Bog‘cha to‘lovlaridan imtiyozni qaysi toifa ayollar oladi

Bog‘cha to‘lovlaridan imtiyozni qaysi toifa ayollar oladi

Chaqaloqlarda ich qotishi sabablari
  • Ich qotishining asosiy sabablari
  • Chaqaloqlarda ich qotishini davolash (Medikamentoz)
  • Chaqaloqlarda ich qotishi kuzatilganda onalar diyetasi qanday bo‘lishi kerak?
  • Ich kelishini yaxshilovchi davolovchi massajlar
  • O‘simlik moylari

Ich qotish haqida qisqacha

Oshqozon ichak tizimining normal ishlagan holatida, chaqaloqlar ichi bir kunda bir marotaba keladi. Bu jarayon odatda ertalab yuzaga kelib, chaqaloq uchun hech qanday noqulaylik tug‘dirmaydi va og‘riqlarsiz kechadi. Najas massasi yumshoq bo‘lganligi sababli bolalarda hech qanday muammo tug‘dirmay ajralib chiqadi. Agar ich kelishi har kuni kuzatilmay, inson bu jarayon vaqtida og‘riq yoki kuchanish hissini sezsa, najas tarkibi qattiq va quruq bo‘lsa, bu holatga ich qotish deb aytiladi.

Ich kelishi bilan muammolar har qanday yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin. Ko‘pincha chaqaloqlar va yosh bolalar bu muammodan aziyat chekishadi. Ularda bir necha kunlab ichi kelmay turadi va hojatga chiqish hissi kelganda hech qanday natija bo‘lmaydi va bu vaqtda ular og‘riq sezishadi hamda bezovtalanishadi.

Surunkali ich qotishda bemorlar ko‘pincha o‘zini yomon his etayotganini va orqa chiqaruv yo‘llaridagi yoriqlarga shikoyat qiladilar. Chiqaruv yo‘llaridagi yoriqlar esa inson hojatga borganda azob berib, bo‘shalishga xalaqit qiladi va bu holat muammoni yana jiddiylashtiradi.

Agar ich qotishini bartaraf etmasa va bu uzoq muddat davom etsa, organizm intoksikatsiyasiga sabab bo‘ladi. Bu ichaklardagi qoldiq moddalarning organizmga singib ketishi bilan tushuntiriladi.

Ich qotishini davolash – bu holatga sabab bo‘layotgan omilni yo‘qotishdir. Shuning uchun ich qotish holatlari kuzatilsa, umumiy tekshiruvdan o‘tish kerak va to‘g‘ri davoni faqatgina shifokor belgilaydi.

Chaqaloqlarda ich qotishi sabablari

Chaqaloqlarda ich qotishiga olib keluvchi omillar turli tuman. Ko‘p hollarda bola organizmida suv yetishmasligi sababli ich qotadi. Sababi, suv ichaklarni yumshatadi va silliqlaydi, najas yumshab chiqib ketishi oson bo‘ladi.

  • Bundan tashqari, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ich qotishiga sabablar quyidagilar ham bo‘lishi mumkin;
  • Ichaklar yoki yo‘g‘on ichakda tug‘ma anomaliya bo‘lishi;
  • Anal teshigining torayib qolishi;
  • Gipotireoz (qalqonsimon bez gormonlari sintezining buzilishi);
  • Ichak devorlarida nerv oxirlarining to‘liq rivojlanmaganligi.

O‘QING: Raxit kasalligi – kelib chiqish sabablari, bosqichlari, klinik belgilari va darajalari (1-qism)

Bundan tashqari, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ayrim dori preparatlarni qabul qilganda ham ich qotishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, antibiotiklar qabul qilganda bolalarda ich qotish holati ko‘p kuzatiladi. Antibiotiklar ichak florasini buzadi va disbakteriozga sabab bo‘ladi. Bunday hollarda pediatr ko‘rigidan o‘tish zarur va ichak mikroflorasini tiklash yo‘li bilan, ich qotish muammosi bartaraf etiladi.

Ich qotishining asosiy sabablari

  • Onaning noto‘g‘ri ovqatlanishi;
  • Sun’iy ovqatlanishga erta o‘tish;
  • Oziqa turning aralashishi.

Ba’zida chaqaloqlarda ich qotishi sun’iy ovqat tarkibidagi moddalarni bola organizmi ko‘tara olmasligi sababli ham yuzaga keladi. Bolalarning psixo-emotsional holati ham ichaklar funksiyasiga ta’sir etadi.

