BOGʻ SAYLI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOGʻ SAYLI haqida malumot bilib oling.

BOGʻ SAYLI — bahor, yoz va kuz fasllarida tashkil etiladigan oʻzbek mehmondorchiligi turlaridan biri. Mezbon (bogʻbon)ning boqqa mehmon chaqirishi yoki mehmonlarning oʻzi (qarindoshurugʻ, yoru birodar, hamkasblar) tashrif buyurishi bilan Bogʻ sayli boshlanadi. Bogʻ sayli mehmondorchiligi ikki mazmunga ega: biri — tabiat goʻzalliklari, mevacheva, gullarning muattar hidi, toza havodan bahramand boʻlish, ikkinchisi — bogʻdorchilik ishlari: tok ochish, bogʻ tozalash, meva yigʻish, qoqi solish kabi yumushlarda koʻmaklashish. Bogʻ saylida odamlar maroqli dam olish bilan birga foydali ish ham qilishadi. Bu marosimda turli taomlar tayyorlanadi. Yozgi va kuzgi Bogʻ sayli paytida har bir mehmon nozu neʼmatlarni «oʻz qoʻli b-n» uzib tanovul qiladi. Bogʻ sayli uzbek xalqining eng yaxshi anʼanalaridan biri.

Ensiklopediya.uz
BOGʻ SAYLI