Bola nega aldaydi?
Biz bilamizki, bolalarimiz juda ham xayolparast bo’ladilar. Lekin bu xayollar xavfli bo’lishi ham mumkin ekan. Taxminan 3-4 yoshgacha bolalar yolg’on gapirishni umuman bilmaydi, bunda ularda ehtiyoj ham bo’lmaydi. Ota-onadan nimanidir sir saqlash ularning xayollariga ham kelmaydi. Aynan 4 yoshdan keyin bola u bilan sodir bo’layotgan hodisa va voqealarni tahlil qilib o’ziga savol bera boshlaydi: «Nega meni jazolashdi?, «Nima qilib shunday holdan qochib qutulish mumkin?», «Nima qilsam oyimni mehrini ynada ko’proq olaman?», «Adamning rag’batlantirishiga sazovor bo’laman?» Ota — onasining barcha «yo’q» va «mumkin emas» larini chetlab o’tish maqsadida u har xil ayorliklarga boradi. Bir eslab ko’ring-che, ko’chadan bolangiz cho’ntagini turli xil toshlar bilan to’ldirib kelgan bo’lsa, siz o’ylab o’tirmay bolangizning ko’z yoshi bilan «menga ular juda kerak» degan nolalariga ahamiyat bermay, barchasini olib axlatga tashlab yuborasiz, chunki uy toza bo’lishi kerak. Yoki boshqa bir misol: bolangiz qiziqib multfilm ko’rayotgan payti siz sevgan serial boshlangani uchun uni xonasiga rasm chizish uchun haydab yuborasiz. Psixologlarning ta’kidlashicha, bolaning birinchi yolg’onining paydo bo’lishiga ota-onalarning o’zlari sababchi bo’larmish. To’g’ri, hozir xayolingizdan «faqat men emas» degan fikr o’tishi mumkin. Axir siz emasmi, bolangiz buzib qo’ygan o’yinchog’ini sizdan qo’rqib divan tagiga bekitib qo’yganini bilib turib, unga «Adajoning sovg’a qilgan mashina qani?» deb so’roq qilganingiz. Shu savol bilan siz bolangizni aynan aldash yo’liga tushishga turkti bergan bo’lasiz. Undan ko’ra: «Bolajonim, men divan tagidan buzilgan mashinangni topib oldim. Unday qilish mumkin emas. Mashinalarni ehtiyotkorlik bilan o’ynash kerak. Kechqurun Adang tuzatib beradilar. Keyingi safar bekitmay menga ayt» deganingiz ma’qul bo’ladi. O’shanda bolangiz qalbida uyg’ongan ishonch va minnatdorchilik kelajakda to’g’riso’z, odobli inson voyaga yetishiga turtki bo’ladi. Bilasizmi, ko’pincha qanday bolalar aldoqchi bo’ladilar? Olimpik sovrindorlarni, juda ham aqlli insonlarni, yuqori marralarga erishgan kasb egalarini yaratmoqchi bo’lgan ota-onalarning farzandlaridir. Bunday ota-onalar o’z farzandlaridan juda ko’p narsa kutadilar, bolalar esa ularning ishonchlarini yetarlicha oqlay olmaydilar. Shunda bola ota-onasini xursand qilish maqsadida «Sinfda bugun eng zo’r javob berdim», yoki «Musiqa maktabida meni maqtashdi» degan yolg’onlarni to’qiydi. Kichik yutuqlarga erishganda ham bu yutuqlarni katta qilib ko’rsatishga harakat qiladi.Bola nega aldaydi?
DO`STLARGA ULASHING:
Bola nega aldaydi?
Albatta bolalarimiz biz qo’ygan talablarni bajarmoqlari lozim, lekin bu talablar uning ham qarashlarini, uning xohishlarini inobatga olishi zarur. Aks holda bolangiz o’z xohish va istaklarini amalga oshirish uchun teskari yo’llar izlay boshlaydi, ya’ni aldashni boshlaydi.
O’zingiz aybdor bo’lib qolasiz.
Shuning uchun bolangizga marra o’rnatayotganingizda bir o’ylab ko’ring, marra juda ham baland emasmi?
Balki ko’proq bolangiz istaklarini inobatga olib, uni ko’proq maqtaganingiz lozimdir? Shunda bola sizning mehringizni qozonish uchun yolg’onlarni to’qimaydi.
Bola nega aldaydi?