Chaqaloqning aralash ovqatlantirilganligi sababli kelib chiqadigan ich qotish

Chaqaloqlar 1 yoshgacha ona suti bilan oziqlantirilishlari kerak. Shu sababli oziqaviy mahsulotlar aralashtirilgani uchun chaqaloqlarda ich qotish ko‘p kuzatiladi.

Bolani sun’iy oziqlantirishga o‘tishiga ko‘p hollarda ona suti yetishmasligi yoki sutning sifatsizligi sabab bo‘ladi. Ba’zida chaqaloqlar ona sutiga to‘ymay qolishadi, chunki ona suti tarkibida yetarlicha yog‘ bo‘lmaydi. Bunday hollarda bolalar injiq, yig‘loqi, uyqusi buziladigan bo‘lib qolishadi.

Ozuqaning aralashishi natijasida bolada ich qotishiga sabab – sun’iy ovqatning o‘zidir. Bu kabi mahsulotlar bola uchun noodatiy bo‘lib, hazm qilish a’zolari uni qiyinchilik bilan qabul qiladi. Ayrim hollarda, yangi mahsulotlar berish hisobiga bolalarda reflektor ravishda ichaklar spazmga uchrab qoladi va bu bolada ich qotishiga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, chaqaloqlar ichi qotib qolishida ovqat harorati ham muhim o‘rin egallaydi. Bola iste’mol qiladigan ozuqa issiq ham sovuq ham bo‘lmasligi zarur. Eng yaxshisi ko‘krak suti kabi haroratda beriladigan ozuqalardir. Bu esa ich kelishi bilan yuzaga chiqadigan muammolardan xalos etadi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda nima sababdan bolaning ichi qotadi?

Chaqaloqlar ko‘krak suti bilan oziqlantirilganda ham ich qotishi kuzatilsa, bunda ona organizmi tomonidan sut kam ishlab chiqarilayotgan bo‘ladi. Bunday ich qotishni “och qolish sababli kelib chiqqan qabziyat” deyish mumkin. Bunday hollarda chaqaloqlardagi qabziyat holati qo‘shimcha ovqatlantirish yo‘li bilan bartaraf etiladi.

Bundan tashqari, chaqaloqlarda qabziyat yuzaga kelishida, ayniqsa, onaning ovqatlanish tartibi va tarkibi muhim rol o‘ynaydi. Axir, ona iste’mol qilgan barcha mahsulotlar bolaga uning sutidan o‘tadik-u. Shu sababli shifokorlar ko‘krak yoshidagi farzandlari bor ayollarga quyidagi mahsulotlarni cheklashni tavsiya etadilar:

  • Dukkakli mahsulotlar;
  • Yog‘li va qovurilgan mahsulotlar
  • Dudlangan mahsulotlar;
  • Oq non va yangi tayyorlangan pishiriqlar;
  • Banan;
  • Kofe;
  • Sut;
  • Shakar;
  • Achchiq choy;
  • Go‘sht va boshqalar.

O‘QING: Bolalarda skolioz – turlari, sabablari, belgilari, davolash va oldini olish usullari

Yuqorida sanab o‘tilgan barcha mahsulotlar organizmda gaz hosil bo‘lishini ko‘paytiradi va bolalarda ich qotishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli onalar ko‘krak yoshidagi bolalarini emizadigan davrda diyetaga rioya qilib turishlari zarur.

Chaqaloqlarda ich qotishi belgilari

Chaqaloqlarda kuzatiladigan qabziyat belgilari, unga sabab bo‘ladigan omilga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda ich qotishida – najasning kelish muddati cho‘ziladi va axlat massasi qatiq, quruq bo‘lib qoladi. Shu bilan birga bolalarda quyidagi belgilar ham kuzatilishi mumkin:

  • Bezovtalik va yig‘lash;
  • Injiqlik;
  • Qorin dam bo‘lishi;
  • Ovqatlanishdan bosh tortish;
  • Qorinda xurujlar (kolika);
  • Ich kelish vaqtida bola yuzi qizarib ketishi va kuchanish hissi;
  • Qorin devorining qattiqlashishi.

Ichaklar bilan bog‘liq muammolarda bolalar uyqusi buziladi, ular passiv bo‘lib qolishadi. Agar qabziyat jiddiy kasallik oqibatida kelib chiqsa, asosiy simptomlarga quyidagila ham qo‘shilishi mumkin:

  • Ko‘ngil aynishi va qusish;
  • Tana haroratining oshishi;
  • Allergik toshmalar;
  • Teri rangining o‘zgarishi;
  • Najasda qon va shilliq bo‘lishi;
  • Kuchli hiqichoq tutishi.

Bunday holatlarda bolani tezroq pediatrga olib borish kerak. Bolada kuchli qabziyat kuzatilgan vaqtda nima qilish kerak va hazm tizimi a’zolar funksiyasini qanday tiklash haqida faqatgina shifokor to‘g‘ri ko‘rsatmalar bera oladi.

Chaqaloqlarda qabziyat vaqtida nima qilish kerak?

Birinchi navbatda bolada ich kelishi muddati uzaysa – pediatr ko‘rigidan o‘tish zarur. Bolaning hayoti uchun xavf tug‘diruvchi jiddiy kasalliklarni inkor etish uchun labarator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazish kerak.

Agar bolalarda qabziyatga sabab bo‘ladigan jiddiy patologiya topilmasa nima qilish kerak? Bunday holatda qabziyatga olib keluvchi omil ona sutining sifatsizligi, sun’iy ozuqaga o‘tish yoki ichaklarda nerv bilan ta’minlanishining buzilishlaridir.

Bolalarda ichaklarning normal ishlash funksiyasini qayta tiklash uchun kompleks muolajalar olib boriladi, ular quyidagilar:

  • Massaj;
  • Ona ovqatlanish tartibini o‘zgartirishi;
  • Dori preparatlari;
  • Klizma;
  • Gaz chiqaruvchi naycha (trubka) qo‘yish.

Chaqaloqlarda ich qotishini davolash (Medikamentoz)

Medikomentoz davo – bolalarda qabziyatni massaj qilish va diyeta yordamida bartaraf eta olmagan hollarda olib boriladi. Chaqaloqlar ichak funksiyasini tiklash va najasning oson kelishini ta’minlash uchun quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin:

  • Espumizan;
  • Glitserinli shamchalar (svecha) lar qo‘yish;
  • Dyufalak;
  • Planteks;
  • Klizma qilish.

Dyufalak va Planteks ichaklar peristaltikasini oshiradi, Espumizan – qorin dam bo‘lishini bartaraf etadi. Rektal shamchalar (svecha) esa to‘planib qolgan najasni yumshatadi va uning chiqib ketishini osonlashtiradi.

Ichakni tozalovchi klizmaga kelsak, bu muolajani bir hafta davomida bir marta o‘tkazish kerak bo‘ladi. Aks holda bolalarda disbakterioz kelib chiqishi mumkin, hamda vitamin va minerallarni yuvib chiqib ketadi. Tozalovchi klizma uchun toza iliq suvdan foydalaniladi. Unga glitserinli moyidan qo‘shish ham qotib qolgan najasni yumshatadi.

O‘QING: Neonatal qandli diabet – sabablari, belgilari, tashxislash va davolash asoslari

Chaqaloqlarda ich qotishi kuzatilganda onalar diyetasi qanday bo‘lishi kerak?

Bolalarda ich qotganda qanday yordam bersa bo‘ladi? Buning uchun onalar nima qilishlari kerak? Avvalo emizikli ayollar zararli odatlardan voz kechishlari va ovqatlanish ratsionini to‘g‘ri tuzib olishlari lozim. Chaqaloqlarda ich kelishini yaxshilash uchun quyidagilar yordam berishi mumkin:

  • Ukrop va petrushka;
  • Barra sabzavotlar;
  • Ovqat tarkibiga zaytun moyi yoki o‘simlik moyidan qo‘shish;
  • Sabzavotlardan sho‘rvalar tayyorlab ichish;
  • Qora olxo‘ri;
  • Qaynatilgan qovoq yoki lavlagi;
  • Yog‘i kam bo‘lgan qatiq.

Bundan tashqari, ayollar suv balansini ham normada ushlab turishlari kerak va albatta chaqaloqlarga ham ovqatdan keyin yoki ovqatlantirishdan oldin suyuqliklar berish tavsiya etiladi.

Ich kelishini yaxshilovchi davolovchi massajlar

Ichaklarda yig‘ilgan gazlarni yo‘qotish va ichaklar peristaltikasini oshirishning eng oson va xavfsiz hamda samarali yo‘li davolovchi massajlar bajarishdir. Agar bolakaylarning qorin sohasiga qo‘l bilan tegilganda yig‘lasa yoki bezovtalanishsa, massaj muolajalarini to‘xtatish va pediatr ko‘rigidan o‘tish kerak.

Bolakaylarni qorin devorini juda ham ehtiyotkorlik bilan massaj qilish zarur, buni quyidagicha amalga oshirish talab etiladi:

  • Bolakaylarning kiyimi yechiladi va orqasi bilan yotqiziladi;
  • Kaftingizga biroz moy surib oling;
  • Bolakay terisining moyga bo‘lgan allergiyasi tekshirib ko‘riladi;
  • Kindik atrofini soat strelkasi bo‘ylab, yengil harakat bilan 5 daqiqa davomida massaj qilish lozim;
  • Muolaja so‘ngida qorinning yuqoridan pastki sohasiga tomon yengil qo‘l harakati bilan “ichakdagi massalarni surish kerak”, ya’ni qo‘l qorin devori ustida mayonlik bilan sirpantiriladi.

Massajdan so‘ng ichaklar peristaltikasini oshiruvchi muolajalar bajariladi:

  • Bolakayni orqa tomoni bilan yotqiziladi;
  • Oyoqlarni pastki qismidan ushlab, bir necha marotaba qorin sohasiga bukib yoyiladi (5 marotaba);
  • Bolakayni tizzalarga qorni bilan yotqizliib, orqa tarafdan kuraklardan boshlab, belgacha aylana harakatlar bilan yengil uqalanadi.
  • Bundan tashqari, shifokorlar chaqaloqlarni ovqatlantirgandan keyin qorin sohasi bilan yotqizib qo‘yish tavsiya qilinadi (3-8 daqiqaga).

O‘simlik moylari

Profilaktika va davolash maqsadida qabziyat holatlarida bolakaylarga, albatta, moyga nisbatan allergiyasi bo‘lmasa, bir necha tomchidan o‘simlik moylaridan berish mumkin. O‘simlik moylariga quyidagilar kiradi:

  • Qovoq moyi;
  • Oblepixa moyi

O‘simlik moylari bola organizmi tomonidan yaxshi qabul qilinadi, ular ichaklar peristikaltikasini kuchaytiradi, ichni yumshatadi, najas harakatini yaxshilaydi, hamda chaqaloqlar immunitetini oshirishda ham muhim rol o‘ynaydi.

Chaqaloqlarda ich qotishi kuzatilsa, nima qilish mumkin emas?

Ko‘pincha chaqaloqlarda qabziyat yuzaga kelganda, ayollar xo‘jalik sovunidan foydalanishadi. To‘g‘ri ichakka kir yuvish sovunidan bir bo‘lagini joylab qo‘yilsa, tamom ich yumshab bolakay bemalol “xojatini chiqaraverdi” deb o‘ylashadi.

Bu mutlaqo xato fikr va chaqaloqlarda bunday usulni qo‘llash mumkin emas! Kir yuvish sovunlari kuchli ishqoriy muhitga ega, ular ichaklar normal mikroflorasini buzib yuboradi. Bundan tashqari, kir sovunlari to‘g‘ri ichakda yaralar paydo qilib, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik chaqiradi.

Agar chaqaloqda ich qotishi kuzatilsa va siz nima qilishni bilmasangiz, o‘z boshimchalik qilmasdan, shifokor-pediatr huzuriga borishingiz shart. Chunki pediatrlar o‘zlarining qimmatli yillarini aynan bolakaylar salomatligini saqlashga sarflaydilar.

Homiladorlik davridagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, foydali maslahat va tavsiyalardan koʻproq bahramand boʻlishni istasangiz, homilador ayollar uchun moʻljallangan “Lalu – Homiladorlik maktabi” mobil ilovasini telefoningizga oʻrnatib olishingizni maslahat beramiz.

Bu ilova homiladorlik uchun zarur boʻlgan, homiladorlik kalendari, ratsional ovqatlanish, homilaning oʻlchamlari va embrionning haftalik rivojlanish illyustratsiyalari, Kegel mashqi va boshqa koʻplab muhim imkoniyatlarga ega.

Bog‘cha to‘lovlaridan imtiyozni qaysi toifa ayollar oladi?

