BOGʻBONLI MASJID haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOGʻBONLI MASJID haqida malumot bilib oling.

BOGʻBONLI MASJID — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1809). Masjidning umumiy tarhi 26x 13,3 m. Bosh tarzidagi gumbazli darvozaxona orqali hovliga kiriladi. Darvozaxonaning ikki yonida hujralar joylashgan. Xovlining ikki tomoni devor bilan oʻralgan. Yuqorida oldi ayvonli, gumbazli xonaqoh (6,8×6,8 m) joylashgan. Devori va poydevori pishiq gʻishtdan, darvozaxona peshtogʻi silliqlangan gʻishtdan juft-juft qilib terilgan, derazalari panjara shaklida ganchdan ishlangan. Eshigi oʻyma naqshli (Usta Roʻzi Muhammadning ismi qayd etilgan). Xonaqoh ichki devorlari ganch suvoqli. Jan. da mehrob, boshqa tomonlariga chuqur va keng ravoqlar ishlangan. Ayvon shipi va ustun (14-a. ga oid)lari oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Ustunlar kursilarga oʻrnatilgan. Masjid kiraverishiga oʻrnatilgan tosh lavhaga usta Polvonqulning ismi va bino qurilgan yili sheʼriy satr bilan yozilgan.

Ensiklopediya.uz
BOGʻBONLI MASJID