Bola immunitetini tabiiy oshirish yo’llari:
Bola immunitetini tabiiy oshirish yo’llari: Bolaning immun tizimi buzilishiga olib keluvchi yana bir sabab organizmda vitamin yetishmovchiligi (gipovitaminoz)dir. Vitaminlar yetarlicha qabul qilinishi uchun bolaning ovqatlanish sifati yuqori bo’lishi kerak. Meva va sabzavotlar, uglevod va oqsilga boy mahsulotlar bola organizmiga har kuni yetarlicha yetkazib berilishi lozim. Afsuski qo’shimcha ichilgan dori shaklidagi vitaminlarning organizm tomonidan qabul qilinish darajasi juda past bo’ladi. Lekin talab etilsa, shifokor bilan maslahatlashgan holda vitaminlarni alohida qabul qilish tavsiya etiladi. Bolaga immunostimulyator ichirish uchun quyidagi holatlardan biri mavjud bo’lishi shart: Bolada immunodefitsit immunolog tomonidan aniqlangan; Immunitetni tabiiy ravishda oshiruvchi mahsulotlar:Bola immunitetini tabiiy oshirish yo’llari:
DO`STLARGA ULASHING:
Immunostimulyatorlarni qabul qilish
Hozirgi kunda immunostimulyatorlar juda ko’payib ketgan, lekin ularni faqatgina organizmga haqiqatan immunodefitsit (immun tizimini faoliyati pasaygani) aniq bo’lganda qabul qilish mumkin. Buni esa faqat immunologning maxsus tekshiruvlari aniqlab beradi. Agar immunologning tavsiyasi bo’lmasa, bunday dori vositalarini ichish bolaning tabiiy immun tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Bolani immunitetini oshirishning tabiiy yo’llaridan foydalanilsa ham, foydasi bo’lmagan (chiniqtirish, vitamin va mineralga boy ovqatlantirish, bolaning yashash muhitini yaxshilash);
Bolaning ichki organlarining surunkali kasalliklar aniqlanmagan.
1. Sut
2. Qatiq
3. Olma
4. Sabzi
5. Asal
6. Lavlagi
7. Baliq
8. Piyoz va sarimsoq piyozi
9. Sedana yog’i (kuniga 1 choy qoshiq)
10. Limon
11. Namatak damlamasi
12. Turshak, olma qoqisi, olxo’ri qoqisi va ularning damlamalari
13. Har xil danaklar
14. Petrushka ko’kati
Farzandingiz nonushtasiga ushbu mahsulotlardan har kuni qo’shib bersangiz, uning immuniteti tabiiy ravishda ko’tariladi.
Bola immunitetini tabiiy oshirish yo’llari: