BOGʻLOVCHI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOGʻLOVCHI haqida malumot bilib oling.

BOGʻLOVCHI (grammatikada) — yordamchi soʻz. Gap va ran boʻlaklarini birbiriga bogʻlaydi. Bogʻlovchi ishlatilishiga koʻra, yakka Bogʻlovchilar («va», «ammo», «lekin», «agar», «chunki», «uchun» va b.), takrorlanuvchi Bogʻlovchilar («baʼzi», «bir», «goh», «yo» va b.) ga boʻlinadi. Bogʻlovchi grammatik maʼno va vazifasiga koʻra, teng Bogʻlovchi va ergashtiruvchi Bogʻlovchi larga ajratiladi. Teng Bogʻlovchilar «va», «hamda» — biriktiruv Bogʻlovchi larga («bahor keldi va daraxtlar uygʻondi»); «ammo», «lekin», «birok», «balki» — zidlovchi Bogʻlovchi larga («u ishga bordi, biroq ishlamadi»); «yo», «yoki», «yoxud», «goh… goh», «dam… dam» — ayiruvchi Bogʻlovchi larga («dam havo ochiladi, dam yomgʻir yogʻadi»); «na… na» — inkor B. larga («na yomgʻir yogʻadi, na havo ochiladi») boʻlinadi. Biriktiruvchi Bogʻlovchining vazifasini «bilan» koʻmakchisi, «ham», «da», «u» («yu») yuklamalari ham bajarishi mumkin. «U» («yu») yuklamasi zidlovchi Bogʻlovchi vazifasida ham keladi. Ergashtiruvchi Bogʻlovchi koʻpincha bosh gapga qoʻshilib, izohlash va aniqlash mazmunini beruvchi ergash gapni bogʻlab keladi. Ular — «ki(m)» — aniqlov B. («deydilarkim, oyda ham dogʻ bor»); «chunki», «shuning uchun», «negaki», «toki» — sabab va maqsad B. («keldi, shuning uchun quvondim»); «goʻyo», «goʻyoki» — chogʻishtiruv B. («u tik agʻanadi, goʻyo ostidan kesilganday boʻldi»); «agar», «basharti», «garchi» — shart va toʻsiqsizlik B. («agar kelsa, gaplashaman»)larga farqlanadi.

Ensiklopediya.uz
BOGʻLOVCHI