Bola puli olayotgan oilalarda bolalar soni yana bittaga ko‘paysa unga xam qo‘shimcha pul to‘lanadimi ? to’liq malumot oling
🟢 Bola puli olayotgan oilalarda bolalar soni yana bittaga ko‘paysa unga xam qo‘shimcha pul to‘lanadimi ?
Savol; Men hozirda biri 6 yosh ikkinchisi 4 yoshlik farzandlarimga 400 000 so‘m bola puli olaman. Oktabr oyida uchinchi farzandim xam dunyoga keldi. Endi meni uchinchi farzandimga xam pul qo‘shib berishadimi ?
Javob; Vazirlar Mahkamasining 21.10.2021 yil kungi 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 35-bandiga ko‘ra, bolalar nafaqasi tayinlangan oilada bolalar soni o‘zgargan taqdirda (navbatdagi bola tug‘ilganda, 18 yoshgacha bolalardan biri vafot etganda, bola (bolalar) 3 yoshga va 18 yoshga to‘lganda va shu kabilar), bolalar nafaqasi miqdori bolalarning tegishli sonidan kelib chiqib, keyingi oydan boshlab qayta hisoblanishi ko‘rsatilgan.
🟢 Yuqoridagi asosga ko‘ra, agar sizni farzandlaringiz shu oyda yana bir nafarga ko‘paygan bo‘lsa demak sizga keyingi oydan boshlab qo‘shimcha pul xisoblanib olayotgan nafaqangizga qo‘shib beriladi. Shunda Siz avvalgidek 400 000 so‘m emas 575 000 so‘m pul olasiz. (325 000 + 150 000 + 100 000 = 575 000)
Yuridik
Bola puli olayotgan oilalarda bolalar soni yana bittaga ko‘paysa unga xam qo‘shimcha pul to‘lanadimi ?