BOKIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOKIY haqida malumot bilib oling.

BOKIY (taxallusi; asl ismi Mirzaabdulla Nasriddinov) (1882.9.5 — 1967.4.4, Fargʻona viloyati Rishton qishlogʻi) — oʻzbek adabiyotshunosi (manbashunos), shoir. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1943). Sharq-mumtoz adabiyotini chuqur bilgan, xalq orasida navoiyxon, bedilxon degan nom olgan. Alisher Navoiy yubileyini oʻtkazish Respublika qoʻmitasi tuzilishi (1938-y. 15 sent.) munosabati bilan qoʻmita ilmiy maslahatchisi (1938). Oʻzbekiston Til, adabiyot, tarix in-tida bosh maslahatchi (1940—43). Navoiy asarlarini eski uzbek yozuvidan yangi yozuvga oʻtkazishda koʻmaklashgan. Muqimiy, Nodim Namangoniy, Rojiy Margʻiloniy va Rojiy Koʻxandiylar bilan oʻtkazilgan mushoaralarda qatnashgan. Uzbek va fors tillarida gʻazallar yozgan, Navoiy asarlariga muxammaslar bogʻlagan. Navoiyning Tu«hfat ulafkor» qasidasini forschadan oʻzbekchaga tarjima qilgan (1939).

Ensiklopediya.uz
BOKIY