloq parvarishi, Maqolalar

Oyoqlari qiyshaygan tuzatuvchi Jorzilano (Chiroyli). Qurilma oyoqlarni “X” va “O” egriligi bilan to’g’rilash uchun mo’ljallangan.

Mukammal oyoqlarni orzu qilasizmi? Oyoqlarning individual shakllanishiga qarab, oyoqlarning to’g’ri shakli tizzalarini ichkariga yoki tashqariga yurish odati bilan buzilishi mumkin. Tuzatish kamarlari oyoqlaringizni to’g’ri ushlab turishga yordam beradi, asosiysi – kamarlarni muntazam ishlatish. Oyoqlarning egriligi uchun uy vositasi – bu oyoqlarning egriligi bilan bog’liq ko’p muammolarni hal qilish! Dam olish paytida uni oyoqqa qo’yish kerak (televizor ko’rish, kompyuterda ishlash, uxlash, dam olish).

Oyoqlarning egilishini to’g’rilash uchun bu bandajlarni muntazam kiyish bilan siz qisqa vaqt ichida jiddiy o’zgarishlarni yaxshi tomonga ko’rishingiz mumkin! Va agar siz oyoqlarning uyg’unligi masalasiga jiddiylik bilan yondashsangiz, unda vaqt qanday tez o’tayotganini, oyoqlaringiz tekis va chiroyli bo’lib qolganini sezmaysiz va hech kim ulardan yuz o’girmaydi va ularga hamdardlik bildirmaydi. yuz! Oyoqlari qiyshiq bo’lgan har bir qizning juda katta majmuasi bor, ular yordamida ba’zilari iste’foga chiqadi, ba’zilari esa xavotirda. Har bahor kelishi bilan bunday qizlar uchun yana bir inqiroz bo’ladi. Nima kiyishim kerak? Qanday qilib oyoqlarim qiyshayib, bunday sandiq yubka kiysam bo’ladi? Bugungi kunda ko’plab forumlar savollarga to’la: egilgan oyoqlarni qanday tuzatish kerak? Oyoqlarni tuzatish operatsiyasi qancha turadi? Shifokor bilan uchrashuv qachon? Og‘riqmi? Yon ta’siri qanday? Savollar juda ko’p. Oyoqlarini qiyshaytirib tuzatish uchun muvaffaqiyatli operatsiya qilingan haqiqiy bemorlar savollarga javob berishmoqda. Afsuski, operatsiyadan keyin ma’lum asoratlarni boshdan kechirgan bemorlar. Bizning Pretty qurilmamiz bilan birgalikda doimiy mashqlar oyoqlaringizni tekis va chiroyli bo’lishiga yordam beradi. Qurilma oyoqlarni “X” va “O” egriligi bilan to’g’rilash uchun mo’ljallangan. Foydalanish usuli Qurilmani har kuni bir soatdan uch soatgacha ishlatish tavsiya etiladi. Ishlatishdan oldin ikki oyoq orasidagi masofani o’lchaganingizga ishonch hosil qiling. Ushbu qurilmadan bir oy / ikki oy o’tgach, o’lchovlarni takrorlang, natijasi sizni ajablantiradi. To’liq tekislash qurilmani qanchalik tez -tez ishlatishingizga bog’liq.

Qiziqarli malumotlar
Bola qachon tik turadi yoki oyoq bosadi