Prezident farmoni bilan ayrim toifadagi ayollarga bog‘cha to‘lovidan imtiyoz berilmoqda. Bundan tashqari, endi bolalar davlat bog‘chalariga ham 2 yoshdan borishi mumkin.

1 apreldan amalga oshiriladigan bog‘cha bilan bog‘liq yangiliklar

Shu sanadan boshlab, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning:

  • farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi;
  • 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi.
  • to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pulli xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi;
  • kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida bog‘cha tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi budjetdan qoplab beriladi.

2 yoshdan bog‘chaga qabul qanday amalga oshiriladi?

Farmonga ko‘ra, to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat bog‘chalariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarni pulli xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat beriladi. Biroq bu aynan qanday tartibda amalga oshiriladi?

Kun.uz mazkur savolga javob olish uchun Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Vazirlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayevaning ma’lum qilishicha, hamma davlat bog‘chalariga ham bolalar 2 yoshdan qabul qilinavermaydi.

“2 yoshdan bolalarni navbati kam bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga pulli xizmatni shakllantirgan holatda qabul qilish belgilandi. Davlat xizmatlari markazlarida navbatda turgan bolalar o‘z o‘rniga ko‘ra bog‘chalarga qabul qilinaveradi. 2 yoshdan esa faqat to‘liq quvvatda ishlamayotgan bog‘chalarga qabul bo‘ladi.

Pulli xizmat bo‘lgandan keyin narx ixtiyoriy tarzda belgilanadi. Barcha MTTlarda kuzatuv kengashlari mavjud. Kuzatuv kengashlarida ota-onalar davlat MTTlari direktorlari va tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limlari bilan birgalikda narxlarni ishlab chiqishadi va tasdiqlashadi”, dedi Mavluda Asqarxo‘jayeva.

Lekin to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan, 2 yoshdan bolalar borishi mumkin bo‘lgan respublikadagi jami davlat bog‘chalari ro‘yxatini olishning imkoni bo‘lmadi, sababi, hozirda bu ro‘yxat vazirlik tomonidan shakllantirilmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi ro‘yxat 1 aprelga qadar tayyor bo‘lishi kerakligini bildirdi.

Boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar kimlar?

Farmonda bolalari bog‘chaga boradigan bir toifa onalar uchun yengillik berilgan. Qayd etilishicha, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari davlat bog‘chalariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinadi, 3 yoshgacha farzandlari uchun nodavlat bog‘chalarga budjetdan subsidiyalar ajratiladi.

Bu xabar e’lon qilingach, ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarda savollar paydo bo‘ldi: “boquvchisini yo‘qotgan ayollar” deganda aynan kimlar nazarda tutiladi. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan ayollardan tashqari bolasiga aliment puli olmaydiganlar, yolg‘iz onalar yoki erining nogironligi sabab mehnatga layoqatsiz bo‘lgan xotin-qizlar-chi?

Ushbu savolga javob topish uchun “boquvchisini yo‘qotgan ayol” tushunchasining huquqiy ta’rifini topishga harakat qildik.

“Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarorida boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar deyilganda boquvchisi bo‘lmagan, qo‘shimcha moddiy yordamga muhtojlar tushunilishi qayd etilgan. Lekin bu mavhum.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi.

“Yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin), agar u vafot etgan boquvchining bolalarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa pensiya oladi”, deyiladi qonunda.

Shuni hisobga olgan holda, boquvchisini yo‘qotgan ayolni turmush o‘rtog‘i vafot etgan va ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar sifatida tushunish mumkin.

Aniq ta’rif yo‘q

Lekin qonunchilikda aynan “boquvchisini yo‘qotgan ayol” tushunchasining o‘ziga berilgan aniq ta’rif uchramaydi. Maktabgacha ta’lim vazirligiga bu toifaga aynan qanday xotin-qizlar kiritilishi haqida savol bilan murojaat qildik. Vazirlik bu ma’lumot Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligida bo‘lishi mumkinligini, Mahalla vazirligi esa xotin-qizlarga oid ma’lumotlar yangi tuzilgan Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi vakolatiga o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Ayollar muammolari bilan ishlaydigan tashkilot – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi matbuot xizmati bilan ham bu tushunchalarga aniqlik kiritish bo‘yicha bog‘landik. Qo‘mita matbuot xizmatining qayd etishicha, “boquvchisini yo‘qotgan ayol” tushunchasining o‘zida biroz chalkashlik bor. Bundan tashqari, hozircha respublika bo‘yicha qancha boquvchisini yo‘qotgan ayollar mavjudligi to‘g‘risidagi statistikalar tayyor emas.

