BODOM KISLOTA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
BODOM KISLOTA haqida malumot bilib oling.

BODOM KISLOTA, oksifenilsirka kislota, fenilglikol kislota, S6N5SN(ON) SOON tarkibida bitta asimmetrik atomi boʻlgan aromatik kislota. Mol. m. 152,14, B. k. ning ikki optik izomeri bor: qutblanish tekisligini chapga buruvchi L va qutblanish tekisligini oʻngga buruvchi D kislota. L B. k. achchiq bodom tarkibidagi amigdalinni gidrolizlab olinadi. D B. k. esa sambuningrin degan glikozid tarkibiga kiradi. Ratsemik Bodom kislota (parabodom kislota) benzaldegiddan olinadi, suyuqlanish t-rasi 120,5°. B. k. antiseptik xossalarga ega boʻlganligi sababli tibbiyotda ishlatiladi.

Ensiklopediya.uz
BODOM KISLOTA