Boir Xolmirzayev Biografiyasi to’liq malumot oling

Boir Xolmirzayev Biografiyasi to’liq malumot oling

Aktyor Boir Xolmirzayev 1961 yil 5-mart sanasida Tojikiston resbublikasi,Leninobod viloyati, Nov tumanidagi Farmonqo’rg’on qishlog’ida tug’ilgan.

Aktyor oilasida o’n farzandning ikkinchisi bo’lgan.

 

Boir Xolmirzayev 1983 yilda  Toshkent teatr va rasomchilik san’ati oliygohining musiqali darama bo’limini tamomlagan.

Keyinroq aynan shu oliygohni rejissyorlik kursida tahsil olgan.

 

Aktyor o’z faoliyatini 1983 yilda Muqumiy nomidagi O’zbekiston davlat musiqali teatrida boshlagan.Bugungi kunda ushu teatrda aktyor va rejissyor sifatida faoliyat yuritadi.

Boir Xolmirzayev aktyor sifatida hozirgacha o’nlab spektakl va filmlarda ishtirok etgan. Bundan tashqari u dublajda ham yuzdan ortiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

 

Boir Xolmirzayev oilali, bugungi kunda u uch o’g’il bir qiz farzandning otasi.

boir xolmirzayev biografiyasi 1

Boir Xolmirzayev Biografiyasi

 

Aktyor o’z faoliyati orqali 2004 yilda «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan.

 

Bugungi kunda 58 yoshdagi Boir Xolmirzayev o’zining aktyorlik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.

Biografiya
Boir Xolmirzayev Biografiyasi