Hozir yangi ish boshlagan qo‘mita bu tushunchaga aniqlik kiritadigan loyiha ustida ishlamoqda, hammasi tasdiqlangach, loyiha e’lon qilinadi.

Shundan so‘ng Adliya vazirligiga “boquvchisini yo‘qotgan ayol” tushunchasini aniqlashtirish uchun murojaat qildik va maqolaning yuqoridagi qismida keltirilgan ma’lumotlarni oldik. Lekin bu ma’lumotlarni ham aynan tushunchani izohlab beradi, deb qabul qilish qiyin.

Yolg‘iz onalar ham bor

Bolasini yolg‘iz katta qilayotgan yana bir toifa ayollar – yolg‘iz onalar ham bor. “Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qaroriga ilova qilingan “Ayollar daftari”ga kiritish bo‘yicha so‘rovnomada “beva, boquvchisini yo‘qotgan ayol” va “yolg‘iz ona” kategoriyalari alohida-alohida ajratilgan.

“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi Adliya vaziri buyrug‘ining 54-bandiga ko‘ra, qonuniy nikohda bo‘lmay turib farzand ko‘rganligi qayd etilgan ayollar yolg‘iz ona hisoblanadi. Yolg‘iz onalar bolalariga tug‘ilganlik guvohnomasi olayotganda ota-ona familiyasi ham bir xilda – onaning familiyasi ko‘rsatilgan holatda bo‘ladi.

Bundan tushunish mumkinki, yolg‘iz ona va boquvchisini yo‘qotgan ayol tushunchalari bir-biridan farq qiladi, lekin ikkalasi ham bolalarini o‘zlari katta qilishadi, yolg‘iz ayollar ham bola parvarishi sabab ishsiz bo‘lishi mumkin, ammo bog‘chalarga berilayotgan imtiyozlardan yozg‘iz onalar foydalanishi qayd etilmagan. Bu bolasini o‘zi katta qilayotgan, hech kimdan aliment olmaydigan ayollarda e’tiroz paydo qilishi mumkin.

1 apreldan kuchga kirishi kerak bo‘lgan bog‘chaga oid yangiliklarda bolasi bepul bog‘chaga boradigan ayollar toifasini aynanlashtirib, raqamlarini chiqarish va qamrovi kam bo‘lgan bog‘chalar ro‘yxatini shakllantirish vazifalari turibdi. Mas’ul tashkilotlar tez orada bu boradagi so‘roqli nuqtalarni hal qilib, ayollarda paydo bo‘layotgan savollarga javob berishi kerak bo‘ladi.

Zilola G‘aybullayeva tayyorladi.

KIChKINTOY BOSh MIYa IChKI BOSIMI BILAN TUG`ILSA.

«Bola bo`lgandan keyin yig`laydi-da! Kecha-kunduzni almashtirib qo`ygan, chillasidan keyin hammasi joyiga tushadi» bunday gaplar tez-tez quloqqa chalinish rost. Lekin bu xato fikr! Sog`lom bola hech qachon injiqlik qilmaydi va uyqusi buzilmaydi. Bordi-yu, bunday holatlar tez-tez kuzatilsa, bilingki go`dagingiz sog`ligida biror o`zgarish bor. Buning sabablari juda ko`p bo`lishi mumkin. Ayniqsa, bosh miya ichki bosimi ko`tarilganda bola o`zini loxas sezadi. Kichkintoyga o`z vaqtida tibbiy yordam ko`rsatilmasa, keyinchalik, bog`cha-maktab davrida ham og`ir fe`l-atvori bilan barchani qiynashi mumkin. Bunday bo`lmasligi uchun bemor bolakayni to`g`ri parvarish qilish zarur. Bu haqda bolalar nevropatologi Lola ShODMONOVA ma`lumot beradi.

NEGA ShUNDAY BO`LADI?

