BOJXONA TOʻLOVLARI haqida malumot bilib oling.
BOJXONA TOʻLOVLARI — mamlakat chegarasi orqali oʻtkaziladigan (olib kiriladigan va chiqariladigan) tovarmoddiy boyliklar uchun toʻlanadigan haq. Bojxona toʻlovlarining toʻlash shartlari va meʼyorlari boj tariflarida belgilanadi. Bojxona toʻlovlari meʼyori har qaysi davlat bojxona tizimi qonunqoidalariga muvofiq turlicha boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda Bojxona toʻlovlarining bo» toʻlovi; qoʻshilgan qiymat soligʻi; aksizlar; bojxona organlari bergan litsenziya uchun va litsenziyani yangilash uchun yigʻim; bojxonaning rasmiylashtirish boʻyicha mutaxassis malaka attestati uchun yigʻim; bojxonada yuklarni rasmiylashtirish uchun boj yigʻish; tovarlarni saklaganlik uchun boj yigʻimi; tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazgani uchun boj yigʻimlari; axborot va maslahat uchun toʻlov; oldindan qaror qabul qilganligi uchun toʻlov; bojxona auksionlarida ishtirok etganligi uchun toʻlov kabi turlari mavjud. Bojxona toʻlovlarini toʻlashdan qisman yoki toʻla ozod etish, tarif imtiyozlari berish har bir mamlakatning bojxona kodeksita asosan amalga oshiriladi.
Ensiklopediya.uz
BOJXONA TOʻLOVLARI