
BODROQ haqida malumot bilib oling.
BODROQ (bodirlash soʻzidan) — makkajoʻxori yoki bugʻdoydan tayyorlanadigan taom. Bodroqni xonaki usulda tayyorlashda qizdirilgan qozonga don solinib, kuruq qovuriladi (qozon taptini oshirish uchun unga qum ham solinadi). Don magʻzining agʻdarilib oqarishi Bodroqning tayyor boʻlganligidir. Baʼzan tayyor Bodroqga shakar qiyomi purkab yumaloqlanadi (kallak B.). Sanoat usulida qalamcha koʻrinishida va taʼmi mazali Bodroq guruch, bugʻdoy, makkajoʻxori donlarini parda va poʻstdan tozalab, germetik silindrda 10—15 atm bosim b-n 250° haroratda ishlov berib, soʻngra bosimni keskin pasaytirish, choʻzilib kattalashgan donni qovurish yoʻli bilan tayyorlanadi.
Ensiklopediya.uz
BODROQ