Bola jinsini rejalashtirish — tabiiy va klinik usullari, taqvimlar, parhez, kalkulaytor
Farzand jinsini rejalashtirish uchun tabiiy va klinik usullar mavjud, biroq birinchilariga shifokorlar ishonishmaydi, ikkinchisi esa juda kamdan-kam hollarda qo’llaniladi, hatto tibbiyot hamjamiyati tomonidan etikaga zid deb hisoblanadi.
Homila jinsini rejalashtirishning tabiiy usullari
Homilaning jinsiga ta’sir qilishning tabiiy usullari dalilli tibbiyotga bevosita aloqasi bo’lmagan usullardir: bular muallifli va «folklor» uslublar bo’lib, ular huddiki vaqt sinovidan (ammo ilmiy ishlar sinovidan emas) o’tgan barcha turdagi irimlar, xalqona vositalarni o’z ichiga oladi.
Parhez
Uslub mualliflari aytishicha, agar ota-ona kutilayotgan urug’lantirishdan ikki-uch oy oldin ma’lum bir mahsulotlar iste’mol qilishsa, gormonal tizimga va shunga mos ravishda jinsiy hujayralarning «o’zini tutishiga» ta’sir qilishlari mumkin: o’g’il farzand istagida bo’lganlar go’sht, baliq, kolbasa, manna bo’tqasi, loviya, shaftoli iste’mol qilishlari kerak. Qiz farzandli bo’lish uchun esa ratsionga bargli salat, piyoz, pomidor, baqlajon, shakar, asal, bodom, funduk, choy va qahvani kiritish kerak. Nazariyachilarning aytishicha, uning samaradorligi 80 foizni tashkil etadi, ammo buning ilmiy tasdig’i yo’q.
Shettlz usuli
Bu usul 1960-yillarda doktor Landrum Shetless tomonidan ishlab chiqilgan bir qator qoidalarni o’z ichiga oladi. Kompleksni tibbiy ma’lumotli shaxs ixtiro qilgan bo’lsada, aslida u bolaning jinsini rejalashtirish uchun xalqona tavsiyalaran ko’p ham farq qilmaydi. Ushbu usulning mohiyati shundaki, qiz farzandga ko’rmoqchi bo’lgan juftlik ovulyatsiyadan 2-4 kun oldin jinsiy aloqada bo’lishlari kerak, o’g’il farzand istaganlar esa bevosita ovulyatsiya kunida.
Ushbu sxemaning ishlash tamoyili spermatozoidlaraning harakat tezligi va harakatchanligiga bog’liq. Qiz homila xromosomalarini tashuvchi spermatozoidlar sekin harakatlanadi, ammo yashovchanroq deb hisoblanadi, o’g’il homila xromosomalarini tashuvchi spermatozoidlar esa aksincha.
Ovulyatsiya nima va u bo’yicha bola jinsini rejalashtirish haqida batafsil→
Xitoy va yapon taqvimlari
Rejalashtirishning ushbu formulalari bo’lajak ota-onalarning yoshiga oid ma’lumotlarga, shuningdek ma’lum oylarda muayyan jinsli farzand urug’lanishi ehtimoli yuqoriroqligiga asoslanadi.
Homila jinsini rejalashtirish uchun xitoy taqvimi→
Qon guruhi va rezus-omili bo’yicha
Zamonaviy shifokorlarning aytishicha, bo’lajak bolaning jinsini tabiiy usullar bilan oldindan rejalashtirishning iloji yo’q: qiz yoki o’g’il ko’rish istagida bajariladigan aksariyat usullar dalilli tibbiyotda hech qanday isbotini topmagan.
Ota-onalarnig o’g’il yoki qiz farzandli homiladorlikka erishishlarining imkoniyati 50/50 hisoblanadi . Ota-onalar ma’lum bir jinsdagi bolani xohlashlari sababidan qat’iy nazar, ko’p hollarda ular farzand jinsini rejalashtirishning 100% kafolat bermaydigan usuliga tayanishadi va natijada umidsizlikka duch kelishadi.
Qon guruhlari va rezus omil haqida batafsil→
Qon guruhi | Otaning | |||
---|---|---|---|---|
Onaning | I | II | III | IV |
I | Qiz | O’g’il | Qiz | O’g’il |
II | O’g’il | Qiz | O’g’il | Qiz |
III | Qiz | O’g’il | O’g’il | O’g’il |
iV | O’g’il | Qiz | O’g’il | O’g’il |
Rezus-omil | Otaning | |
---|---|---|
Onaning | + | — |
— | Qiz | O’g’il |
+ | O’g’il | Qiz |
Bola jinsini rejalashtirishning klinik usullari
Zamonaviy tibbiyotda bola jinsini rejalashtirishning bir nechta klinik usullari mavjud, ular tabiiy usullardan farqli o’laroq, yakuniy natijaga (minimal bo’lsa ham) ta’sir o’tkazishga imkon beradi.
Jinsni preimplantatsion tashxislash (JPT) bilan ekstrakorporal urug’lantirish — homila jinsini rejalashtirishning eng ishonchli usuli. Shu bilan birga, JPT shuningdek, eng qimmatli usul ham hisoblanadi, chunki texnika nomidan ma’lum bo’lganidek, bu EKU muolajasini ham o’z ichiga oladi. Sun’iy urug’lantirish majburiy tibbiy sug’urta bo’yicha amalga oshirilishi mumkin (ayrim holatlarda), lekin homilaning jinsini aniqlash muolajasiga alohida pul to’lanadi. Bu usul sun’iy urug’lantirish bilan shug’ullanadigan deyarli barcha klinikalarda amalga oshiriladi.
Oqimli lazerli spermatozoidlarni ajratish
AQShda ixtiro qilingan ushbu usul tibbiy xizmatlar bozoriga MicroSoft savdo belgisi ostida kirdi. Bu spermatozoidlarni X-xromosomalar bilan ajratib olish va faqatgina rejalashtirilgan jinsdagi bolani urug’antirishga javob beradigan spermatozoud turini tanlashga imkon beradi. Saralangan spermatozoidlar bachadonga in’yektsiya yo’li bilan kiradi (ICSI). Statistik ma’lumotlarga ko’ra, uslubning ishonchliligi o’g’il jinsli farzand uchun 70 foizni va qiz jinsli farzand uchun 90 foizni tashkil etadi. O’zbekistonda bu muolaja keng tarqalgan emas, lekin Meksika, Shveytsariya va Kiprda sertifikatsiyalangan klinikalarda o’tkaziladi.
Embrion jinsini erta aniqlash
Bu xorion kiprikchalari biopsiyasi orqali amalga oshiriladi. U bolaga nasl orqali genetik kasalliklar o’tishi xavfi bo’lganda qo’llaniladi. Boshqa hollarda, bu usul rasman qo’llanilmaydi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti boshchiligida shifokorlar uyushmasi tomonidan etika nuqati nazaridan noto’g’ri sanaladi, chunki u istalmagan jinsli homilani abort qilishni o’z ichiga oladi.
O’g’il yoki qiz farzand ko’rish uchun nima qilish kerak?
Ba’zi bir tavsiyalar turlicha bo’lganligi sababli, farzand jinsini rejalashtirishda maxsus maqolalarda keltirilgan tavsiyalarga amal qilish mumkin.
O’g’il farzand ko’rish uchun nima qilish kerak?→
Qiz farzand ko’rish uchun nima qilish kerak?→
Homiladorlik
Bola jinsini rejalashtirish — tabiiy va klinik usullari, kalkulaytor, parhez, taqvimlar