Bosh miya – asab tizimining markaziy bo`limi. Uni maxsus suyuqlik – likvor yuvib turadi. Bu jarayon tinimsiz davom etadi. Lekin ba`zan ushbu suyuqlik miya qorinchasida yoki miya va kalla suyagi orasida to`planib, bosh miya tomirlari va to`qimasiga bosim o`tkazadi. Aynan shu holat bolaning umumiy ahvoliga ta`sir qiladi. Bola haddan ziyod asabiy, yig`loqi bo`lib qoladi, uyqusi buziladi, tez uyg`onadi, ko`p qusadi, boshini keskin orqaga tortadi, boshidagi liqildoq doim harakatda bo`ladi. Mutaxassislar buning sababini homiladorlik va tug`ruqning qay tarzda kechgani bilan bog`lashadi. Eslab ko`ring: balki homiladorlik paytida shamollagandirsiz yoki biron kasallik bilan og`rigan bo`lishingiz mumkin. Yo`ldosh ko`chishi yoki kech toksikoz ham bolaning bosh miya ichki bosimi ko`tarilishi bilan tug`ilishiga ta`sir qiladi. Tug`ruqning cho`zilib ketishi, bolaning gipoksiya (kislorod etishmasligi) bilan yoki kindigiga o`ralib tug`ilishi ham mazkur holatga sababdir.

TAShHIS TO`G`RIMIKAN?

Farzandingiz ahvolidagi har qanday o`zgarishni sezishingiz zahoti shifokor-pediatr huzuriga boring. Ko`rikda boladagi belgilar haqiqatan ham asab tizimiga bog`liq ekanligi aniqlansa, davolovchi shifokor sizlarni nevropatolog huzuriga jo`natadi. U erda tibbiy ko`rikdan tashqari, albatta qo`shimcha tekshiruv usullari – ko`z tubini tekshirtirish hamda bosh miya UTT (neyrosono­grafiya) o`tkaziladi. Tashhis tasdiqlansa, kerakli davo choralarini qo`llash kerak.

AQLIY RIVOJLANIShIGA TA`SIR QILMAYDIMI?

Mutlaqo. Aksincha amaliyot bunday bolalarning iqtidorli bo`lib, xotirasi kuchli, har tomonlama rivojlangan, fikri teran, musiqiy va badiiy tafakkurga ega ekanligini ko`rsatmoqda. Ota-onadan talab etilgani, vaqtida dori-darmonlarni berib, bolaning ko`proq dam olishiga qo`yib berish.

QANDAY PARVARISh QILAMIZ?

1. VAQTIDA TIBBIY KO`RIKDAN O`TING. Bosh miya ichki bosimining ko`tarilishi tashhisi qo`yilgan bolalar ma`lum muddatlarda tibbiy ko`rikdan o`tishi shart. Mutaxassisning ilk ko`rigi qancha erta boshlansa, muolaja shunchalik samarali kechada. Bola yoshiga etmay, muammo bartaraf etiladi, ahvolidagi o`zgarishlar boshqa qiynamaydi. Keyinchalik ham shifokor buyurgan dori-darmonlarni soatma-soat (o`z vaqtida) qabul qilishni kanda qilmang. Aks holda, bu jarayon uzoq vaqt cho`zilib, keyinchalik farzandingizning fe`l-atvoriga ham ta`sir qila boshlaydi: u urishqoq va tajovuzkor, injiq, muloqotga qiyin kirishadigan bo`lib ulg`ayadi.

Odatda, bu kasallikning zo`rayishi bahor-kuz mavsumiga to`g`ri keladi. Bu davrda nevropatolog bilan maslahatlashib, o`quv yuklamasini kamaytirishga harakat qilish, bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi va tinchlantiruvchi dori vositalarni qabul qilish kerak.

2. MEHR KO`PROQ BO`LSIN. Bosh miya ichki bosimi ko`tarilgan bolalarning ahvoliga hatto ob-havoning buzilishi ham ta`sir qiladi. Bunday paytda ularning boshi qattiq og`riydi, o`zi behol va injiq bo`lib qoladi, gapga kirmaydi. Onadan talab qilinadigani bola qaysi yoshda bo`lmasin, unga ko`proq mehr-e`tibor ko`rsatish. Chaqaloq bo`lsa, vaqtingiz bormi-yo`qmi, uni ko`proq qo`lda olib yurishga, quchoqlashga harakat qiling. Qo`lingizda bo`lgan mahal, sizdagi sokinlik asta-sekin unga o`tib, tinchlanishi oson bo`ladi. Unga ko`proq tabassum qiling, birgalikda kulishing, sokin ovozda har bir harakatingizni izohlab, u bilan suhbatlashing, shunda bola o`zini xavfsiz va qulay sezadi va boshidagi og`riqdan chalg`iydi. Bog`cha-maktab yoshidagi bolaning kuni qanday o`tgani bilan alohida qiziqing, nimalar uni qiynayotganligini sizdan yashirmay, ro`y-rost gapirib berishiga qo`yib bering. Bosh miya ichki bosimi ko`tariladigan bolalar ba`zan muloqotga qiyin kirishib, tengqurlari bilan nizoga borishi mumkin. Bunday paytda masalani adolat bilan hal qilish, bolaning qaysi holatda nohaq ekanligini tushuntirish muhim. Aks holda u o`z sog`lig`ini ro`kach qilib, xudbin bo`lib katta bo`ladi.

