BOFTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BOFTA haqida malumot bilib oling.

BOFTA (fors. — toʻqima) — toʻqilgan shakldagi islimiy naqsh yoki naqsh boʻlagi; tanob singari yoʻnalishida hosil qilingan aylanma shaklli boglam (toʻqima). B. mujassamotning asosi (baʼzan markazi) ni tashkil etsa, naqsh Bofta soʻzi bilan qoʻshib ataladi: B. li kapalakgul, Bofta li tugungul, Bofta li turunj va sh. k. Xalq ustalaridan O. Qosimjonov (B. li davragul), S. Norqoʻziyev (B. li tokcha namoyon, Bofta li qoʻshbandgul), J. Hakimov (B. li oygul, Bofta li paxtagul) va b. ijodida koʻp uchraydi. Bofta asosida rangbarang mujassamotlar yaratilgan.

Ensiklopediya.uz
BOFTA