BODOMISTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BODOMISTON haqida malumot bilib oling.

BODOMISTONSurxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Toʻpalangdaryo (Surxondaryo)ga quyiluvchi Kishtutsoytsht chap irmogʻi. Hisor va Qoldirgʻa togʻlari tutashgan joydagi muzliklar (3700 m)dan boshlanadi. Yuqori oqimida gʻarbga, soʻng jan. gʻarbga oqadi. Uz. 12 km, havzasining mayd. 91 km2. B. ning umumiy uz. 10 km boʻlgan 7 ta mayda irmogʻi bor, havzasida umumiy mayd. 5,9 km2 boʻlgan 6 ta muzlik mavjud. Bodomiston suvayirgʻichida Surxondaryo havzasining eng baland (4643 m) joyi hamda eng katta muzligi (uz. 3,2 km, mayd. 3,0 km!) joylashgan. Qor va muz suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 2,7 m3/sek. Bodomiston suvi koʻpayganda (iyul—sent.) oʻrtacha yillik suv sarfi 6,4 m3/sek boʻladi.

Ensiklopediya.uz
BODOMISTON