Bola nega yig‘laydi? haqida malumot

Bola nega yig‘laydi? haqida malumot

Endigina yoshiga to‘lgan kichkintoyning tili yaxshi chiqmaganligi, so‘zlarni to‘liq, aniq talaffuz qilolmasligi bois nimani xohlayotganini tushunolmaysiz. Ammo bola yig‘isining sababini bilishga va uni tinchlantirishga harakat qiling. Farzandingizning uzoq yig‘lashiga, ayniqsa, yolg‘iz qolganda yig‘lashiga aslo yo‘l qo‘ymang.

bola nega yiglaydi

Qo‘rquv

Bu yoshda bolada o‘ziga notanish bo‘lgan buyumlardan, holatlardan qo‘rquv xissi paydo bo‘ladi. Deylik, changyutgich, soch quritgich shovqinidan, bosh yuvishdan cho‘chiydi. Kiyim almashtirishga uncha hushi bo‘lmaydi. Iloji boricha bolani uni qo‘rqitadigan tovushlardan asrang, toki go‘dagingizda qo‘rquv xissi paydo bo‘lmasin.

Kutilmaganda yig‘lash

Bolada kun sayin yangi odatlar paydo bo‘ladi. Uyg‘onganida, har doim qarshisida onasini ko‘rishga o‘rganib qolgan bo‘lishi mumkin. Bordi-yu, oldiga boshqa odam kelsa, u chinqirib yig‘laydi. Agar bolaga issiq emas, sovuq sut aralashmasini bersangiz ham, u yig‘laydi. Farzandingizning odatlarini bilishga harakat qiling. Yoqmagani uchun emas, u buni kutmagani uchun yig‘laydi. Bolada yot holatlar bilan birinchi tanishuv yig‘isiga sabab bo‘lishi mumkin. Yangiliklarga asta-sekinlik bilan o‘rgating.

Chorasizlikdan yig‘lash

Siz bolangizning xonasidan chiqib ketdingiz yoki zaruriyat yuzasidan uni notanish kishiga qoldirdingiz. U o‘z noroziligini yig‘i bilan ifodalaydi. Noroziligining mohiyatini tushunib, uni bartaraf qilishga urining.

Jahl va g‘azabdan yig‘lash

Bolalarda nochorlikdan yig‘lash, odatda, bir yoshga yetganda qoladi. Uning o‘rnini jahl bilan yig‘lash kayfiyati egallaydi. Muzlatgich eshigini behudaga ochib-yopayotgan bolangizga: “Tegma!” deya tanbeh berasiz. Qo‘li yetadigan buyumlarni tortib olavergani yoki idishlardagi narsalarni to‘kib, sochavergani uchun koyiysiz. Bunday holatda ham bola yer tepib yo xarxasha qilib yig‘laydi. Siz sabr bilan unga o‘z tilida nima yaxshi-yu nima yomonligini uqtirib borishga harakat qiling.

Mavzuga aloqador maqolalar: 

© “Sog‘lom farzand tarbiyasining sirlari” kitobi.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Bolalar immuniteti uchun foydali vitaminlar to’plamining eng ko’p qo’llaniladigan komplekslardan biri Alfavitdir.

Ushbu maqolani ham o‘qing:  Kamqonlik yoxud anemiya

Alfavit bu – vitamin va minerallar kompleksidir. Har bir yoshdagi chaqaloq yoki maktab o’quvchisi uchun alohida to’plamlardan birini tanlasa bo’ladi.

Preparatning narxini ushbu bo’limda ko’rsa bo’ladi — https://apteka.uz/product/alfavit

Boshqa keng qo’llaniladigan vitaminli komplekslar: Komplivit, Supradin, Magvit, Aminoplyus, Rotafer kids va hk…

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Kasalliklar
Bola nega yig‘laydi?