Bola bir yoshda yurishi shart(mi?).

Bola bir yoshda yurishi shart(mi?).
bola bir yoshda yurishi shartmi 65ca8f21cbb4f

photo 2022 11 13 22 31 32

Bola bir yoshda yurishi shart(mi?).

DO`STLARGA ULASHING:

Bola bir yoshda yurishi shart(mi?).
Bolani tez yurishi uchun bola bilan shugʻullanish kerakmi?

Воlаlаrning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho’zilib ketishi mumkin.

Yurish — bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi:
— mushak kuchi,
— muvozanat saqlash,
-xarakter.

Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o’ynaydi.

❗️Yumshoq xarakterga ega bo’lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o’zgarishlarda asta-sekinlik bilan o’tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o’z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar.

❗️Kech yurishni boshlagan bolalar odatda bir joyda o’tirib mayda buyumlarni tomosha qilib, ularni qo’llari bilan o’rganib o’tirishdan lazzat oladilar. Kech yurgan bola birinchi emaklaydi, keyin ushlab turib yuradi, keyin tura oladi, undan keyin esa mustaqil qadam tashlashni boshlaydi. Lekin kech yurgan bolalar odatda juda yaxshi, muvozanatni saqlab yuradilar.

❗️Vaqtli yurishni boshlagan bola, aksincha, impulsiv, bir joyda o’trimaydigan, injiq bola bo’lishi mumkin. Odatda vaqtli yurgan bolalar boshqa jismoniy o’zgarishlarni ham tez uddalashni istab ota-onasini ko’p yugurtirib qo’yadi.

Bolaning erta yoki kech yurishiga uning vazni ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ya’ni, ozg’in bolalar og’ir bolalardan ko’ra tezroq yuradi.

Bolaning yurgan vaqti uning intellekti, jismoniy rivojlanishi, kelajakdagi yutuqlari qanday bo’lishini aslo ko’rsatmaydi. Bolaning qachon va qanday yurgani uning xarakteri singari boshqalardan o’zgacha bo’ladi xolos.
🌸Bu ma’lumotni yosh onajonlarga ulashing📲

Bola bir yoshda yurishi shart(mi?).