BODXIZ QIRLARI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BODXIZ QIRLARI haqida malumot bilib oling.

BODXIZ QIRLARI — Turkmanistonning jan. sharqidagi qirlar. Murgob va Tajan daryolari oraligʻida. Bal. 1267 m gacha. Afgʻonistondagi Paropamiz togʻlarining shim. etagi. Shim. da Qoraqum choʻliga tutashgan. Yer yuzasi yassi tekislik va bayirpardan iborat. Bayirlar orasida quruq soy va jarlar, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Bodxiz qirlarining iqlimi keskin kontinental; yezda tra 44—46° gacha boradi, yogʻin kam (200—250 mm), doimiy oqar suv yoʻq. Yer osti suvlari juda chuqurda va aksari shoʻr. Bodxiz qirlari dagi qumoq va qumoqli boʻz tuproqsa qiyoq, qoʻngʻirbosh, shuvoq, balandroq yerlarda boʻydor oʻtlar va lista butalari, efemer oʻsimliklar oʻsadi. Bodxiz qirlarida asosan qorakoʻl koʻylari boqiladi. Yovvoyi hayvonlardan arxar, jayran, turli kaltakesaklar, ilon, sichqon, kalamushlar bor. Qulonlarni qoʻriqlash va koʻpaytirish maqsadida Bodxiz qoʻriqxonasi tashkil etilgan.

Ensiklopediya.uz
BODXIZ QIRLARI