BOGʻDORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK INSTITUTI haqida malumot bilib oling.
BOGʻDORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK INSTITUTI, akad. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti — Oʻrta Osiyoda mevachilik va uzumchilik sohasidagi eng yirik ilmiy markaz. Dastlab 1898-y. da Tur kiston q. x. tajriba dalasi sifatida R. R. Shreder tomonidan asos solingan. 1925-y. dan Oʻzbekiston q. x. tajriba st-yasi (1928-y. da R. R. Shreder nomi berilgan), 1930-y. dan bogʻdorchilik va sabzavotchilik tajriba st-yasi, 1937-y. dan mevarezavor oʻsimliklar st-yasi, 1948-y. dan mevarezavor oʻsimliklar ilmiy tadqiqot inti, 1958-y. dan bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot inti, 1977-y. dan mevachilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy i. ch. birlashmasi, 1995-y. dan «Mevasharbat» ilmiy i. ch. korporatsiyasining bosh korxonasi. Int tarkibida agrotexnika va bogʻdorchilikni jadallashtirish; seleksiya; iqtisodiyot; mexanizatsiya; subtropik va sitrus oʻsimliklari; mevani qayta ishlash va saqlash boʻlimlari, oʻsimliklarni himoya qilish; agrokimyo; fiziologiya va biokimyo; radioaktiv izotoplar lab. lari bor. Int qoshida aspirantura boʻlimi, mevasabzavotchilik kolleji, bogʻdorchilik maktabi mavjud. Intning bogʻdorchilik va uzumchilik muammolari b-n shugʻullanadigan Samarqand filiali, Fargʻona (Quva tumanida), Samarqand, Togʻli bogʻdorchilik va uzumchilik (Chorvoq, Toshkent viloyati), Vinochilik (Toshkent viloyati Qibray tumanida; vinochilik z-di bilan birga), Jan. Oʻzbekiston tajriba st-yasi (Denov) bor (2000). Int Andijon, Fargʻona, Buxoro, Jizzax, Izboskan, Namangan, Qarshi, Samarqand, Toshkent, Xorazm (Urganch), Bandixon, Sirdaryo, Oyqor (Baxmal tumani), Charxin (Pastdargʻom tumani), Tavois (Qiziltepa tumani), Oqtosh (Payariq tumani) tajriba xoʻjaliklariga ilmiy rahbarlikni amalga oshiradi (bu xoʻjaliklarningumumiy ekin mayd. 17324 ga; 2000). Int faoliyati mobaynida meva, rezavor meva va tokning 200 yangi navi yetishtirildi va tavsiflandi. Shulardan 64 nav r-nlashtirildi, 139 nav davlat sinovidan oʻtkazilmoqsa. Int faoliyati M. M. Mirzayev,ʼ. V. Kuznetsov, S. S. Kalmikov, A. G. Shreder, K. V. Smirnov, A. K. Pavlov, A. S. Cherevatenko, S. I. Yagudina, O. K. Afanasyev, S. Eshonxonov, M. K. Sobirov, X. F. Gʻulomov, Yu. M. Javakyans, M. J. Razzoqov va b. olimlarning nomlari bilan bogʻliq. Intda bogʻ va tokzorlardan moʻl hosil olish agrotexnikasi ishlab chiqilib, respublikaning hamma r-nlarida tatbiq etildi. Bogʻdorchilik va uzumchilikni ixtisoslashtirish masalasi hal qilindi. Intda meva, rezavor meva va tokning biologik xususiyatlarini oʻrganish, yangi oʻzlashtirilgan yerlarda, togʻ etagi va togʻ r-nlarida, shu jumladan Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida, Fargʻona vodiysining toshloq hududlarida bogʻdorchilik va tokchilikni rivojlantirish, qoki va mayiz quritish hamda saklash texnologiyasini takomillashtirish, meva daraxtlari va toklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish usullarini yaratish, bog va tokzorlarda mexanizatsiyani keng joriy etish, koʻchat yetishtirishda zamonaviy usullarni qoʻllash ishlari olib boriladi. Intning 45 jild ilmiy asarlari toʻplami nashr etilgan. Intda 157 ilmiy xodim, jumladan 2 fan d-ri va 44 fan nomzodi ishlaydi (2000). Int Xalqaro koʻrgazmalarning oltin va kumush medallari bilan mukofotlangan.
Mirmaqsud Mirzayev.
Ensiklopediya.uz
BOGʻDORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK INSTITUTI