BOLA ASRAB OLISH TARTIBI QANDAY.
BOLA ASRAB OLISH TARTIBI QANDAY. ⚡️SAVOL; ⚡️JAVOB; ✅ Fuqarolik protsessual kodeksining 298-moddasiga asosan, farzandlikka olish to‘g‘risidagi ariza bolani farzandlikka olishni istagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan bolaning yashash joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga beriladi. ✅ Farzandlikka olish jarayoni farzandlikka oluvchilar, vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.BOLA ASRAB OLISH TARTIBI QANDAY.
DO`STLARGA ULASHING:
Biz turmush o‘rtog‘imiz bilan bola asrab olmoqchimiz. Buning uchun biz qayerga murojaat qilishimiz kerak.
Oila kodeksining 151-moddasiga ko‘ra, farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko‘zlab yo‘l qo‘yiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
BOLA ASRAB OLISH TARTIBI QANDAY.