3. EMIZISh FOYDA BERADI. Ona suti mo“jizaga qodir! Bola emishni istagani zahoti, ovqatlantiring, o`zingiz bilan birga yotqizing. Shunda bola boshidagi og`riq ancha kamayganini sezasiz.

4. SAYRGA VAQT AJRATING. Toza havo bosh miyadagi qon aylanishini tezlashtiradi. Shuning uchun kuniga ikki mahal, ertalab va oqshom tushishidan yarim soat oldin albatta, ochiq havoda sayr qilishi kerak. Sayr uchun archazor yoki daraxtli joylarni tanlaganingiz ma`qul. Bu bolaning tashqi muhitga tezroq moslashishiga yordam beradi, loxaslikdan saqlaydi. Sharoit bo`lsa, bahor-yoz mavsumida tog`li hududda dam olishga harakat qiling.

5. DAM OLIShIGA QO`YIB BERING. Bosh miya ichki bosimi ko`tarilgan bolalar boshqa tengqurlariga qaraganda tez toliqadi. Kun tartibini rejalashtirishda ham shunga alohida e`tibor berish kerak. Farzandingiz ulg`ayganidan keyin ham maktabdan kelgach, bir soat davomida dam olishiga (uxlashiga) e`tibor bering. Shuningdek, uning kuniga 2 soatdan ko`p televizor ko`rmasligi ham muhimdir. Kompyuter o`yinlarini esa kuniga yarim soatdan ko`p o`namasligi lozim.

6. HARAKAT KO`P BO`LGANI YaXShI. Har kuni 1 soat davomida bola bilan gimnastika mashqlari bilan shug`ullanish kerak. Bolani maxsus gimnastika to`garagiga joylashtirishingiz mumkin. Ertalabki badantarbiya mashqlarini ham kanda qilmang. Aks holda bola kun davomida o`zini lanj va behol sezadi. Bundan ham yaxshisi, haftada uch marta bolani suzishga berishdir. Lekin jarohat bilan bog`liq boks, kurash, basketbol, voleybol, futbol, yugurish kabi sport turlari qat`iy taqiqlanishini unutmang.

7. UQALASh MUOLAJALARIGA QATNANG. Malakali massajchi 5-6 muolajadayoq bolaning tarang mushaklarini rostlab, undagi gipertonus alomatlarini yo`qotadi, natijada boshdagi qon aylanishi yaxshilanadi. Qarabsizki, bolaning yig`loqiligi yo`qoladi, uyqusi yaxshilanadi. Lekin buning uchun davolovchi massaj muolajasini kamida yiliga 3-4 marta olishga to`g`ri keladi.

8. OVQATLANISh TARTIBIGA E`TIBOR BERING. Taomnoma oqsil, vitamin va mineralllarga boy bo`lishi kerak. Bola go`shtli mahsulotlar, ayniqsa, baliq, bedana tuxumi, jigar, kalla-poycha kabi mahsulotlarni ko`proq iste`mol qilishi lozim. Nahorga sabzi, lavlagi, ismaloq, petrushka sharbatini aralashtirib ichishi ham foydali.

Xitoyda bu kasallikni davolashda tut daraxti po`stlog`ining qaynatmasidan foydalaniladi.

Rossiyada esa sarimsoqpiyozning spirtli tindirmasi yordamida mazkur kasallik davolaniladi.

Mevalardan ko`k olma, shotut va anor, sut mahsulotlaridan qatiq va suzmani ko`p-ko`p tanovul qilishi talab etiladi. Bu mahsulotlar siydik haydovchi ta`sirga ega bo`lgani uchun miyadagi qon aylanish yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Manba: «Sug’diyona» gazetasi

Qiziqarli malumotlar
Bog‘cha to‘lovlaridan imtiyozni qaysi toifa ayollar oladi