Bola ko’p shirinlik yesa zarar emasmi?

Bola ko’p shirinlik yesa zarar emasmi?
bola kop shirinlik yesa zarar emasmi 65ca92220d7e7

images 10

Bola ko’p shirinlik yesa zarar emasmi?

Mundarija скрыть
Bola ko’p shirinlik yesa zarar emasmi?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Bola ko’p shirinlik yesa zarar emasmi?
Ayrim ota-ona farzandi 1-2 yoshga to’lmasidanoq shokolad yoki konfet yedirishning yomon tomoni yo’q desa, boshqalarning farzandi uchun shirinliklar yoshlikda man qilingan mahsulotlar qatorida turadi. Yosh bolalar uchun shirinlikning zarari bormi?
Bu savolga javob topish uchun dunyoda o’z pedagogik kitoblari bilan mashhur Sirs pediatorining maslahatlariga murojaat qildik.
Uning fikricha, bolaning yoshligida shirinlikka o’rgatishning bir qator salbiy oqibatlari mavjud ekan.
Farzandingizga shokolad yoki konfet berishdan oldin quyidagilar bilan tanishib chiqing:
1. Bola yoshligidan (1-2 yoshgacha) shirinlik bilan tanishsa, u katta bo’lganida shirinlik yeyish me’yorini bilmaydi. Ya’ni oldiga 10 dona shokolad qo’ysangiz ham yeb qo’yadi. Shirinlikni 5-6 yoshdan keyin bilgan bolalar esa, aksincha, yegulikda me’yorni his qila olishadi. O’n dona shokoladni bunday bolalar yeya olmaydilar. Bolada me’yorni bilish xususiyati katta bo’lganda boshqa mahsulotlarni yeyishda ham namoyon bo’ladi. Bunday bolalar semirib ketish, o’ta og’ir vaznlik kabi muammolarga duch kelishi kam bo’ladi. Shirinlik bilan kech tanishgan bolaga esa tug’ilgan kuniga chiroyli bezatilgan tort bersangiz u juda xursand bo’ladi va siz gapirmasangiz ham ortiqcha kremini yeyishdan bosh tortib, tortni me’yorini bilib yeydi. Sizga ham bunday ajoyib sovg’a uchun minnatdor bo’ladi.
2. Yoshligidan shirinlik yeyishga o’rgangan bolalar foydali ovqatlanishdan bosh tortadilar. Shokoladning ta’mini bilgan bola sabzavotli pyureni yegisi kelmyadi. Unga shirasi yo’q mahsulotlar bemaza ko’rinadi.
3. Shirinlik berib bolani ovutish uning psixikasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bola asabiylashganida shokolad bilan ovunadi. Katta bo’lgan sari shokolad unga yetarli bo’lmay boshqa ovunchoq zor bo’lib qolish ehtimoli bor.
4. Aslida shokolad kattalar uchun foydali. U kuch beradi, miyani ishlatadi, kamqonlik tufayli bosh aylanish kabi holatlarda yordam beradi. Lekin organizm yoshligida ko’p shokolad va shirinliklar yeyishga o’rgangan bo’lsa, katta bo’lganda shokoladning ijobiy xususiyatlari bu organizmda namoyon bo’la olmaydi.
5. Shokolad va konfetlarni yoshligidan ko’p iste’mol qilish bolaning tishini tez karies bo’lishiga olib keladi.
6. Shirinliklarda mavjud bo’lgan ortiqcha miqdordagi shakar(glyukoza, saxaroza) ayrim bolalar jismoniy holatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bola shirinlik yevalib gormonlar tufayli asabiy, agressiv va juda qo’zg’algan bo’lib qoladi. Bunday bolalarni tushlikda yoki kechasi uxlatish muammo tug’diradi, ular energiyasi oshib giperaktiv bo’lib ketadilar. Har kuni bola ortiqcha energiya chiqarishi, giperaktiv bo’lishi uni asabiy bola bo’lib katta bo’lishiga sabab bo’ladi.
Sizning farzandingiz necha yoshdan boshlab shirinlikka o’rgangan? Shoshilmang, qancha kech tanishsa, shuncha o’ziga va sizga foyda bo’ladi.
7. Bolani shirinlik bilan xursand qilmoqchi bo’lsangiz unga shakar o’rniga asal, yoki shirin mevalar (fruktoza) va sutli mahsulotlar (laktoza) berishingiz mumkin.
8. Shirinlikka o’rgangan bolani boshqa hech qaydi mahsulot bilan xursand qila olmaysiz. Masalan, shokoladni yaxshi ko’radigan 2 yoshli go’dakka bir likobcha malina berzangiz, u ustiga shakar solib berishingizni so’raydi. Malinani ajoyib ta’mining o’zidan xursand bo’lishi qiyin bo’ladi. Bola tabiiy ta’mni shakarga almashtirishni istaydi.
9. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha yoshligidan ko’p shirinlik yeganlar bolaligida va ayrimlari katta bo’lganida ham ortiqcha vazn muammosiga ega bo’ladi.
10. Nihoyat, shirinlik bolani tartibga o’rgatishda salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bola ovqat yeyish vaqti bo’lganda qornini shirinlik bilan to’yg’azib olishni istaydi va foydali kerakli ovqat yeyishdan bosh tortadi. Bola tarbiyasida ovqatlanish, to’g’ri va foydali ovqatlanish alohida ahamiyatlidir. Chunki bu bola salomatligining bevosita garovidir.

Bola ko’p shirinlik yesa zarar emasmi?